1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA KIChIK KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish hamda ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-iyulidan boshlab ustav jamgʻarmasining miqdori kamida 75 ming AQSh dollariga teng boʻlgan hamda belgilangan boshqa shartlarga javob beradigan korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xorijiy sarmoya ishtirokida yangi barpo etilayotgan va ustav jamgʻarmasi miqdori 75 ming AQSh dollaridan kam boʻlgan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
2. Belgilansinki, 2002-yilning 1-iyulidan to 2005-yilning 1-yanvariga qadar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida roʻyxatga olinib, oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kichik ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalar soliq solish tizimidan qatʼi nazar, amaldagi stavkalarga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yilning 1-iyulidan boshlab yuqorida koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlari berilishi tufayli respublika budjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati budjetlari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar tegishli ravishda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan ishlab chiqarish mikrofirmalariga, kichik korxonalarga, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun va normativ hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-iyun,
PF-3090-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 107-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)