toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NASOS STANSIYALARI KASKADIGA EGA BOʻLGAN QARShI MAGISTRAL KANALIDAN FOYDALANIShNING PUXTALIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Qarshi magistral kanalidan va nasos stansiyalari kaskadidan uzoq vaqt normativdagidan ortiqcha foydalanish natijasida gidromexanik va elektr-kuch asbob-uskunalarining, 1 — 6-nasos stansiyalari bosim quvurlarining texnikaviy holati qoʻyilayotgan talablarga javob bermayapti va ulardan loyihadagi rejim boʻyicha foydalanish imkoniyati boʻlmayapti.
Qashqadaryo viloyatining sugʻoriladigan yerlarini suv bilan kafolatli taʼminlash, nasos stansiyalarining loyihadagi rejim boʻyicha ishlashini tiklash va nasos stansiyalari kaskadiga ega boʻlgan Qarshi magistral kanalidan foydalanishning puxtaligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligining nasos stansiyalari kaskadini hamda Qarshi magistral kanalining ayrim uchastkalarini ilovaga muvofiq hajmlarda rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha dolzarb ishlarni bajarish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
mazkur ilovada nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining bosqichma-bosqich tayyorlanishini;
“Oʻzsuvqurilish” konserni, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda tasdiqlangan investitsiya dasturlari doirasida belgilangan topshiriqlarning qatʼiy bajarilishini;
Qarshi magistral kanali obyektlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun zarur asbob-uskunalar, texnika vositalarining tender asosida sotib olinishini taʼminlasin.
2. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2000 – 2005-yillar davri uchun har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga ilovada koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Qarshi magistral kanali nasos stansiyalarining yordamchi stansiyalarini va elektr quvvati uzatish liniyalarini tekshirishdan oʻtkazsin hamda ularning roʻyxatini tuzsin va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansiga bosqichma-bosqich berish muddatlarini belgilasin.
Belgilansinki, beriladigan asosiy fondlar qiymati Energetika va elektrlashtirish vazirligining ustav jamgʻarmasini koʻpaytirishga yoʻnaltiriladi va daromad (foyda) soligʻi undirish obyekti hisoblanmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi Qarshi magistral kanali obyektlarini qoʻriqlashni kuchaytirish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Turkmanistonning tegishli idoralari bilan, barqaror suv olinishini taʼminlash uchun, Qarshi magistral kanalining bosh uchastkasida nasos stansiyasi qurish toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi berilayotgan suv tannarxini qisqartirishga va undan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrsinlar, bunda suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga va suv resurslarining samarasiz isrof boʻlishini kamaytirishga alohida eʼtibor bersinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 21-iyul,
357-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 357-son qaroriga
ILOVA
Qarshi magistral kanali obyektlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha
TOPShIRIQ

T/r

Tadbirlar nomi va ish turlari

Oʻlchov birligi

Umumiy hajmi

Yillar boʻyicha taqsimlanishi

2000‎

2001‎

2002‎

2003

2004‎

2005‎

1.‎ Suv olish rayonida oʻzanni toʻgʻrilovchi va qirgʻoqni himoya qiluvchi inshootlar qurilishi km.‎ 21‎ 7‎ 7‎ 7‎ —‎ —‎ —‎
2.‎ Amudaryodan bosh suv olish joyida resursini ishlab tugatgan yer snaryadlarini almashtirish dona‎ 10‎ 2‎ 2‎ 2‎ 2‎ 2‎ —‎‎
3.‎ VDS 375/130-24 dvigatellar qoʻzgʻatgichini tiristorli qoʻzgʻatkichlarga almashtirish dona‎‎ 34‎ 18‎ 16‎ —‎ —‎ —‎
4.‎

Resursini ishlab tugatgan nasos agregatlarni (dvigatel, nasos, toʻgʻrilagich apparat, zatvor, klapan va boshqalar) almashtirish

kompl.‎ 36‎ 6 6‎ 6‎ 6‎ 6‎ 6‎
5.‎ Kommutatsiya apparatlarining zaxira komplektini olish kompl.‎ 6‎ 6‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎ —‎‎
6.‎ Resursini ishlab tugatgan kuch elektrotexnika asbob- uskunalarini almashtirish sensiya‎ 24‎ 6‎ 6‎ 6‎ 6‎ ‎ —
7.‎ Bosim suv quvurlari ish qobiliyatini tiklash p. m. 3600‎ 900‎ 900‎ 900‎ 900‎ —‎ —‎
8.‎ Kanalning buzilgan uchastkasini tiklash km‎ 8‎ 2‎ 3‎ 3‎ —‎ —‎ —‎
9.‎ Nasos stansiyalari va inshootlarni avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash obyekt‎ 10‎ 1‎ 2‎ 2‎ 2‎ 2‎ 1‎
10. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasini zarur texnika bilan jihozlash avto-kranlar 6‎ 1‎ 2‎ 2‎ 1‎ —‎ —‎
avto-tran-sport 10‎ 2‎ 3‎ 3‎ 2‎ —‎ —‎
11.‎ Agregatlarni sovutish uchun suv beruvchi obyektlarni rekonstruksiya qilish obyekt‎ 6‎ 2‎ 2‎ 2‎ —‎ —‎ —‎