1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.07 Voyaga etmagan bolalari boʻlgan oilalarga beriladigan nafaqalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
6.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2009-yil 30-oktabrdagi 1083-I-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2009-yil 4-dekabrdagi 693-I-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-dekabr,
PF-4158-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2010-yil 1-yanvardan kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyundagi PF-871-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshidagi “ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi PF-1657-son Farmonining 2-bandida:
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son Farmoni 3-bandidan “va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-yilning 1-mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2005-yil 13-apreldagi PF-3596-son Farmoni bilan tasdiqlangan, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxatidan 1 va 2-bandlar chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni ilovasining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qonunda nazarda tutilgan holatlarni mustasno qilgan holda, banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonidagi:
“1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga besh yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi qurilish shaklida ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdorida, tegishli soliq davrida amortizatsiya ajratmalarini chiqarib tashlagan holda, ammo soliqqa tortiladigan daromadning 30 foizidan oshmaydigan miqdorda foydadan olinadigan soliq bazasini kamaytirish huquqi berilsin”;
“ushbu Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari mazkur xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik uskunalar boʻyicha esa — navbatdagi hisobot soliq davrida uskunalar ishga tushirilgan paytdan boshlab qoʻllaniladi”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 558-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 06/20/6112/1517-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)