|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
| 1. | Ikramov A.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisi |
| 2. | Yusupov O.O. | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi vazifasini bajaruvchi, komissiya raisi oʻrinbosari |
| 3. | Niyazmatov B.I. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, davlat bosh sanitariya vrachi, komissiya raisi oʻrinbosari |
| 4. | Karomatov H.S. | — | Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 5. | Qoʻldoshev A.X. | — | Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
| 6. | Abdulazizov X.M. | — | Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari |
| 7. | Ahmedov A.A. | — | “Mahalla” jamgʻarmasi raisi |
| 8. | Nosirov S.X. | — | Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
| 9. | Palvonov E.M. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| 10. | Musabayev E.I. | — | Respublika virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori |
| 11. | Rahimov R.A. | — | Respublika gripp markazi direktori |
| 12. | Solihboyeva U.S. | — | “Dori-darmon” kompaniyasi raisi |
| 13. | Alimov M.A. | — | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bosh vrachi |
| 14. | Alimov U.T. | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
| 15. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari | ||
| № |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati | Bajarishga masʼul vazirliklar va idoralar |
| I. Tashkiliy-amaliy ishlar | |||
| 1. |
Ziyoratchilar orasida sogʻlom epidemiologik holatni taʼminlash uchun zarur dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalar roʻyxatini tayyorlash, Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etish |
2009-avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 2. | Yangi A (H1N1) grippiga qarshi tegishli dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi moddalar zaxirasini yaratish ishlarini amalga oshirish | 2009-yil sentyabr | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 3. | Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar guruhini hamda tegishli aeroportlardagi sanitariya nazorati punktlarini yetarli darajada elektron yoki simobli termometrlar bilan taʼminlash | 2009-yil sentyabr | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi |
| 4. | Ziyoratchilarni kuzatib boruvchi tibbiy xodimlarning yangi A (H1N1) grippining profilaktikasi, tashxisi va davolash usullari boʻyicha bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil et�sh | 2009-yil oktyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 5. | Ziyoratchilarda shaxsiy himoya vositalari (respiratorlar va doka-niqoblar) boʻlishi va ulardan toʻgʻri foydalanishlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish | Haj mavsumi davomida | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 6. | Ziyoratchilarning salomatligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish uchun kuzatib boruvchilar bilan diplomatik korpuslar orqali kundalik tezkor aloqani yoʻlga qoʻyish | Haj mavsumi davomida | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| II. Davolash va profilaktika tadbirlari | |||
| 7. |
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va qabul qiluvchi davlatning qonunchiligiga muvofiq Saudiya Arabistoniga borishga tibbiy moneʼligi boʻlmagan ziyoratchilarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish |
2009-yil avgust oyidan boshlab maxsus ishlab chiqilgan jadval asosida | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 8. |
Ziyoratchilar orasida immuniteti zaif (surunkali kasalliklar bilan ogʻrigan, qandli diabet, yurak, buyrak, jigar kasalliklari va hokazo) shaxslarni aniqlash hamda Haj safari davomida ularni maxsus nazorat ostiga olish |
2009-yil Tibbiy koʻrik va Haj mavsumi davomida | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 9. | Haj safariga boruvchilar va ularni kuzatib boruvchi shaxslarning kamida 50 foizini davolashga yetadigan grippga qarshi (Tamiflyu yoki Relenza) dori vositalari zaxirasini yaratish | 2009-yil sentyabr | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 10. | Barcha Haj safariga boruvchi ziyoratchilar va ularni kuzatib boruvchilarni mavsumiy grippga qarshi emlashni taʼminlash | 2009-yil sentyabr-oktyabr | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 11. | Haj mavsumida kasallikka chalinganlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlashga koʻmaklashish | Haj mavsumi davomida | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 12. | Hajdan qaytayotgan ziyoratchilar orasida yuqumli kasallikka chalinishda shubha qilingan shaxslarni joylashtirish uchun shifoxona oʻrinlarini hozirlash | 2009-yil noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 13. | Haj mavsumida Saudiya Arabistonida oʻzbekistonlik fuqarolar joylashgan mehmonxona va palata shaharchasida epidemiologik holat boʻyicha doimiy nazoratni yoʻlga qoʻyish | Haj mavsumi davomida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi |
| 14. | Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilar sogʻligʻini kundalik tarzda kuzatib borish va ular orasida profilatik tadbirlar doimiy tartibda amalga oshirilishini tashkil etish | Haj mavsumi davomida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 15. | Saudiya Arabistonidan qaytayotgan ziyoratchilar kutib olinadigan aeroportlarda ularni sanitariya nazorati punktida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, termometriya va zarur hollarda maxsus laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish | 2009-yil noyabr-dekabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi |
| III. Targʻibot va tashviqot ishlari | |||
| 16. | Tibbiyot xodimlari uchun yangi A(H1N1) grippi virusi bilan kasallanishning oldini olish, davolash yuzasidan maxsus yoʻriqnoma ishlab chiqish | 2009-yil avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 17. | Haj safariga borayotgan har bir ziyoratchini yangi A(H1N1)grippi haqidagi maʼlumotlar hamda undan himoyalanish borasida amal qilinishi zarur boʻlgan talablar aks etgan eslatmalar bilan taʼminlash | 2009-yil avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 18. | Respublika davolash-profilaktika muassasalari-ning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda joylarda ziyoratga boradigan fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlarini hamda mavzuga oid seminar-treninglar tash�il etish | 2009-yil sentyabr-oktyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 19. | Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari orqali yangiA(H1N1) grippi, uning klinik belgilari, diagnostikasi, davolash usullari hamda muhofazasiga bagʻishlangan tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish | Doimiy | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |