1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.05 Qimmatli qogʻozlarning hosillari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.06 Depozit sertifikati;
5.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Qarori
“BANKLARNING DEPOZIT (OMONAT) SERTIFIKATLARINI ChIQARISh VA MUOMALADA BOʻLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1859-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1859, 2008-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 39-son, 400-modda) bilan tasdiqlangan “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomgailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-dekabr,
35/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qaroriga ILOVA
“Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-band “noemissiyaviy” degan soʻzidan keyin “egasining nomi yozilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“Depozit (omonat) sertifikati blankalari, shuningdek sertifikatlarga qoʻshimcha varaqlar (ilovalar) faqat qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi. Sertifikatga qoʻshimcha varaqlar (ilovalar) sertifikat blankasi bilan bir vaqtda tayyorlanadi”.
5. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
2009-yil 5-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)