

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1587576" id="onLBC-1587576">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6163"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang);</span></div><div id="LBC7507"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1587576" id="onLS-1587576">[<b>TSZ:</b><div id="LS3736"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;</span></div><div id="LS3797"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1587735" id="-1587735"><a href="/files/1588254.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1587736" id="-1587736">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1587737" id="-1587737">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1587738" id="-1587738">YONGʻINLARNI VA ULARNING OQIBATLARINI HISOBGA OLISH, SHUNINGDEK YONGʻINLARGA DOIR AXBOROTNI TOʻPLASH HAMDA OʻZARO ALMASHISH TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1587741" id="-1587741"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587742" id="-1587742">“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-1521661">Qonunini</a> bajarish, yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashishning respublika hududida yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587744" id="-1587744">1. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqidagi <a href="/mact/-1587576#-1587761">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587746" id="-1587746">2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587747" id="-1587747">3. Yongʻinlar va ularning oqibatlari davlat statistik hisobotini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587749" id="-1587749">4. Yongʻinlar va ularning oqibatlari davlat statistik hisobotini yuritishning avtomatlashtirilgan kompyuter dasturini ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587751" id="-1587751">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1587754" id="-1587754">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1587756" id="-1587756">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1587757" id="-1587757">2010-yil 3-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1587759" id="-1587759">13-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1587761" id="-1587761"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1587763" id="-1587763">Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-son <a href="/mact/-1587576">qaroriga</a><br /> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1587766" id="-1587766">Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1587767" id="-1587767"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1587769" id="-1587769"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1587770" id="-1587770">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5851699" id="edi-5851699"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587771">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5851699" id="-5851699"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5851704" id="-5851704">1. Ushbu Nizom <a href="/mact/-5569619">“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”</a> va <a href="/mact/-1521661">“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”</a>gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashishning yagona tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5851720" id="-5851720"><em>(1-band</em><em> Oʻzbekiston</em><em> Respublikasi</em><em> Vazirlar</em><em> Mahkamasining</em><em> 2021-yil</em><em> 7-fevraldagi</em><em> 61-sonli </em><a href="/mact/-5850280?ONDATE=08.02.2022 00#-5851188">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik</em><em> maʼlumotlari</em><em> milliy</em><em> bazasi</em><em>, 08.02.2022-y</em><em>., 09/22/61/0105-son</em><em>)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587773" id="-1587773">2. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish (bundan buyon matnda “yongʻinlarni hisobga olish” deb yuritiladi) yongʻinlarning sabablari va kelib chiqish sharoitlarini tahlil qilish, aholi turar joylari va obyektlarning yongʻin xavfsizligi holatini baholash, yongʻinlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek yongʻinlarni oʻchirishga sharoitlar yaratish maqsadida olib boriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1587774" id="-1587774">II. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587776" id="-1587776">3. Mazkur Nizomda, quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587778" id="-1587778"><strong>yongʻin</strong> — odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587780" id="-1587780"><strong>yonish</strong> — hech boʻlmaganda quyidagi uchta omildan biri: alanga, yorugʻlik (nur) sochish, tutun ajratib chiqarish bilan kuzatiladigan, moddaning oksidlanish ekzotermik reaksiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587781" id="-1587781"><strong>chaqnash</strong> — qisqa muddatli koʻrinadigan yorugʻlik (nur) sochish bilan kuzatiladigan gaz, bugʻ va havo aralashmasining yonuvchan moddaning yuzasida tez yonishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587783" id="-1587783"><strong>portlash</strong> — harakatga keltira oladigan, siqilgan gazlarning paydo boʻlishi va energiya ajralishi bilan kuzatiladigan, portlash xavfi boʻlgan muhitning tez ekzotermik kimyoviy oʻzgarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587784" id="-1587784"><strong>yongʻinning xavfli omillari</strong> — taʼsiri odamlarning kuyishiga yoki boshqa tan jarohati olishiga, tutun asoratlari bilan zaharlanishga yoki halok boʻlishiga va (yoki) mulkiy zarar yetkazishga olib kelishi mumkin boʻlgan yongʻin alomatlari. Yongʻinning xavfli omillariga yuqori harorat, tutun bilan qoplanish, gaz muhiti tarkibining yomonlashishi kiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587785" id="-1587785"><strong>yongʻin oqibatlari</strong> — odamlarning halok boʻlishi; tan jarohati olishi, zaharlanishi; kuyishi, hayvonlarning nobud boʻlishi; binolar, inshootlar, tovar-moddiy boyliklar, asbob-uskunalar, hujjatlar, sanʼat asarlari, uy jihozlarining butkul yonib ketishi yoki zararlanishi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587786" id="-1587786"><strong>yongʻinda halok boʻlgan</strong> — bevosita yongʻin sodir boʻlgan joyda kuyish, yonish va tutun asoratlaridan zaharlanish, qurilish konstruksiyalarining qulashi oqibatida olgan tan jarohatlari va boshqa omillar natijasida yoki tibbiyot muassasalarida davolanish davrida tan jarohatini olgan kundan boshlab 30 sutka ichida halok boʻlgan shaxs. Bu vrachlar koʻrigi xulosasi yoki sud-tibbiy ekspertizasi natijasi asosida aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587787" id="-1587787"><strong>yongʻinda jabrlangan va tan jarohati olgan</strong> — kuyish yoki boshqa tan jarohati olishi, yonish asoratlaridan zaharlanishi tufayli kamida bir kunga mehnat qobiliyatini yoʻqotgan, yoki kasalxonaga yotqizilgan, yoxud birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan soʻng qatnab davolanish (ambulatoriyada) buyurilgan shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587788" id="-1587788"><strong>badan shikastlanishi (jarohat)</strong> — odam aʼzolari va toʻqimalarining anatomik butunligi yoki fiziologik faoliyatining buzilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587789" id="-1587789"><strong>yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar</strong> — yongʻindan zararlangan yoki nobud boʻlgan moddiy boyliklarning qiymat ifodasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587790" id="-1587790"><strong>nobud boʻlgan moddiy boyliklar</strong> — yongʻin oqibatida oʻz qiymati va sifatini toʻliq yoʻqotgan, belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmaydigan va taʼmirlash yoʻli bilan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib boʻlmaydigan moddiy boyliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587791" id="-1587791"><strong>zararlangan (shikastlangan) moddiy boyliklar</strong> — tiklash (taʼmirlash) yoʻli bilan foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib boʻladigan moddiy boyliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587792" id="-1587792"><strong>bevosita haqiqiy talafotlar</strong> — yongʻinning xavfli omillari bevosita taʼsiri oqibatida nobud boʻlgan va (yoki) zararlangan (shikastlangan) moddiy boyliklarning pul bilan baholangan ifodasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587793" id="-1587793"><strong>eksterritoriallik maqomiga ega obyektlar</strong> — diplomatik munosabatlar haqidagi (1961-yil 18-apreldagi) Vena konvensiyasining hamda konsullik munosabatlari haqidagi (1963-yil 24-apreldagi) Vena konvensiyasining nizomlariga asosan immunitetga ega boʻlgan chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xonalari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolatxonalari va ixtisoslashtirilgan muassasalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning xonalari, agar ularning xonalariga immunitetlarning joriy etilishi shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587794" id="-1587794">Eksterritoriallik maqomiga shu jumladan diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining transport vositalari ham ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587795" id="-1587795">Eksterritoriallik maqomi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan xodimlari va xizmatchilari egallagan turar joylarga, shuningdek ularning shaxsiy transport vositalariga joriy etilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1587797" id="-1587797">III. Yongʻinlarni hisobga olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587798" id="-1587798">4. Yongʻinlarni davlat statistik hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasida yongʻinlar vaziyatini baholovchi asosiy koʻrsatkichlarni tuzish uchun moʻljallangan boʻlib, quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587799" id="-1587799">davlat statistik hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587800" id="-1587800">idoraviy statistik hisobga olish ushbu Nizomning 6-bandi <a href="/mact/-1587576#-1587809">“b”</a>, <a href="/mact/-1587576#-1587810">“v”</a>, <a href="/mact/-1587576#-1587811">“g”</a> va <a href="/mact/-1587576#-1587812">“d” kichik bandlarida</a> koʻrsatilgan tegishli davlat yongʻin nazorati hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi va sodir boʻlgan yongʻinlar haqidagi maʼlumotlar belgilangan shaklda ular tomonidan har oyning 10-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587802" id="-1587802">5. Yongʻinlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish shakli Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha Bosh davlat inspektori tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587803" id="-1587803">Davlat va idoraviy statistik hisobga olish natijalarini umumlashtirish va ishlov berish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan avtomatlashtirilgan kompyuter dasturida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587804" id="-1587804">Davlat va idoraviy statistik hisobga olish natijalari boʻyicha yongʻinlar va ularning oqibatlari haqida quyidagi axborot-statistik hisobotlar tayyorlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587805" id="-1587805">har oyda — mazkur Nizomning 6-bandi <a href="/mact/-1587576#-1587808">“a”</a>, <a href="/mact/-1587576#-1587809">“b”</a> va <a href="/mact/-1587576#-1587810">“v” kichik bandlarida</a> koʻrsatilgan vakolatli organlar tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587806" id="-1587806">har yilda — mazkur Nizomning 6-bandi <a href="/mact/-1587576#-1587811">“g”</a> va <a href="/mact/-1587576#-1587812">“d” kichik bandlarida</a> koʻrsatilgan vakolatli organlar tomonidan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587807" id="-1587807">6. Yongʻinlarni hisobga olishni quyidagilar amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587808" id="-1587808">a) Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining davlat yongʻin nazorati organlari — aholi turar joylarida va davlat yongʻin nazoratini oʻzi amalga oshiradigan obyektlarda hamda transport vositalarida, agar yongʻin ular harakatlanib ketayotgan vaqtda yoki vaqtinchalik toʻxtash joylarida (ular aniqlangan joyda) sodir boʻlsa, tegishli vakolatli organlar tomonidan hisobga olinadigan transport vositalaridagi yongʻinlar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587809" id="-1587809">b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasining davlat yongʻin nazorati organlari — temir yoʻl transportining harakatdagi sostavida va davlat yongʻin nazoratini amalga oshiradigan obyektlarda;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6169912" id="edi-6169912"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587810">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6169912" id="-6169912"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6169917" id="-6169917">v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining davlat yongʻin nazorati organlari — jazoni ijro etish muassasalarida;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6169923" id="-6169923">(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli <a href="/mact/-6155666?ONDATE=15.08.2022 00#-6156802">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3776590" id="edi-3776590"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587811">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3776590" id="-3776590"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3776592" id="-3776592">g) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati — oʻziga qarashli obyektlarda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3776596" id="-3776596">(6-bandning “g” kichik bandi  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli <a href="/mact/-3757895?ONDATE=01.06.2018 01#-3759478">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587812" id="-1587812">d) Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati bilan tuzilgan kelishuvlar orqali yongʻin xavfsizligi sohasida nazorat funksiyalarini amalga oshiradigan boshqa vakolatli organlar — oʻrmon xoʻjaligi hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportidan foydalanishda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587813" id="-1587813">7. Ushbu Nizomning <a href="/mact/-1587576#-1587814">8-bandida</a> koʻrsatilgan hollardan tashqari, barcha yongʻinlar, ularning qayerda sodir boʻlganidan, kelib chiqish sababidan va oqibatidan qatʼi nazar hisobga olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587814" id="-1587814">8. Quyidagi holatlar hisobga olinmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587815" id="-1587815">a) ishlab chiqarishda oʻziga xos boʻlgan texnologik jarayondagi (texnologik reglamentlarda va boshqa texnik hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan) yoki sanoat uskunalari va agregatlarining ishlash sharoitida kelib chiqadigan yonishlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587816" id="-1587816">b) buyum va mahsulotlarni qayta ishlash, ularning sifat xususiyatlarini oʻzgartirish (payvandlash, quritish, dazmollash, dudlash, eritish va shunga oʻxshash boshqa holatlar) maqsadida qoʻllaniladigan ochiq alanga, issiqlik yoki boshqa turli termik taʼsirlarni qoʻllash natijasida yonishlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587817" id="-1587817">v) oqibati yonishga olib kelmagan portlash, chaqnash va statik elektr razryadlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587818" id="-1587818">g) elektruskuna, maishiy va sanoat elektr asboblarining elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv holatlari, agar yonish apparat, agregat va mexanizm tashqarisiga tarqalmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587819" id="-1587819">d) ovqat tayyorlash vaqtida uning yonishi hollari, agar yongʻinga olib kelmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587820" id="-1587820">e) yoʻl-transport hodisalari, aviatsiya va temir yoʻl halokatlari sabab boʻlgan transport vositalarining yonishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587821" id="-1587821">j) fors-major holatlar (terrorchilik harakatlari, harbiy harakatlar, huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus operatsiyalari, zilzila va boshqalar) sabab boʻlgan yonishlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587822" id="-1587822">z) oʻz-oʻziga oʻt qoʻyish orqali oʻz joniga qasd qilish va suiqasd qilish hollari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587823" id="-1587823">i) choʻgʻ boʻlib turgan koʻmir va oʻchmagan kuldan termik kuyish, tan jarohati olish hollari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587824" id="-1587824">k) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslariga moddiy zarar yetkazilgan yoki boshqa oqibatlar roʻy bergan holatlardan tashqari, eksterritoriallik maqomiga ega boʻlgan obyektlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy davlatlarga qarashli transport vositalarida sodir boʻlgan yongʻinlar. Bunday yongʻinlar haqidagi maʼlumotlar tegishli diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalariga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587825" id="-1587825">9. Ushbu Nizomning <a href="/mact/-1587576#-1587814">8-bandida</a> sanab oʻtilgan holatlar yonishning boshqa obyektlarga tarqalishiga olib kelsa va uning oqibatida odamlarning tan jarohati olishi, halok boʻlishiga, yoxud moddiy boyliklarning nobud boʻlishi yoki shikastlanishiga olib kelsa toʻliq hisobga olinadi. Boshqa hollarda esa, ushbu Nizomning 8-bandi <a href="/mact/-1587576#-1587821">“j” kichik bandidan</a> tashqari, barcha holatlar va ularning oqibatlari koʻngilsiz hodisa deb hisoblanadi va tegishli organlar tomonidan belgilangan tartibda tekshirish ishlari olib boriladi va hisobga olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587826" id="-1587826">10. Tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda fuqarolar har bir yongʻin holati haqida yongʻindan saqlash xizmatiga, davlat yongʻin nazoratining mahalliy organlariga yoki tegishli vakolatli organlarga darhol xabar qilishlari, shuningdek ularni tekshirish jarayonida zarur boʻlgan materiallarni (hujjatlarni) taqdim etishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587827" id="-1587827">11. Transport vositalaridagi yongʻinlar, yongʻin sodir boʻlgan joyda hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587828" id="-1587828">12. Yongʻin holatini tasdiqlaydigan hujjat yongʻin haqidagi dalolatnoma boʻlib, u yongʻin bartaraf etilgandan soʻng bir sutka davomida ikki nusxada tuziladi va yongʻindan saqlash xizmati vakili boshchiligidagi kamida 3 nafar shaxsdan iborat komissiya tomonidan imzolanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587829" id="-1587829">Dalolatnomani tuzish komissiyasi tarkibiga obyektning maʼmuriyati (egasi) vakillari yoki jabrlanuvchilar, zarur hollarda esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, sugʻurtalovchilar, ichki ishlar organlarining tegishli xizmatlari vakillari hamda boshqalar kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587830" id="-1587830">13. Agar, yongʻinga yongʻin oʻchirish boʻlinmasi chaqirilmagan boʻlsa va yongʻin sodir boʻlganligi haqidagi (ogʻzaki yoki yozma) maʼlumot ichki ishlar yoki davlat yongʻin nazorati organlariga obyektning maʼmuriyatidan, fuqarolardan (jabrlanuvchilardan) berilgan boʻlsa, yongʻin haqidagi dalolatnoma ikki sutkadan kechiktirilmasdan, ushbu Nizomning <a href="/mact/-1587576#-1587828">12-bandida</a> koʻrsatilgan komissiya tarkibida tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587831" id="-1587831">14. Yongʻinda halok boʻlganlarni va tan jarohati olganlarni ushbu Nizomning <a href="/mact/-1587576#-1587807">6-bandida</a> koʻrsatilgan vakolatli organlar, yongʻinni tekshirish boʻyicha tuzilgan hujjatlarga hamda tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan maʼlumotlarga asosan hisobga oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587832" id="-1587832">Yongʻinda halok boʻlgan hamda jabrlangan chet el fuqarolari davlat statistik hisobiga kiritilmaydi. Ular toʻgʻrisidagi maʼlumot tegishli diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalariga yuboriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3441706" id="edi-3441706"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587833">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3441706" id="-3441706"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3441708" id="-3441708">Tibbiyot muassasalari yongʻinlarda jabrlangan, tibbiy yordam koʻrsatish uchun olib kelingan yoki murojaat qilgan, shu jumladan yongʻinlarda zaharlanib yoki tan jarohati olib halok boʻlganlar haqida darhol Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatiga xabar berishlari shart, shuningdek odamlar yongʻinlarda halok boʻlganligi yoki tan jarohati olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yongʻinlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslariga taqdim etishga majburdirlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3441712" id="-3441712">(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli <a href="/mact/-3435729?ONDATE=04.12.2017 00#-3438294">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son) </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1587834" id="-1587834">IV. Yongʻindan yetkazilgan mulkiy zararni hisobga olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587835" id="-1587835">15. Yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar, qoplangan yoki qoplanmaganligidan qatʼi nazar toʻliq hisobga olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587836" id="-1587836">16. Yuridik va jismoniy shaxslarning asosiy fondlari hisoblangan bino va boshqa mol-mulki nobud boʻlishi va zararlanishi (olovdan, tutundan, katta haroratdan, yongʻin oʻchirish vositalaridan, portlashdan — agar portlash natijasida yongʻin roʻy bergan boʻlsa) yongʻin bilan hamda atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlib, talafot koʻrgan deb topilsa, yetkazilgan mulkiy zarar bevosita koʻrilgan talafotlar miqdori bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4707846" id="-4707846">17. Yetkazilgan mulkiy zarar miqdoridan kelib chiqib, yongʻinlar quyidagilarga boʻlinadi: </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4707855" id="edi-4707855"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587837">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4707855" id="-4707855"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4707857" id="-4707857">a) koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha boʻlgan zarar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4707860" id="-4707860">b) ancha miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4707862" id="-4707862">v) koʻp miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4707864" id="-4707864">g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan yongʻin (bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari va undan ortiq boʻlgan miqdor).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4707866" id="-4707866">(17-bandning “a”, “b”, “v”, “g” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli <a href="/mact/-4671960?ONDATE=29.12.2019 00#-4683092">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587842" id="-1587842">18. Mulkiy zararni aniqlashda ishlab chiqarish va savdo ishlaridagi vaqtinchalik toʻxtashlar, harakatdagi sostav va boshqa texnikaning oʻzgarishi natijasida koʻrilgan (bilvosita) yoʻqotishlar va yongʻin sababli olinmagan boshqa foyda hisobga olinmaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1587843" id="-1587843"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5970224" id="edi-5970224"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-5970222">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5970224" id="-5970224"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5970226" id="-5970226">19. Davlat yongʻin nazorati organlari yongʻinlardan yetkazilgan zararni qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar va sugʻurtalovchilar tomonidan berilgan maʼlumotlar, sudlarning hukmlaridan koʻchirmalar yoki yetkazilgan moddiy zarar miqdorini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar ilova qilingan mulk egalarining yozma arizalariga asosan hisobga oladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5970230" id="-5970230">(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938661">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587844" id="-1587844">Maʼlumotda quyidagilar majburiy tartibda alohida koʻrsatiladi: yongʻindan yetkazilgan umumiy zarar, bino (inshoot) boʻyicha zarar, uskunalar va mulk boʻyicha zarar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587845" id="-1587845">Ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligiga tegishli hujjatlarga imzo chekkan shaxs javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587846" id="-1587846">20. Oʻziga qarashli obyektlarda yongʻin sodir boʻlgan yuridik shaxslar yongʻindan yetkazilgan mulkiy zarar miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotni davlat yongʻin nazorati organlariga taqdim etishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587847" id="-1587847">Sugʻurtalovchilar davlat yongʻin nazorati organlarining soʻrovi boʻyicha sugʻurtalanuvchilarning yozma roziliklariga asosan sugʻurta shartnomalari shartlariga muvofiq yongʻinlar va ularning oqibatlari tufayli kelib chiqqan sugʻurta hodisasi boʻyicha toʻlangan sugʻurta tovonini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587848" id="-1587848">21. Fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning sugʻurta qilinmagan va nobud boʻlgan mol-mulki, imoratlari, hayvonlarining, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarining haqiqiy bahosi haqida aniq maʼlumot boʻlmasa, mulkiy zarar miqdori oʻrtacha bozor narxi boʻyicha hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587849" id="-1587849">22. Tugallanmagan kapital qurilish yoki taʼmirlash jarayonida sodir boʻlgan yongʻin natijasida asosiy fondlarga yetkazilgan mulkiy zarar miqdori bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587850" id="-1587850">23. Yongʻinda qogʻoz pul nobud boʻlgan hollarda mulkiy zarar miqdori ularning nominal bahosidan kelib chiqib hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587851" id="-1587851">Qogʻoz pullar va (yoki) qimmatbaho qogʻozlar tayyorlash jarayonida yongʻindan nobud boʻlgan hollarda zarar miqdori ularni tayyorlash tannarxidan kelib chiqib hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587852" id="-1587852">24. Yongʻin oqibatida chet el valyutasiga zarar yetkazilgan hollarda zarar miqdori yongʻin kelib chiqqan paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul birligi kursida hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587853" id="-1587853">25. Yongʻin oqibatida nobud boʻlgan mol-mulkning boshqa turlari boʻyicha mulkiy zarar miqdori tegishli mulkning spetsifikasidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1587854" id="-1587854">V. Yongʻinlarni hisobga olish uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587855" id="-1587855">26. Ushbu Nizomning<a href="/mact/-1587576#-1587807"> 6-bandida</a> koʻrsatilgan organlar, tibbiyot muassasalarining mansabdor shaxslari va sugʻurtalovchilar yongʻinlar toʻliq va toʻgʻri hisobga olinishi hamda hisobot maʼlumotlari oʻz vaqtida taqdim etilishi va ularning haqqoniyligi uchun javob beradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5970231" id="edi-5970231"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587856">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5970231" id="-5970231"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5970232" id="-5970232">27. Davlat yongʻin nazorati organlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda ularga qarashli tashkilotlarda yongʻinlar hisobi toʻliq va sifatli yuritilishini tekshirish huquqiga ega.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5970233" id="-5970233">(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938661">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587857" id="-1587857">28. Ushbu Nizomning 6-bandi <a href="/mact/-1587576#-1587811">“g”</a> va <a href="/mact/-1587576#-1587812">“d” kichik bandlarida</a> koʻrsatilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻzlariga qarashli obyektlar va tashkilotlarda sodir boʻlgan yongʻinlar hisobi yuritilishini nazorat qiladilar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5970234" id="edi-5970234"><a href="/mact/-1587576?ONDATE=03.02.2010 00#-1587858">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5970234" id="-5970234"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5970235" id="-5970235">29. Ushbu Nizomning <a href="/mact/-1587576#-1587807">6-bandida</a> koʻrsatilgan subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan statistik maʼlumotlar notoʻgʻri berilganligi va (yoki) ularni taqdim etish tartibi buzilganligi aniqlansa, aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun zarur choralar koʻriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5970236" id="-5970236">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938661">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7216513" id="-7216513">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/mact/200792">215-moddasi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1587859" id="-1587859">30. Tekshirish davomida aniqlangan hisobga olinmagan yongʻinlar, yongʻinlar yuzasidan notoʻgʻri berilgan maʼlumotlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan vaqtdagi yongʻinlar boʻyicha davlat statistik hisobiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1587739" id="-1587739">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 41-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; <em>Qonunchilik</em><em> maʼlumotlari</em><em> milliy</em><em> bazasi</em><em>, 08.02.2022-y</em><em>., 09/22/61/0105-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son</em>)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
