Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-son
qaroriga muvofiq hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishi buyurtmachisi;
Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi “1-mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna” masʼuliyati cheklangan jamiyat — bosh loyihalovchi tashkilot va bosh pudratchi tashkilot;
2008-2009 oʻquv yili boshlangunga qadar boʻlgan muddat — obyektlar qurilishini tugatish muddati etib belgilansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishini moliyalashtirish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. 2008-yil 1-iyulga qadar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali oʻquv korpusi va sport zali qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda obyektning oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.