Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001—2005 YILLARDA KOMPYuTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISh, “INTERNET”NING XALQARO AXBOROT TIZIMLARIGA KENG KIRIB BORIShNI TAʼMINLASh DASTURINI IShLAB ChIQIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va taʼlimning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, “Internet”ga kirib borishini kengaytirish, yuqori malakali dasturchi-mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2001—2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha maxsus ishchi guruh
ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
respublikada kompyuter va axborot texnologiyalarini tashkil etish va rivojlantirish, dasturiy taʼminlash, kompyuter asbob-uskunalari va axborot tarmoqlari sohasida kadrlar tayyorlash, “Internet”ning xalqaro axborot tarmoqlariga kirib borishi holatini va uning amaliy qoʻllanilishi darajasini chuqur va batafsil oʻrganib chiqsin;
mazkur tahlil asosida uch oy muddatda 2001—2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning tegishli qarori loyihasini kiritsin.
Dastur loyihasini shakllantirishda:
iqtisodiyot tarmoqlarida, umumtaʼlim maktablari, kollejlar va litseylar, oliy oʻquv yurtlarining oʻquv jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, tegishli taʼlim standartlarini ishlab chiqish;
respublikaning oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari boʻyicha yuqori malakali dasturchilar va mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish darajasini oshirish;
dasturiy taʼminlash, kompyuter va tarmoq asbob-uskunalari, raqamli telekommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari tashkil etish;
respublika oʻquv va tadqiqot muassasalari, korxonalari va tashkilotlarining xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan, “Internet”ga keng kirib borishini taʼminlash;
kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida asbob-uskunalar va texnik vositalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilsin.
3. Maxsus ishchi guruh Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Hukumat qarori loyihasini tayyorlashda axborot tizimlari va tarmoqlarini tashkil etish, rivojlantirish va ularning oʻzaro hamkorligiga, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, tarmoq standartlari va normativlarini belgilashga doir ishlarni muvofiqlashtiruvchi Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazini tashkil qilish yuzasidan taklif kiritsin.
4. Respublika korxonalari va tashkilotlaridan, xalqaro tashkilotlardan homiylarni, shuningdek, xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.Golishev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydagi 230-sonli
qaroriga
ILOVA
2001—2005-yillarda axborot va kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
| 1. Azimov R. S. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari |
| 2. Usmonov T. B. |
— |
Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
| 3. Saidova G. K. |
— |
Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi |
| 4, Oripov A. N. |
— |
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
| 5. Bahromov A. Oʻ. |
— |
Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 6. Axliddinov R. Sh. |
— |
Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 7. Qosimov R. S. |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 8. Husanov J. H. |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻrta maxsus taʼlim markazi rahbari |
| 9. Umarov Sh. X. |
— |
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi |
| 10. Muntyan V. |
— |
PROONning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy vakilining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) |
| 11. Kuttner V. |
— |
“Simens” kompaniyasi vakolatxonasining bosh direktori (kelishuv boʻyicha) |
| 12. Ismoilov B. M. |
— |
Fan va texnika davlat qoʻmitasining axborotlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi |
| 13. Nabiyev O. M. |
— |
Fanlar akademiyasining zamonaviy axborot texnologiyalari markazi bosh direktori |
| 14. Hamdamov R. N |
— |
Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori |
| 15. Xoʻjayev A. J. |
— |
“OʻzPAK” bosh direktori |
| 16. Sharipov 3. 3. |
— |
Yangi axborot texnologiyalari agentligi direktori |
| 17. Arapov A. V. |
— |
“Kompyuter-Osiyo” ilmiy-texnika parkining bosh direktori |
| 18. Stanishevskiy K. |
— |
“Naytov” kompaniyasi guruhi rahbari |
| 19. Najiboyev O. |
— |
“Fido biznes” masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlimi boshligʻi |
| 20. Navotniy V. S. |
— |
Fanlar akademiyasining “Akademtarmoq” loyihasi rahbari |
| 21. Norov L. |
— |
“Oʻzbekiston internet orqali taraqqiyot” loyihasi rahbari |
| 22. Olevskiy E. I. |
— |
“Olsoft” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori |
| 23. Gʻulomov R. A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha) |
| 24. Rahimov A. M. |
— |
Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi |