1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKINVEST INTERNEShNL”, “OʻZ-AIG” QOʻShMA SUGʻURTA KOMPANIYALARINI VA “AIG-OʻZBEKINVEST” AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 1994 YIL 23 NOYABRDAGI 565-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston — Amerika “Oʻz-AIG” sugʻurta kompaniyasi” yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari tomonidan kompaniyaning nomini “Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasi” deb oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Oʻz-AIG” qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini va “AIG-Oʻzbekinvest” agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-dekabr,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Oʻz-AIG” qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini va “AIG-Oʻzbekinvest” agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Kompaniyaning nomlanishida “Oʻz-AIG” soʻzi “Chartis Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning “v” kichik bandidagi “Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma sugʻurta kompaniyasi (“Oʻz-AIG”)” soʻzlari “Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Qarorning 2-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻz-AIG” kompaniyasi” soʻzlari “Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 7-banddagi “Oʻz-AIG” kompaniyasi” soʻzlari “Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 8-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 9-banddagi “Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov” soʻzlari “R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 564-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)