Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek mavjud qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda yangilarini tayyorlashni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi bilan hamkorligini rivojlantirish boʻyicha
1-ilovaga muvofiq Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash) tuzilsin.
Muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida
2-ilovaga muvofiq ishchi guruhi tuzilsin, unga kengash kotibiyati funksiyasi yuklansin.
2. Muvofiqlashtiruvchi kengashga:
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga koʻrsatiladigan moliyaviy va texnik yordamdan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari;
makroiqtisodiy rivojlantirish borasida xorijiy va milliy ekspertlar tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish yuklansin.
3. Moliyaviy va texnik hamkorlik loyihalarida ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarga:
Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tasdiqlangan amaldagi loyihalarni bajarishning borishi toʻgʻrisida Muvofiqlashtiruvchi kengashga yilning har choragida hisobotlar taqdim etish yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.