1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA KIChIK KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
(Farmon nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda —O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish hamda ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
1. Belgilansinki, ustav jamg‘armasining miqdori kamida 200 mln so‘m bo‘lgan hamda belgilangan boshqa shartlarga javob beradigan korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xorijiy sarmoya ishtirokida yangi barpo etilayotgan va ustav jamg‘armasi miqdori 200 mln so‘mdan kam bo‘lgan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
2. Belgilansinki, 2002-yilning 1-iyulidan to 2005-yilning 1-yanvariga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida ro‘yxatga olinib, o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan kichik ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalar soliq solish tizimidan qat’i nazar, amaldagi stavkalarga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan stavka bo‘yicha soliq to‘laydilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yilning 1-iyulidan boshlab yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlari berilishi tufayli respublika budjeti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati budjetlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarga tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning 1 va 2-bandlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar tegishli ravishda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan ishlab chiqarish mikrofirmalariga, kichik korxonalarga, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va normativ hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-iyun,
PF-3090-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 107-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)