Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida jahon bozorida va ichki bozorda raqobatbardoshli paxta kalavasi, oqartirilgan trikotaj gazlama ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlash hamda mahsulot chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanidagi Oyim shaharchasida Oʻzbekiston korxonasi — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi tomonidan ustav fondi 17379,5 ming yevroga teng boʻlgan yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oyim Tekstil” Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasi tashkil etilayotganligi;
Oʻzbekiston tomoni — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatining ulushi ustav fondida 8526,7 ming yevroga teng miqdorni (49%), Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi ulushi esa 8852,8 ming yevroga teng miqdorni (51%) tashkil etishi;
loyihaga muvofiq “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi 4365 tonna paxta kalavasi xamda 4200 tonna oqartirilgan gazlama ishlab chiqarilishini taʼminlashi;
xorijiy muassis hamda “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida marketingni hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizi tegishli davrda shakllangan jahon narxlari boʻyicha tashqi bozorda sotilishini taʼminlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining umumiy qiymati 47750,8 ming yevro miqdoridagi yigiruv-toʻquv fabrikasi qurilishi loyihasi 1-ilovaga
* muvofiq sxema boʻyicha 17379,5 ming yevro miqdorida “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi ustav fondi mablagʻlari xamda 30371,3 ming yevro miqdorida xorijiy bank krediti, shuningdek, “Paxta-bank” kreditlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
kontrakt boʻyicha asbob-uskunalar qiymatining 15 foizi (5359,7 ming yevro) Xitoyning “VIMAKOT LTD” firmasi 1-ilovaga
* muvofiq ustav fondiga qoʻshgan valyuta mablagʻlari hisobidan “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
asosiy qarz, foizlar hamda loyihani amalga oshirish uchun beriladigan va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan xorijiy kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlari “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga 2-ilovaga
* muvofiq jadval
boʻyicha tuzilgan kredit bitimda belgilangan muddatlarda va shartlarda qoplanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kontrakt qiymatining 85 foizini (30371,3 ming yevro) mablagʻ bilan taʼminlash uchun xorijiy bank bilan belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin va kredit resurslarini “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining xorijiy bankka kafolati boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. “Paxta-bank”ka Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi boʻyicha milliy valyutada “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatiga koʻrsatib oʻtilgan obyekt qurilishini tugallash uchun zarur boʻlgan kredit resurslarini belgilangan tartibda ajratish tavsiya etilsin.
7. Andijon viloyati hokimligi “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining 4365 tonna paxta kalava ishlab chiqarish quvvatlari 2002-yilning I choragida xamda 4200 tonna trikotaj gazlama ishlab chiqarish quvvatlari 2002-yilning IV choragida ishga tushirilishini taʼminlasin.
9 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.