Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi — Doktor Li Djong-Vuk xotirasi jamgʻarmasining Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun ajratilgan grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi bilan Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi – Doktor Li Djong-Vuk xotirasi jamgʻarmasi oʻrtasida imzolangan Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim doirasida Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun 500 000 AQSH dollari miqdorida grant ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasini amalga oshirish boʻyicha masʼul ijrochi hisoblanadilar.
3. Bolalar kasalxonasini mukammal taʼmirlash va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 1 va 2-ilovalar
*ga muvofiq keltirilayotgan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar, xizmatlar) soliq solishdan hamda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar, xizmatlar)ni “Toshkent” aeroportida hamda temir yoʻllar stansiyalarida saqlashning barcha davrida toʻlovlar undirmasdan yuklash-tushirish hamda omborlarga joylashtirish ishlarini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent viloyati hokimligi buyurtmanomasiga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda koʻp martalik vizalar berish va ular muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov va S.T.Inomova zimmasiga yuklansin.