

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;10.11.2025
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1544014" id="-1544014">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1544015" id="-1544015">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1544016" id="-1544016">DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1544017" id="-1544017"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7840936" id="-7840936">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-7820191?ONDATE=10.11.2025 00#-7829517">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544018" id="-1544018">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-tijorat Xalq bankini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrdagi PF-2162-son <a href="/mact/-224317">Farmonini</a> bajarish yuzasidan va bank tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544019" id="-1544019">1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki davlat-tijorat Xalq bankining ustav sarmoyasi, uni 3 mlrd soʻmgacha yetkazgan holda, 2000-yil 1-yanvargacha shakllantirilishini taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544020" id="-1544020">Xalq bankining 1999-yil 1-yanvardagi mavjud 100 mln soʻm miqdoridagi ustav sarmoyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taʼsis badali ulushi hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544021" id="-1544021">2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki omonatlarning saqlanishini kafolatlaydilar va Xalq bankining omonatchilar — jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari boʻyicha muassislar badallariga mutanosib ravishda javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544022" id="-1544022">3. Davlat-tijorat Xalq bankining ilova qilinayotgan <a href="/mact/-1544010#-1544674">Ustavi </a>tasdiqlansin, keyinchalik u Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544023" id="-1544023">4. Davlat-tijorat Xalq banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bilan birgalikda, qarz mablagʻlarini jalb qilgan, holda va xalqaro moliya muassasalarining texnikaviy koʻmagida, joriy yilning 1-iyuligacha bankni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin unda quyidagi asosiy vazifalarning hal etilishini nazarda tutsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544024" id="-1544024">omonatchilarning omonatlari bank tomonidan jalb qilinadigan mablagʻlarni ishonchli va koʻp daromad keltiradigan sarmoyalarga joylashtirish orqali saqlanishini taʼminlash yoʻli bilan ularning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544025" id="-1544025">omonatlarning oʻziga jalb qiluvchi yangi turlarini taklif etish, ularning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash, koʻrsatiladigan bank xizmatlarini xalqaro standartlargacha yetkazgan holda ular sifatini oshirish, elektron toʻlov vositalarini joriy etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish yoʻli bilan aholi va korxonalar mablagʻlarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544026" id="-1544026">xorijiy jamgʻarma banklarining ilgʻor tajribasini oʻrganish, bank menejmentining bozor iqtisodiyoti sharoitlariga javob beradigan usullarini joriy etish asosida bank va uning boʻlinmalarini boshqarish tizimini takomillashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544027" id="-1544027">qarz oluvchilarning xoʻjalik va moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, biznes-rejalarni oʻrganish, ularning kredit qobiliyatini baholashning samarali usullarini joriy etish asosida kreditlash jarayonidagi kredit tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini yaxshilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544028" id="-1544028">berilgan kreditlar boʻyicha qarzlar tarkibini oʻzgartirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish, faktoringdan, qarzdorlik summasini xaridorgir qimmatli qogʻozlarga ayirboshlash, garovga qoʻyilgan mulkni kim oshdi savdosi orqali sotishdan foydalangan holda berilgan kreditlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544029" id="-1544029">seyf operatsiyalarini, shu jumladan, hujjatlar va mijozlarning boyliklarini saqlashga doir xizmatlarni, seyflarni va ixtisoslashtirilgan xonalarni ijaraga berishni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544030" id="-1544030">bank boshqaruv xodimlarini va mutaxassislarini tayyorlash va ularni qayta tayyorlash samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544031" id="-1544031">zamonaviy bank asbob-uskunasini, kompyuter texnikasini va bank hujjatlariga avtomatlashtirilgan holda ishlov berish texnologiyalarini sotib olish va oʻrnatish orqali bankning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544032" id="-1544032">5. Davlat-tijorat Xalq bankining moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544033" id="-1544033">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy hokimiyat organlari mulki boʻlgan va Xalq banki muassasalari egallab turgan xonalarni ulardan bepul doimiy foydalanish uchun bersinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544034" id="-1544034">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xalq bankiga tegishli samarasiz foydalanilayotgan binolar, mol-mulk va qurilishi tugallanmagan obyektlarning kim oshdi savdosi orqali sotilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544035" id="-1544035">6. Oʻzbekiston Banklar uyushmasiga Bank-moliya akademiyasi va Mintaqaviy bank oʻquv markazi negizida jamgʻarma banki ishiga oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etish tavsiya qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1544036" id="-1544036">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1544037" id="-1544037">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1544038" id="-1544038">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1544039" id="-1544039">1999-yil 22-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1544040" id="-1544040">189-son</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1544674" id="edi-1544674"><a href="/mact/-1544010?ONDATE=22.04.1999 00#-1544069">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1544674" id="-1544674">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 474-son <a href="/mact/-408426#-408439">qaroriga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
