Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Valyuta va tashqi savdo tizimini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kompleks yondashishni ishlab chiqish uchun Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan qoʻshma ishchi guruh
ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida xalqaro amaliyotda qabul qilingan uslubiy yondashuvlardan kelib chiqib va respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib tashqi savdoni tartibga solishni yanada soddalashtirish, birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlash, valyuta tizimini erkinlashtirish va milliy valyutaning joriy operatsiyalar boʻyicha konvertatsiya qilinishiga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni, shuningdek teng muvozanatli almashtirish kursini belgilashga doir takliflarni 1998-yil 1-maygacha ishlab chiqsin.
3. Ishchi guruh raisi ishchi guruh dasturi va faoliyati jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va kelishish uchun kiritsin.
4. Ishchi guruh Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari bilan birgalikda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan hamkorlik qilishga yondashuvlar va uning prinsiplari boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar ishchi guruh aʼzolarining soʻrovlari boʻyicha barcha zarur axborotlarni belgilangan tartibda taqdim etsinlar.