1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.01.00 Kredit uyushmalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Qarori
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShIShGA OID QONUN HUJJATLARI TALABLARINI BUZGANLIKLARI UChUN TIJORAT BANKLARI, KREDIT UYuShMALARI, MIKROKREDIT TAShKILOTLARI VA LOMBARDLARGA NISBATAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN QOʻLLANILADIGAN ChORALAR VA SANKSIYALAR TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
39/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/1-sonli qaroriga ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalarni belgilaydi.
1. Markaziy bank ushbu Nizomga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilishiga yoʻl qoʻygan tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan chora va sanksiyalarni qoʻllaydi.
II. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar
2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:
tijorat bankiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli koʻrsatma yoʻllash;
tijorat banki ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha boʻlgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
3. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Markaziy bankning koʻrsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan tijorat bankiga nisbatan Markaziy bank:
ushbu tijorat banki (filiali) rahbari, shuningdek, uning ichki nazorat xizmati rahbari va masʼul xodimlarini almashtirishni talab qilish;
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni bir yilgacha boʻlgan muddatga toʻxtatib qoʻyish;
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha boʻlgan choralarni qoʻllashga haqlidir.
III. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:
kredit uyushmasi va mikrokredit tashkilotidan mos ravishda kredit uyushmasi va mirokredit tashkiloti ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha boʻlgan miqdorida jarima undirish;
5. Markaziy bankning kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan kredit uyushmasi, mikrokredit tashkiloti va lombardga nisbatan Markaziy bank:
ushbu kredit uyushmasi, mikrokredit tashkiloti va lombard rahbari, shuningdek, ularning ichki nazorat xizmati rahbari va masʼul xodimlarini almashtirishni talab qilish;
kredit uyushmasi, mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni toʻxtatib qoʻyish;
kredit uyushmasi, mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha boʻlgan choralarni qoʻllashga haqlidir.
6. Ushbu Nizomda belgilangan jarima choralari tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga Markaziy bankning farmoyishi asosida qoʻllaniladi.
7. Tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani toʻxtatib qoʻyish va chaqirib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga asosan amalga oshiriladi.