toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASINING “HUQUQ” GAZETASI TAHRIRIYATI TOʻGʻRISIDA
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son hamda “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Prokuratura organlari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan “Huquq” (“Huquq”) gazetasini chiqarishning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan taʼminlanishi;
“Huquq” (“Huquq”) gazetasi taxririyati mustaqil yuridik shaxs hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat mulki qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini muassis sifatida belgilagan holda “Huquq” (“Huquq”) gazetasi tahririyati” davlat korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ikki hafta muddatda “Huquq” (“Huquq”) gazetasi tahririyati”ning ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Toshkent shahar hokimligi “Huquq” (“Huquq”) gazetasi tahririyati” davlat korxonasining, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi — “Huquq” (“Huquq”) gazetasining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-iyul,
217-son