2002 YILDA PAXTA XOM AShYoSI YETIShTIRISh, GʻOʻZANI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh HAMDA NAVLARNI YaNGILAShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va gʻoʻza navlarini yangilashni yanada takomillashtirish, barcha maydonlarga gʻoʻzaning tolasi sifati boʻyicha xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan, tezpishar va yuqori hosilli seleksiya navlarini joylashtirish, 2002-yil paxta hosili uchun chigit ekish va hosilni yigʻib-terib olishga doir barcha ishlar kompleksining oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2002-yil hosili uchun chigit ekish maydonlari, gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxtaning yalpi hosili miqdori toʻgʻrisidagi xoʻjaliklarning hisob-kitoblariga asoslangan 1 va 2-ilovalarga muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Belgilansinki, paxta xomashyosi tayyorlash boʻyicha topshiriq bajarilgan taqdirda tasdiqlangan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmlaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta tolasi shartnoma narxlarida sotiladi.
2. 2002-yil vegetatsiya davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va suv xoʻjaligi tizimlari boʻyicha suv olish limitlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari suv olishning belgilangan limitlarini ularni oʻn kunliklar boʻyicha taqsimlagan holda barcha suvdan foydalanuvchilarga yetkazsinlar hamda ularga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
3. “Oʻzpaxtasanoat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
2002-yil 1-fevralgacha urugʻlik paxta tozalanishini hamda 20-fevralgacha 4-ilovaga muvofiq miqdorda urugʻlik chigit tayyorlab qoʻyilishini tugallasinlar. Yuqori sifatli urugʻlik chigit xoʻjaliklarga faqat dorilangan holda va sertifikatlar mavjud boʻlgan taqdirda, gʻoʻza seleksiya navlarining tasdiqlangan joylashtirilishiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishi taʼminlansin;
2002-yil 15-fevralgacha 5-ilovaga muvofiq urugʻlik chigitni viloyatlararo tashishni tugallasinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining agrosanoat kompleksini rivojlantirish masalalari uchun mutasaddi boʻlgan birinchi oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi rahbarlari 2002-yil hosili uchun gʻoʻzani 2 va 6-ilovalarga muvofiq navlar boʻyicha joylashtirishga doir belgilangan topshiriqlarga hamda chigit ekish normalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Tumanlar va xoʻjaliklar rahbarlari navlarni joylashtirish belgilangan tartibining oʻzboshimchalik bilan buzilishiga yoʻl qoʻymasinlar, ular aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
navlarni joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar, tumanlarda tavsiya qilingan gʻoʻza navlarining ikkitadan ortiq, xoʻjaliklarda esa — bittadan ortiq navi ekilishiga yoʻl qoʻymasinlar, bittadan ingichka tolali va oʻrta tolali nav ekiladigan xoʻjaliklar bundan mustasno;
2002-yil 1-martgacha urugʻlik paxta uchun chigit ekiladigan xoʻjaliklar roʻyxatini tanlov asosida qayta koʻrib chiqsinlar;
gʻoʻzaning yangi, istiqbolli va rayonlashtirilgan navlarini koʻpaytiruvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari ishini alohida nazoratga olsinlar, ushbu navlarni yuqori unumdor va suv bilan taʼminlangan yerlarga eksinlar, agrotexnika va urugʻchilikka doir tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazsinlar;
xoʻjaliklarda gʻoʻzaning yangi navlari oʻzboshimchalik bilan sinab koʻrilishiga yoʻl qoʻymasinlar. Bunday navlarni sinash faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, yangi navlarni dastlabki koʻpaytirish xoʻjaliklarida hamda davlat nav sinash uchastkalarida olib borilsin.
6. 2002-yil hosili paxta xomashyosi uchun xarid narxlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, paxta xomashyosining 2002-yilda navlar boʻyicha joylashtirish uchun tasdiqlangan barcha seleksiya navlari 8-ilovaga muvofiq uch guruhga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan paxta xomashyosining sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda ular uchun hisob-kitob qilish tartibi, seleksiya navlari xarid narxlariga tuzatish koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oʻzlariga qarashli tarkibiy boʻlinmalarga va paxta yetishtiruvchilarga xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob tartibini yetkazsin;
jahon bozorida paxta tolasiga narxlar konyunkturasi oʻzgarishini hisobga olgan holda 2002-yil 10-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga paxta xomashyosi xarid narxlari boʻyicha takliflar kiritsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-fevraldagi 42-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 84-modda)
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi urugʻlik chigitlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashni tugallash uchun zarur miqdor va assortimentdagi urugʻlikni dorilash vositalarining “Paxtasanoat” hududiy birlashmalariga ikki hafta muddatda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻliknazorat” markazi urugʻlik chigitni dorilash sifati ustidan kundalik nazorat oʻrnatsinlar, xoʻjaliklarga qogʻoz qoplarga joylanmagan va dorilanmagan chigitlar berilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
10. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi mineral oʻgʻitlarni birinchi navbatda urugʻchilik xoʻjaliklariga hamda qishloq xoʻjaligi ilmiy muassasalariga oziqli moddalar boʻyicha qatʼiy mutanosiblikda va tovar paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar uchun belgilangan meʼyorlardan 10 foiz ortiq miqdorda yetkazib bersin.
11. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida “Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklari tomonidan 2002-yilda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga koʻrsatiladigan mexanizatsiyalashgan xizmatlar qiymatining 25 foizi miqdorida chegirmalar belgilansin.
13. Gʻoʻzalarning mazkur qarorga qatʼiy muvofiq ravishda navlar boʻyicha joylashtirilishiga va ularni oʻstirishning nav agrotexnikasi talablari bajarilishiga rioya etilishini nazorat qilish uchun 9-ilovaga muvofiq tarkibda maxsus ishchi komissiya tuzilsin.
Ishchi komissiya chigitni ekishga tayyorlashdan boshlab gʻoʻzaning butun vegetatsiya davrida har bir navning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda:
dalalarning ekishdan oldin tayyorlanishi va chigitning ekilishi;
nihollarni undirib olish, ularni parvarish qilish muddatlari va suv rejimiga rioya qilish;
zararkunandalarga va kasalliklarga, shuningdek qurgʻoqchilikka chidamlilik;
nihollarning rivojlanishi va hosilning yetilishi bosqichlari;
terimga tushish, terimning davom etish muddatlari va paxtaning hosildorligi;
seleksiya navlari reytinggiga koʻra paxta xomashyosi va paxta tolasining sifat koʻrsatkichlari ustidan monitoring olib borsin.
Monitoringni va kuzatuvlarni hisobga olgan holda 2002-yil hosili paxta xomashyosini yigʻib-terib olish yakunlariga koʻra 2003-yil hosili uchun gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish yuzasidan takliflar kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz normativ hujjatlarining mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-dekabr,
477-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga 1-ILOVA
2002-yilda paxta maydoni va yalpi hosili
Mintaqalar
Paxta maydoni, ming gektar
Yalpi hosil, ming tonna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
80
186,0
viloyatlar:
Andijon
107,6
310,0
Buxoro
128,2
400,0
Jizzax
105,5
250,0
Qashqadaryo
164,0
420,0
Navoiy
43,0
120,0
Namangan
94,0
270,0
Samarqand
110,0
250,0
Surxondaryo
120,0
380,0
Sirdaryo
115,3
264,0
Toshkent
110,0
280,0
Fargʻona
115,3
340,0
Xorazm
95,0
280,0
Jami:
1387,9
3750,0
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2002-yil hosili uchun gʻoʻzaning roʻyxatdan oʻtkazilgan va istiqbolli navlarini
joylashtirish
Mintaqalar
Jami ekin maydoni
Shu jumladan navlar boʻyicha:
tezpishar navlar:
Oq-daryo- 6
An- Boyovut-2
S- 4727
Omad
Na man- gan- 77
Tosh- kent- 6
Yulduz
Chimboy- 3010
Tezpishar navlar boʻyicha jami
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
80,0
27,4
50,3
2
79,7
viloyatlar:
Andijon
107,6
15,5
6,2
21,7
�uxoro
128,2
0
Jizzax
105,5
44,9
4,1
49,0
Qashqadaryo
164,0
0
Navoiy
43,0
15,4
3,7
19,1
Namangan
94,0
7,2
13,4
6,7
27,3
Samarqand
110,0
85,6
22,7
108,3
Surxondaryo
120,0
7,9
7,9
Sirdaryo
115,3
73,3
4,5
77,8
Toshkent
100,0
12
4,8
16,8
Fargʻona
115,3
4,3
14,7
19,0
Xorazm
95,0
13,1
13,1
Jami:
1387,9
151,1
121,9
33,2
33,3
26,2
17,6
2
439,7
ming gektar
2
Mintaqalar
Shu jumladan navlar boʻyicha:
oʻrtapishar navlar:
Buxo ro-6
S- 6524
175- F
Oq- qoʻr- gʻon-2
S- 6530
Ar- mu- gʻon
AN- 402
Ter- miz- 31
Gul- ba- hor
Qar- shi-8
An- Oʻzbe- kiston -4
Sha- rof- 75
Oʻrtap ishar navlar boʻyicha jami
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
0
viloyatlar:
Andijon
44,7
6,4
26,4
77,5
Buxoro
125,5
125,5
Jizzax
55,4
55,4
Qashqadaryo
100
12,8
42
8
162,8
Navoiy
23,4
23,4
Namangan
55,2
6,2
61,4
Samarqand
0
Surxondaryo
28,5
57,9
2,3
20
108,7
Sirdaryo
13,7
22,5
36,2
Toshkent
91,1
91,1
Fargʻona
8,8
26,4
35,2
Xorazm
2
56,3
5,7
64
Jami:
279,4
281,7
56,3
64,3
42,0
28,7
26,4
20
22,5
8
6,2
5,7
841,2
3
Shu jumladan navlar boʻyicha:
istiqbolli navlar:
S-2609
S-7510
Mehr
Xorazm-127
Istiqbolli navlar boʻyicha jami
Yangi navlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
0
0,3
viloyatlar:
Andijon
0
8,4
Buxoro
1,5
1,5
1,2
Jizzax
0
1,1
Qashqadaryo
0
1,2
Navoiy
0
0,5
Namangan
0
5,3
Samarqand
0
1,7
Surxondaryo
0
3,4
Sirdaryo
0
1,3
Toshkent
0,5
0,5
1,6
Fargʻona
50,9
50,9
10,2
Xorazm
14
14
3,9
Jami:
50,9
1,5
0,5
14
66,9
40,1
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga 3-ILOVA
2002-yil vegetatsiya davrida Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning sugʻorish uchun suv olish limitlari
Jami
Shu jumladan:
Daryo havzasidan
Ichki kichik daryo va soylardan
mln kub metr
%
mln kub metr
%
Respublika boʻyicha jami
29275
17432
60
11843
40
Amudaryo havzasi boʻyicha
12875
9360
73
3515
27
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2895
2895
100
viloyatlar:
Qashqadaryo
3099
2115
68
984
32
Buxoro
2205
2205
100
Navoiy (Amudaryo, Zarafshon)
854
368
43
486
57
Samarqand (Zarafshon)
2045
2045
100
Xorazm
1777
1777
100
Undan tashqari: Surxondaryo
2843
765
27
2078
73
Sirdaryo havzasi boʻyicha
13557
7307
54
6250
46
Andijon
2251
591
26
1660
74
Namangan
2071
1837
89
234
11
Fargʻona
2626
1005
38
1621
62
Jizzax (Sirdaryo, Zarafshon)
1667
1496
90
171
10
Sirdaryo
1910
1910
100
Toshkent (Chirchiq)
3032
468
15
2564
85
Izoh: Ob-havo sharoitlari va sugʻorish manbalari suvi miqdoriga qarab suv olish limitlari oʻzgartirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga 4-ILOVA
2002-yil hosili uchun urugʻlik chigitni tayyorlash boʻyicha
TOPShIRIQ
Tozalash va sortlarga ajratish
Tuksizlantirish va kalibrlash
Dorilash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
10
0,3
5,9
viloyatlar:
Andijon
12
8
8,0
Buxoro
14
0,2
9,5
Jizzax
8,5
4,4
7,7
Qashqadaryo
16
1,1
12,0
Navoiy
6
0,2
3,0
Namangan
9
4
6,9
Samarqand
14
1,5
7,3
Surxondaryo
10
1,8
8,8
Sirdaryo
9
5
8,2
Toshkent
12
2,5
7,4
Fargʻona
13,5
3
8,5
Xorazm
11
1
7,0
Jami
145
33
100
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga 5-ILOVA
2001-yil hosili uchun urugʻlik chigitni viloyatlararo yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
Joʻnatuvchi (viloyatlar)
Oluvchi (viloyatlar)
Seleksiya navlari
Reproduksiya
Urugʻlik miqdori (tonna)
Andijon viloyati
Namangan viloyati
AN-402
elita
10
AN-402
1
62
An-402
2
100
Armugʻon
1
10
Mehnat
2
5
Fargʻona viloyati
AN-402
elita
40
AN-402
1
275
AN-402
2
130
Oqdaryo-6
elita
5
Oqdaryo-6
1
10
Oqdaryo-6
2
130
Jizzax viloyati
S-6524
3
1000
Jami
1777
Buxoro viloyati
Qashqadaryo viloyati
Buxoro-6
elita
5
Buxoro-6
1
70
Buxoro-6
2
1180
Jizzax viloyati
Buxoro-6
1
10
Sirdaryo viloyati
Buxoro-6
2
10
Xorazm viloyati
Buxoro-6
2
200
Jami
1475
Qashqadaryo viloyati
Andijon viloyati
Qarshi-8
2
10
Jami
10
Navoiy viloyati
Sirdaryo viloyati
Navbahor
2
20
Jami
20
Namangan viloyati
Andijon viloyati
S-6770
elita
10
Jami
10
Samarqand viloyati
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Oqdaryo-6
1
10
Oqdaryo-6
2
150
Oqdaryo-6
3
850
Andijon viloyati
Omad
elita
5
Omad
1
100
Navoiy viloyati
Oqdaryo-6
2
300
Oqdaryo-6
3
450
Fargʻona viloyati
Oqdaryo-6
elita
5
Oqdaryo-6
1
20
Jami
1890
Surxondaryo viloyati
Andijon viloyati
Oqqoʻrgʻon-2
elita
5
Oqqoʻrgʻon-2
1
50 (tuksiz)
Oqqoʻrgʻon-2
2
220(tuksiz)
Oqqoʻrgʻon-2
3
250 (tuksiz)
Namangan viloyati
Oqqoʻrgʻon-2
1
20 (tuksiz)
Oqqoʻrgʻon-2
2
50 (tuksiz)
Sirdaryo viloyati
Navbahor
2
30 (tuksiz)
Fargʻona viloyati
Oqqoʻrgʻon-2
2
10 (tuksiz)
Toshkent viloyati
Namangan-77
1
50 (tuksiz)
Qashqadaryo viloyati
Buxoro-6
2
200 (tuksiz)
Jami
885
Sirdaryo viloyati
Andijon viloyati
Gulbahor
3
10
Jizzax viloyati
Gulbahor
3
45
Qashqadaryo viloyati
Gulbahor
3
10
Namangan viloyat?
Toshkent-6
elita
3
Jami
68
Toshkent viloyati
Andijon viloyati
S-6524
elita
5
S-6524
1
160
S-6524
2
160
Omad
1
93
Omad
2
360
Namangan viloyati
S-6524
elita
5
S-6524
1
50
Jizzax viloyati
S-6524
1
50
S-6524
2
400
S-6524
3
1200
Sirdaryo viloyati
S-6524
1
30
S-6524
2
100
S-6524
3
500
Qashqadaryo viloyati
S-6524
elita
5
S-6524
1
30
S-6524
2
100
S-6524
3
1015
Jami
4263
Fargʻona viloyati
Andijon viloyati
S-2609
elita
6
S-2609
1
10
S-2609
2
60
S-2609
3
350
S-6524
2
500
An-512
2
22 (tuksiz)
S-6770
elita
2
Namangan viloyati
Toshkent-6
elita
5
Toshkent-6
1
60
S-2609
2
10
S-2609
3
70
Mehnat
2
5
Qashqadaryo viloyati
Mehnat
2
7
S-2609
3
2
Sirdaryo viloyati
S-6524
2
400
Jami
1509
Xorazm viloyati
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Mehnat
2
32
Sirdaryo viloyati
Mehnat
2
5
Jami
37
Hammasi
11944
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga 6-ILOVA
Qoʻllaniladigan ekish sxemalari va chigit ekish normalari
Ekish sxemasi
Uyalar soni, gektariga ming dona
Urugʻlik sarfi kg/gektar
bir uyaga 5-6 dona tukli chigit ekilganda (1000 dona chigitning ogʻirligi 110 gramm)
bir uyaga 5,5 dona tuksiz chigit ekilganda (1000 dona chigitning ogʻirligi 105 gramm)