“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI EKSPERTLARNI TAYYORLASh VA ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-noyabrda 2045-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 29-noyabrdagi 09/YuB-36-sonli ““Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2045-5, 09.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi toʻgʻrisidagi nizomning ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XALMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-sentabr,
184-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-sonli buyrugʻiga ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
attestatsiya sohasi — sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertning faoliyat sohasi;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi oʻrinlarda ekspert deb yuritiladi) — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan, mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan mutaxassis;
talabgor — ekspert maqomiga ega boʻlmoqchi boʻlgan jismoniy shaxs yoki attestatsiya sohasini kengaytirmoqchi boʻlgan ekspert;
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladigan talabgorlarning attestatsiyasini amalga oshiruvchi komissiya;
2. Ekspert guvohnomasi jismoniy shaxsga, agarda u ekspert tashkilotining shtatida tursa yoki ekspert tashkiloti tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, attestatsiya sohasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish huquqini beradi.
Ekspert guvohnomasi besh yil muddatga beriladi.
3. Ekspert guvohnomasiga ega boʻlgan har bir ekspert ekspert guvohnomasini olgan yildan keyingi yildan boshlab har yili attestatsiya sohalari boʻyicha 40 soatdan kam boʻlmagan malaka oshirish oʻquv kurslarida oʻqishi shart.
II. Ekspertlarni tayyorlash
4. Talabgor attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan sanoat tarmogʻi boʻyicha ekspertlarni tayyorlash oʻquv kurslarini tamomlagan boʻlishi kerak.
5. Attestatsiya sohasini kengaytirmoqchi boʻlgan ekspert yangi sanoat tarmogʻi boʻyicha ekspertlarni tayyorlash oʻquv kurslarini tamomlagan boʻlishi kerak.
6. Ekspertlarni tayyorlash “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining “Kontexnazoratoʻquv” ilmiy-texnik markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) kamida 40 soatlik oʻquv kurslarida amalga oshiriladi.
9. Talabgorlar ekspertlarni tayyorlash oʻquv kurslarini toʻliq tamomlaganlaridan soʻng, sinovdan oʻtkaziladi.
Sinov yozma, test yoki ogʻzaki koʻrinishida oʻtkazilishi mumkin.
10. Sinovdan oʻta olmaganlarga bir marotaba sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta sinovdan oʻta olmaganlar oʻquv kursini takroran oʻtaydilar.
11. Sinovdan oʻtganlarga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan sertifikat beriladi.
III. Attestatsiya va qayta attestatsiyani oʻtkazish
12. Talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish malaka imtihonini topshirish orqali amalga oshiriladi.
13. Malaka imtihonini topshirishga quyidagi talablarga javob beradigan talabgorlar qoʻyiladi:
a) oliy maʼlumotga hamda attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi sanoat tarmoqlarida soʻnggi oʻn yilda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlish (bunda, xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilgan taqdirda eʼtiborga olinadi);
b) ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish (bunda, oʻqishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt bir yildan oshmasligi kerak).
14. Attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan soʻrovnoma;
b) pasport nusxasi;
v) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi. Agarda, xorijda taʼlim olingan boʻlsa, bunda xorijda oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat va ushbu hujjatning Oʻzbekiston Respublikasidagi hujjatga ekvivalent deb topilganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
j) ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning Markaz tomonidan tasdiqlangan nusxasi. Bunda, sertifikatning berilgan vaqtidan boshlab hujjatlar topshirilgungacha oʻtgan vaqt bir yildan oshmagan boʻlishi shart.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arizada va hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun talabgor javobgar boʻladi.
15. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni muddatida talabgorni malaka imtihoniga qoʻyilishi yoki qoʻyilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
16. Quyidagi sabablarga koʻra talabgor malaka imtihoniga kiritilmaydi:
a) talabgor mazkur Nizomning 13-bandi talablariga javob bermaganda;
b) mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etilganda;
v) taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda;
g) sud qaroriga asosan sanoat xavfsizligi sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilganda.
Mazkur holatlarda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi talabgorni malaka imtihoniga qoʻyilmasligi haqida qaror qabul qiladi va ikki ish kuni muddatida talabgorga yozma ravishda asoslangan rad javobini yuboradi.
17. Malaka imtihoniga qoʻyilmagan talabgor malaka imtihoniga qoʻyilmaslikka sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng, qayta ariza berishi mumkin.
18. Talabgorni malaka imtihoniga qoʻyilishi haqida qaror qabul qilinganda imtihonga qoʻyilgan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi. Bunda, malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
19. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun kamida besh kishidan, shu jumladan attestatsiya komissiyasi raisidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyasi tuziladi. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
Attestatsiya komissiyasining nizomi, tarkibi va ishlash tartibi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
20. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining akkreditatsiya va inspeksion nazorat boʻlimi attestatsiya komissiyasi ishining tashkil qilishni taʼminlaydigan ishchi organi hisoblanadi. Ishchi organi quyidagi vazifalarni bajaradi:
b) attestatsiyani oʻtkazish uchun taxminiy savollar roʻyxatini tuzadi va tasdiqlash uchun “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻiga taqdim etadi;
v) attestatsiyani oʻtkazish sanasi, joyi va vaqtini belgilaydi hamda bu haqda attestatsiya komissiyasi aʼzolariga va talabgorlarga xabar beradi;
g) ekspert guvohnomalarini rasmiylashtiradi va egalariga topshiradi;
d) ekspertlar reyestrini yuritadi;
e) mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
j) attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida besh ish kuni oldin xabardor qilinadi.
22. Talabgor uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat)ni koʻrsatgan holda malaka imtihoniga qoʻyiladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga qoʻyilmaydi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi.
23. Agarda, talabgor “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga hujjatlarni topshirgan vaqtdan boshlab ikki marotaba uzrli sabablarsiz malaka imtihoniga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar unga qaytariladi.
Talabgor tomonidan hujjatlarni qayta topshirish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi attestatsiya komissiyasi tasdiqlangan tarkibining 3/4 qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Talabgorning hujjatlari attestatsiya komissiyasi aʼzolariga tanishtiriladi.
25. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
a) normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlar, maxsus adabiyotlar yoki boshqa materiallardan foydalanish;
b) uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
v) boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
g) uzrli sabablarsiz imtihon oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
26. Malaka imtihoni attestatsiyadan oʻtayotgan talabgor bilan suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari talabgorga qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarni bilishi boʻyicha, shuningdek, bevosita ekspertning funksiyalari va majburiyatlarini bajarishi yuzasidan savollar beradilar. Talabgor tomonidan berilgan javoblarga qarab talabgor baholanadi.
27. Malaka imtihonida talabgorni baholash talabgorning ishtirokisiz ochiq ovoz berish orqali oʻtkaziladi. Ovoz berishda malaka imtihonida ishtirok etgan barcha attestatsiya komissiyasi aʼzolari qatnashadi. Ovoz berish natijalari koʻpchilik ovozi bilan aniqlanadi. Ovozlar teng boʻlganda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
28. Berilgan savollarning kamida yetmish besh foiziga javob bergan talabgor malaka imtihonidan oʻtgan hisoblanadi.
29. Malaka imtihoni natijalari malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kuni muddatida attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
30. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorga ikkinchi marotaba malaka imtihonidan oʻtish uchun imkoniyat beriladi.
Malaka imtihonidan ikkinchi marotaba ham oʻtmagan talabgor malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab kamida ikki oy vaqt oʻtganidan soʻng, malaka imtihoni topshirish uchun hujjatlarni qayta topshirishga haqli.
31. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda yoki attestatsiya sohasini kengaytirish uchun ekspert guvohnomasining egasi qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Qayta attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
v) 4 x 6 santimetr kattaligidagi 2 dona rangli fotosurat;
g) ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatning Markaz tomonidan tasdiqlangan nusxasi. Bunda, sertifikatning berilgan vaqtidan boshlab hujjatlar topshirilgungacha oʻtgan vaqt bir yildan oshmagan boʻlishi shart;
d) sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqish boʻyicha soʻnggi besh yilda bajargan ishlari roʻyxati.
Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashi sababli qayta attestatsiyadan oʻtish uchun ariza ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin topshirilishi kerak.
32. Qayta attestatsiya mazkur bobda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
IV. Apellatsiyani koʻrib chiqish tartibi
33. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan shaxslar malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir hafta muddatda berilgan apellatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida apellatsiya beruvchiga yozma xabar yuboradi.
34. Apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
a) malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
b) apellatsiya bergan shaxs uchun takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida.
35. Apellatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmasa malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
36. Apellatsiya bergan shaxsga nisbatan malaka imtihoni mazkur Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda, takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
37. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan apellatsiya bergan talabgor uchun takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran malaka imtihoni oʻtkaziladi.
38. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
V. Ekspert guvohnomasini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish
39. Attestatsiya komissiyasi bayonnomasi tayyorlangan kundan boshlab besh ish kuni muddatida malaka imtihonidan oʻtgan talabgorga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda ekspert guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Ekspert guvohnomasi qatʼiy hisobda turadigan maxsus blanklarda rasmiylashtiriladi va ekspertlar reyestrida hisobga olinadi.
40. Ekspert guvohnomasining asli ekspert guvohnomasining egasiga ekspertlar reyestriga imzo qoʻydirish orqali beriladi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasida esa ekspert guvohnomasining nusxasi saqlanadi.
41. Ekspert guvohnomasi egasining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki pasport maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, u oʻn ish kuni ichida “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart. Bunda, arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan ekspert guvohnomasining asl nusxasi bilan birga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalarini koʻrsatgan holda notarial tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.
Ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani oʻz vaqtida taqdim etmaslik, sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik hisoblanadi.
42. Ekspert guvohnomasining qayta rasmiylashtirilishi uning egasi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi hisobga olish raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati koʻrsatilgan yangi ekspert guvohnomasi beriladi.
43. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan ekspert guvohnomasining oʻrniga ekspert guvohnomasi egasining arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Ekspert guvohnomasining egasi ekspert guvohnomasining yoʻqolganligi haqida matbuotda eʼlon berishi va eʼlon nusxasini “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim etishi kerak.
44. Ekspert guvohnomasi dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yuqoridagi burchagiga “DUBLIKAT” yozuvi kiritiladi.
45. Yaroqsiz holga kelgan ekspert guvohnomasi yoki yoʻqotilgan ekspert guvohnomasi topilganda, ular “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga qaytarilishi kerak.
VI. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ekspert guvohnomasini bekor qilish
46. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish ekspert maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar belgilangan muddatda bartaraf etilgandan soʻng, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi ekspert guvohnomasining amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
b) ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
v) ekspert guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
g) ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari yoki normativ texnik hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganda;
d) belgilangan tartibda ekspert muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
e) kasbiga doir vazifalarini bir yil ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;
j) ekspert vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish ekspert maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
48. Ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladigan qonun hujjatlari talablarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:
g) ekspertning nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlarda va boshqa tadbirlarda oʻzi shtatida turadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan ekspert tashkilotining buyrugʻisiz mutaxassis sifatida qatnashishi.
49. Ekspert guvohnomasini bekor qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ekspert guvohnomasi soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
b) ekspert guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
v) talabgor ekspert guvohnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch oy ichida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy bosh tortsa.
Ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ekspert guvohnomasi berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Ekspert guvohnomasini bekor qilish ekspert maqomining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
50. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror tegishli ravishda ekspert maqomini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
51. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida ekspert maqomi toʻxtatib turilgan, tugatilgan yoki bekor qilingan shaxsni va tegishli ekspert tashkilotini yozma ravishda xabardor qiladi.
52. Ekspert guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspert guvohnomasi bekor qilinishi sud qaroriga asosan ham amalga oshirilishi mumkin.
53. Ekspert normativ-huquqiy yoki normativ texnik hujjatlar talablarini buzganligi uchun ekspert guvohnomasining amal qilishini tugatish yoki ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab, bir yil mobaynida qayta attestatsiyadan oʻtish uchun malaka imtihoniga qoʻyilmaydi.
54. Ekspert guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ekspertlar reyestriga kiritiladi.
55. Ekspert uning ekspert guvohnomasini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab besh ish kuni muddatida oʻz ekspert guvohnomasini “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga qaytarishi shart.
56. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining ekspert guvohnomasini amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ekspert guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
57. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b.A. XAITOV
2009-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri K. AXMEDOV
2009-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2009-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisi N. MAVLYaNOV
2009-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
2009-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2009-yil 25-sentabr
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2009-yil 25-sentabr
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi “SANOATKONTEXNAZORAT” davlat inspektsiyasi “KONTEXNAZORAT-OʻQUV” shoʻba korxonasi — ilmiy-texnik markazi
“Kontexnazorat-oʻquv” ilmiy texnik markazida 20___ y. “___”_________dan 20___ y. “___” _______________gacha _________________________________ _________________________________ _________________________________ _________________________________
v period s “___” ___________ 20___ g. po “___” ______________ 20___ g. v nauchno-texnicheskom tsentre “Kontexnazorat-oʼquv” okonchil(a) kurs obucheniya po spetsializatsii ________________________________ ________________________________
Attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berish toʻgʻrisida
ARIZA
Menga sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasini olish uchun quyidagi attestatsiya sohasi boʻyicha attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Sanoat tarmogʻi
Attestatsiya sohasi kodlari
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari
xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan �oydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar
Tamomlagan yili ________________ diplom № ______________
Diplom boʻyicha mutaxassisligi ___________________________
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ___________________________
5. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi maʼlumotlar:
T/r
Ishga kirgan vaqti
Ishdan ketgan vaqti
Tashkilot nomi, idoraviy mansublik, shahar nomi
Lavozimi
Asosiy vazifalari
1.
2.
6. Tayyorlash, malaka oshirish oʻquv kurslarini tamomlagani haqidagi maʼlumotlar
T/r
Oʻquv kursi nomi
Oʻquv kursi oʻtkazgan tashkilot, shahar
Oʻquv kurslari tamomlaganini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami va berilgan sanasi
Izoh
7. Ishlab chiqqan normativ hujjatlari, ilmiy ishlar
T/r
Ishlab chiqqan yili
Nomi, belgisi
Izoh
8. Sizni sud qaroriga asosan sanoat xavfsizligi sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish hollari boʻlganmi? (Agar “Ha” javobi berilsa, qachon va nima uchunligi koʻrsatib oʻtilsin) ______________
9. Uy manzili: _____________________________________________________ __________________________________________________________________
10. Aloqa telefoni
__________
__________
Faks: _____
__________
(kodi)
(raqami)
(kodi)
(raqami)
11. Soʻrovnoma toʻldirilgan sana: 20___ y. “____” _______________________.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(Ekspert guvohnomasining oldi tomoni)
SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI
EKSPERT GUVOHNOMASI
20__ yil “__” ________da sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar reyestrida ____-raqam bilan hisobga olingan
_______________________________________
(familiyasi)
Fotosurat oʻrni
_______________________________________
(ismi)
M.Oʻ.
_______________________________________
(otasining ismi)
(Ekspert guvohnomasining teskari tomoni)
Attestatsiya komissiyasining 20__ yil “__” _________dagi _____-son bayonnomasiga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtkazildi.
Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati 20__ yil “__” “________” gacha
Sanoat tarmogʻi
Attestatsiya sohasi kodlari
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari
xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda; 2011-y., 1-2-son, 11-modda; 2014-y., 33-son, 425-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/2045-3/0131-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.07.2022-y., 10/22/2045-4/0635-son)