Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil hosili uchun bahorgi dala ishlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari shu yil 28-aprelgacha asosiy maydonlarda chigit ekishni tugallash, 5-maygacha esa nihollarni toʻliq undirib olish uchun barcha bahorgi dala ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazish yuzasidan zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan chigit ekish muddatlari boʻyicha taklifi
1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekishni va ularning navlar boʻyicha joylashtirilishini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yil hosili uchun paxta navlarini joylashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga 1-ilovaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda paxtani plyonka ostida yetishtirish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 21-yanvardagi 37-son qaroriga
1a-ilovaga muvofiq taʼminlasinlar.
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi chigit va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda mashina-traktor parklarining samarali ishlashini taʼminlasin hamda qishloq xoʻjalik texnikasi uchun zarur ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar jamlanishini va qishloq xoʻjalik korxonalariga oʻz vaqtida yetkazib berilishini tashkil etsin, mashina va mexanizmlarning yuqori darajada texnikaviy tayyorligini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi qishloq xoʻjaligi korxonalarini navlarning tasdiqlangan joylashtirilishiga qatʼiy muvofiq ravishda yuqori sifatli urugʻlik va koʻchatlar bilan taʼminlasinlar, tuksizlantirilgan chigitlarni va ularning plyonka ostiga ekish uchun dalalarni tayyorlashni alohida nazoratga olsinlar. Kuzgi boshoqli don ekinlarini oʻz vaqtida oziqlantirish, sugʻorish va ularni parvarish qilish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.