1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.02 (Кучини йукотган) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2065]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 11-yanvardagi 4, 2018-83 va 315-V-5-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2065-5, 21.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-yanvar,
2-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-yanvar,
2010-1-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-yanvar,
39/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-son qaroriga ILOVA
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq 2010-yil 1-yanvardan ulgurji savdo korxonalari uchun o‘tkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash kiritildi, ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 25-sentabrdagi 92, 2013-42, 315-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2065-2, 03.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 539-modda)
2. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘tkazish tijorat banklari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
ulgurji dorixona tashkilotlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalariga;
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, bank hisobvaraqalariga kelib tushadigan pul mablag‘larining taqsimlanishiga boshqacha tartib belgilangan korxonalarga.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 29-iyundagi 38, 2011-22, 19/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2065-1, 29.07.2011-y.) tahririda —O‘R QHT, 2011-y., 30-son, 321-modda)
II. Ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarini hisobga olish
4. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab besh kun ichida asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda 2009-yil 31-dekabr holati bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan ulgurji savdo korxonalari — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarini ko‘rsatgan holda xabarnomani yuboradi.
5. 2010-yilning 1-yanvaridan keyin ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olgan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar — yagona soliq to‘lovchilar bo‘yicha va yangi tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari mazkur korxonalarga litsenziya berilganligi to‘g‘risidagi axborot litsenziyalovchi organdan olingan kundan boshlab uch kun muddatda asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
Ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega korxonalar o‘zlarining asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini boshqa tijorat banklarida ochganliklari to‘g‘risidagi axborot Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan kelib tushgan kundan boshlab, davlat soliq xizmati organlari bir ish kuni ichida mazkur tijorat banklariga ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
6. Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizom talablari tatbiq etiladigan soliq to‘lovchilarni ham ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan muddatlarda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda xabardor qiladi.
Xabarnoma soliq to‘lovchiga yozma shaklda yoki uning shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda yuboriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
7. Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya amal qilishi to‘xtatilganda yoki bekor qilinganda, davlat soliq xizmati organlari litsenziyalovchi organdan litsenziya amal qilishi to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi axborotni olgan kundan boshlab bir kunlik muddatda mazkur korxonalar bo‘yicha tijorat banklariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
8. Agar davlat ro‘yxatidan savdo korxonasi sifatida o‘tmagan, biroq ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan va yagona soliq to‘lovini to‘lash to‘g‘risida xabarnoma bermagan yangi tashkil etilgan korxonalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan keyingi birinchi hisobot davrida umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisob-kitoblarini taqdim etsalar, u holda davlat soliq xizmati organlari soliq hisoboti taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddatda tijorat banklariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda xabarnoma yuboradi.
9. Har yili, soliq davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddati tugagandan keyin uch kun muddatda, davlat soliq xizmati organlari tijorat banklariga mazkur Nizomning 4 va 5-bandlariga muvofiq avval taqdim qilingan ro‘yxatga qo‘shimcha korxonalarning kiritilganligi yoki ulgurji savdo korxonalariga taalluqli bo‘lmagan korxonalarni ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan axborotni yuboradi.
III. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘tkazish tartibi
10. Tijorat banklari davlat soliq xizmati organining xabarnomasini olgan sanadan boshlab uch kun muddatda soliq to‘lovchilar uchun majburiy tarzda qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi bank hisobvaraqlarini ochadi yoki yopadi:
22624 — “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablag‘lari”, Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga (ro‘yxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 347-modda) muvofiq ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun;
22626 — “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari”, boshqa turdagi tovarlarni sotuvchi ulgurji savdo korxonalari uchun.
11. Ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
5% — davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi xabarnomada ko‘rsatilgan 23407 — “Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari” hisobvarag‘iga yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari sifatida;
95% — asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga o‘tkaziladi, Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga (ro‘yxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) muvofiq ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotishdan kelib tushgan mablag‘lar bundan mustasno va ulgurji savdo korxonasining ixtiyoriga binoan foydalaniladi.
12. Barcha mablag‘lar ushbu Nizom tatbiq qilinadigan korxonalarga faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqlari orqali kelib tushadi, quyidagi mablag‘lar bundan mustasno:
ilgari to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning qaytishi ko‘rinishida davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalaridan kelib tushgan mablag‘lar;
chakana savdodan inkassatsiya qilingan tushum;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tushayotgan maqsadli mablag‘lar;
ilgari joylashtirilgan depozitlarning qaytishi;
bir yuridik shaxsning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga, ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga yoki bitta ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan boshqa ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga kelib tushadigan mablag‘lar;
ilgari konvertatsiya uchun yo‘naltirilgan mablag‘larning konvertatsiya qilinmagan qismining qaytishi;
ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kelib tushgan mablag‘lar;
foizlar va dividendlar;
grantlar;
o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hamda valyuta birjasida ilgari konvertatsiya qilingan xorijiy valyutani sotishdan kelib tushgan mablag‘lar;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
xato o‘tkazilgan mablag‘larning qaytgan qismi.
Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqalariga pul mablag‘lari operatsion kun tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda, pul mablag‘larining taqsimlanishi keyingi operatsion kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Bunda, Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 127-modda) faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hisobvaraqlardan asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan mablag‘larga tatbiq etiladi.
(12-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 25-sentabrdagi 92, 2013-42, 315-V-2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2065-2, 03.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 539-modda)
IV. Bo‘nak to‘lovlarni aks ettirish tartibi
13. Bo‘nak to‘lovlarining to‘langan summalari taqdim qilingan hisob-kitob bo‘yicha yagona soliq to‘lovining to‘lanishi lozim bo‘lgan summalari hisobiga o‘tkaziladi.
14. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari soliq to‘lovchida budjetga to‘lanadigan bo‘nak to‘lovlarni hisobga olish hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
15. Agar ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olgan yangi tashkil etilgan korxona yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lmasa, u holda yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son) 10-bobida nazarda tutilgan tartibda boshqa soliq turlari va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni qoplash hisobiga o‘tadi yoki soliq to‘lovchiga qaytariladi.
V. Yakuniy qoidalar
16. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining to‘langan summalari Davlat budjeti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida o‘rnatilgan normativlardan kelib chiqib qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
17. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 10-bobida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Ariza soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda beriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-avgustdagi 116, 2018-50 va 315-V-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2065-4, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)
171. Qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi:
davlat soliq xizmati organlari — tijorat banklariga xabarnomani to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuborilishi uchun;
tijorat banklari — yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 29-iyundagi 38, 2011-22, 19/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2065-1, 29.07.2011-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 30-son, 321-modda)
18. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summalarining to‘liq tushishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Tijorat banki yoki bank filialining to‘liq nomi
XABARNOMA
__________________________________ davlat soliq inspeksiyasi
(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan quyidagi ulgurji savdo korxonalari yagona soliq to‘lovi bo‘nak to‘lovlarini to‘lashlari shart.
Ulgurji savdo korxonalar — yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari
RO‘YXATI
T/r
Korxonalar nomi
STIR
Yagona soliq to‘lovini to‘lash uchun bank hisobvarag‘ini qo‘shimcha ma’lum qilamiz
Xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi
H/r
MFO
STIR
Davlat soliq
__________
_____________________________
inspeksiyasi boshlig‘i
(imzo)
(F.I.O.)
M.P.
№
Jo‘natish sanasi:
(kk/oo/yy)
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Yuridik shaxsning nomi ________________________________________
Yuridik manzili
__________________________________
XABARNOMA
____________________________________ davlat soliq inspeksiyasi
(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Sizga Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) talablari tatbiq etiladi.
Davlat soliq
_____________
_____________________________
inspeksiyasi boshlig‘i
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
№
Jo‘natish sanasi:
(kk/oo/yy)
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Tijorat banki yoki bank filialining to‘liq nomi
XABARNOMA
______________________________________ davlat soliq inspeksiyasi
(tuman / shahar nomi)
Sizni shu haqda xabardor qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan quyidagi ulgurji savdo korxonalariga Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) talablari tatbiq etilmaydi.
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari tatbiq etilmaydigan korxonalar
RO‘YXATI
T/r
Korxonalar nomi
STIR
Davlat soliq
_____________
_____________________________
inspeksiyasi boshlig‘i
(imzo)
(F.I.O.)
M.O‘.
№
Jo‘natish sanasi:
(kk/oo/yy)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 15-modda; 2011-y., 30-son, 321-modda; 2013-y., 40-son, 539-modda; 2014-y., 16-son, 185-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 09/18/2065-4/1851-son)