1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlarining begʻaraz texnik koʻmagi doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmini yanada koʻpaytirish, shuningdek grantlarni jalb etishga doir ishlar maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda va samarali olib borilishi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ularning shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
1. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun begʻaraz texnik koʻmakni (grantlarni) jalb etishni tashkil qilishning, shuningdek ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun hisob va nazoratning yagona yaxlit tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Oʻzbekiston Respublikasiga begʻaraz texnik koʻmak (grantlar)ni keng jalb etish boʻyicha tashabbus koʻrsatish ishlari tizimli asosda olib borilishi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan qatʼiy maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar rahbarlarining eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblansin.
2. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
grantlarni jalb etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tashabbus koʻrsatib va samarali ishlashni tizimli asosda olib borganligi uchun, loyihaning ahamiyati va shaxsiy ulush hisobga olingan holda, hisobot yarim yili va yil yakunlari boʻyicha bir lavozim maoshidan besh lavozim maoshigacha miqdorda mukofotlanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
grantlar jalb etish ishi zarur darajada tashkil etilmaganligi, loyiha takliflari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanmaganligi, loyihalarni amalga oshirishning zarur samaradorligi taʼminlanmaganligi, shuningdek jalb etilgan grant mablagʻlaridan boshqa maqsadlardan foydalanilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 49-son, 522-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
3. Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan texnik koʻmak hajmlari tizimli asosda koʻpaytirilishini taʼminlaganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev, Vazirlar Mahkamasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari — Komplekslarning rahbarlari texnik koʻmak loyihalarini (grantlarni) jalb etish va amalga oshirish masalalari, shu jumladan loyiha takliflari sifatli tayyorlanishi, ular oʻz vaqtida kelishilishi, moliyalashtirish jalb etilishi, shuningdek mablagʻlardan samarali foydalanilishi uchun mutasaddilik qilinadigan vazirliklar va idoralar rahbarlarining shaxsiy hisobotlarini har chorakda eshitsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 179-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 179-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 90-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 179-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shu jumladan, birinchi navbatda, ushbu qarorda belgilangan loyihalarni amalga oshirish uchun texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etish boʻyicha chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishini faollashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-oktabr,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-oktabrdagi 275-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan texnik koʻmak hajmlari tizimli asosda koʻpaytirilishini taʼminlaganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish tartibi toʻgʻrisida
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
1. Ushbu Nizom davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumat tashkilotlari, chet el fuqarolari, shuningdek xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etiladigan begʻaraz texnik koʻmagi (keyingi oʻrinlarda grantlar deb yuritiladi) hajmini koʻpaytirish tizimli asosda taʼminlanganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasiga grantlarni jalb etish jarayonidagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish va taqdirlash tizimi Oʻzbekiston Respublikasiga grantlarni jalb etish jarayonida bevosita qatnashadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari va xodimlari, xalqaro moliyaviy institutlardagi Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar ofislarining mansabdor shaxslari uchun belgilanadi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
3. Ragʻbatlantirish va taqdirlash xodimlar mehnatini ragʻbatlantirishning qonunchilikda belgilangan boshqa usullari bilan birgalikda maxsus pul toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda “mukofotlash” deb yuritiladi) shaklida belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
4. Quyidagilar mukofotlash uchun mablagʻlar manbalari hisoblanadi:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun — budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun — oʻz mablagʻlari.
II. Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish hajmi koʻpayishini tizimli asosda taʼminlayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
5. Ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini qoʻllash uchun quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasiga grantlar jalb etish jarayonida aniq har bir xodimning ishtiroki darajasini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
grantlarni jalb etish masalalarida tashabbus koʻrsatish, uyushqoqlik va izchillik, begʻaraz texnik koʻmak loyihalarini olgʻa siljitish;
grantni jalb etish yoki loyihani amalga oshirish jarayonida texnik-iqtisodiy asoslash va texnik-iqtisodiy hisob-kitobni, boshqa loyiha hujjatlarini tayyorlashning sifat darajasi;
loyihani amalga oshirish jarayoniga qoʻshilgan shaxsiy ulush;
loyiha bilan uning parametrlarida belgilanganiga qaraganda samaradorlikning yuqoriroq koʻrsatkichlariga erishish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
6. Grantlarni jalb etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tashabbus koʻrsatib va samarali ishlash tizimli asosda olib borilganligi uchun, loyihaning ahamiyati va shaxsiy ulush hisobga olingan holda, ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari hisobot yarim yili va yil yakunlari boʻyicha lavozim maoshlarining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda mukofotlanadilar.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
7. Mukofotlarning aniq miqdorlari va mukofotlanadigan mansabdor shaxslar roʻyxati har bir aniq loyiha boʻyicha tegishli tuzilmalarning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 334-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 572-modda)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan roʻyxat asosda:
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 334-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 572-modda)
mansabdor shaxslarni mukofotlash — vazirlik, idora, tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarini mukofotlash — mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Grantlarni jalb etish ishi zarur darajada tashkil etilmaganligi uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish tartibi
8. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
grantlarni jalb etish ishi zarur tarzda tashkil etilmaganligi, bu loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashga, loyihani amalga oshirish samaradorligiga, grantlar jalb etish prognozlari bajarilishiga bevosita taʼsir etganligi;
loyiha takliflari oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanmaganligi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
respublika Hukumati tomonidan, grantlar ajratish toʻgʻrisidagi bitimlar, loyiha parametrlari bilan belgilangan grantlarni jalb etish muddatlari va loyihalarni amalga oshirish muddatlari barbod qilinganligi;
loyihani amalga oshirish shartlari buzilganligi munosabati bilan loyihaning parametrlarida belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilmaganligi;
jalb etilgan grant mablagʻlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qoʻllash tartibi]
9. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan qoida buzilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining rahbarlari va mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazoning quyidagi choralari qoʻllanilishi mumkin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mukofotdan mahrum qilish;
oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizigacha miqdorda jarima solish;
hayfsan berish;
egallab turgan lavozimidan ozod qilish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
10. Intizomiy jazo choralari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining grantlar jalb etilishi va loyihalar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xulosasi hisobga olingan holda:
mansabdor shaxslarga — vazirlik, idora, tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga — mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari qaroriga muvofiq koʻriladi.
11. Aniq bir ijrochilar tomonidan grantlarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar natijalari tegishli vazirliklar va idoralar hayʼatlarida tanqidiy koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
12. Grantlarni jalb etish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari har chorakda mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tomonidan eshitiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 457-modda, 49-son, 522-modda, 52-son, 572-modda; 2013-y., 14-son, 179-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)