1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-iyulda 1989-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 22 modda) bajarish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son “Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-sonlar, 112 modda) va 2009-yil 1-apreldagi 91-son “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son 160-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-iyun,
07-125-son
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-iyun,
64-son
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125 va 64-son qaroriga ILOVA
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 22-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 160-modda) muvofiq obodonlashtirish sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda sarflanadigan vaqt meʼyorlari va xizmat koʻrsatish hududlaridan kelib chiqqan holda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilaydi.
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
asosiy ishlab chiqarish xodimlari — ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadigan xodimlar (ustalar, brigadirlar va ishchilar);
boshqarish meʼyorlari — bitta rahbarga bevosita boʻysunadigan xodimlarning optimal soni;
boshqaruv xodimlari — farmoyish berish funksiyasi, xodimlarga rahbarlik qilish, tegishli qarorlarni qabul qilish, loyihalash jarayonlarini nazorat qilish va tartibga solish ishlarini bajaruvchi xodimlar;
muhandis-texnik xodimlar — boshqaruv xodimlarining bir qismi boʻlib, muhandislik-texnik taʼminot (jumladan loyihalash, muhandislik-texnik hujjatlarni tayyorlash, texnologik jarayonlarni tashkil etish, smeta hujjatlarini tayyorlash va boshqalar) ishlarini bajaruvchi xodimlar;
namunaviy shtatlar — boshqarmaning maqsadlari, vazifalari, funksiyalari va ishlab chiqarish dasturlarini bajarish uchun zarur boʻlgan doimiy xodimlar lavozimlarining roʻyxati. Namunaviy shtatlar asosida shtat roʻyxati belgilanadi.
texnik xodimlar — boshqaruv xodimlari faoliyatini taʼminlash boʻyicha texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar;
xizmat koʻrsatish xodimlari — bino va hududlarga texnik va xoʻjalik xizmat hamda boshqaruv xodimlariga transport xizmatini koʻrsatish, shuningdek boshqarmaning boshqaruv va asosiy (ishlab chiqarish) xodimlariga boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlar;
xodimlarning meʼyorlangan soni — har bir ish turini bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt meʼyorlarini hisobga olgan holda boshqarmaning aniq maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlum kasbiy-malakali xodimlarning belgilangan soni;
shtat roʻyxati — namunaviy shtatlar asosida ishlab chiqilgan, boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan, doimiy xodimlarning nomi bir xil lavozimlar soni va maoshlarining miqdori koʻrsatilgan roʻyxat.
2. Boshqarmalar xodimlarining umumiy soni kalendar yil davomida bajariladigan ishlar roʻyxati va hajmlariga muvofiq ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqt meʼyorlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3. Har bir boshqarmalar boʻyicha xodimlar shtati roʻyxati qonunchilikda belgilangan tartibda moliya idoralarida roʻyxatga olinishi shart.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi.
4. Boshqarmalar xodimlarini saqlab turish, belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilib, tarkibiga quyidagilar kiradi:
ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va ragʻbatlantirish tarzidagi toʻlovlar;
xizmat safari xarajatlari;
boshqa xarajatlar (aniq koʻrsatilgan va asoslangan).
II. Boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
5. Boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
boshqarma rahbarlari uchun — 3 — 5 ta tuzilmaviy boʻlinmalar;
tuzilmaviy boʻlinmalar (mustaqil boʻlim yoki xizmat) rahbarlari uchun — boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlardan iborat 4 — 9 ta boʻysunadigan xodimlar;
b) boshqarmalarning tuzilmaviy boʻlinmasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning soni va murakkabligi;
v) boshqarma faoliyatini belgilaydigan boshqa oʻziga xos faktorlar.
6. Boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Boshqarmalarda mavjud ish hajmlaridan kelib chiqqan holda boshqaruv va muhandis-texnik xodimlarining meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan xodimlar sonidan ham kamroq etib belgilanishi mumkin.
7. Boʻlim, xizmat, uchastka boshligʻi lavozimlari joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan boshqarmaning tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
8. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar va mutaxassislarning aniq lavozimlari boshqarmaning tegishli tuzilmaviy boʻlinmalarining oʻziga xos vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqib, boshqarma rahbari tomonidan joriy etiladi.
9. Har bir boshqarmada “Xavfsizlik texnikasi boʻyicha muhandis” — mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart.
10. Xodimlarning umumiy soni 200 birlikdan kam boʻlgan boshqarmalarda “Xodimlar boʻlimi boshligʻi” lavozimi oʻrniga mutaxassislar toifasiga tenglashtirilgan “Xodimlar boʻyicha nazoratchi” lavozimi joriy etiladi.
12. Har bir boshqaruv va muhandis-texnik xodimlari lavozimlari uchun boshqarma rahbari tomonidan, biriktirilgan xizmat koʻrsatish zonasidan kelib chiqqan holda tegishli lavozim majburiyatlari va malaka talablari tasdiqlanadi.
III. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
1-§. Umumiy qoidalar
13. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan soni quyidagilardan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
bajariladigan ishlarning davriyligini hisobga olgan holda ularning roʻyxati va hajmlari;
har bir ish turiga sarflanadigan mehnat (bunda, ushbu ishlarga va shaxsiy ehtiyojlarga sarflanadigan vaqt (ishlarni bajarishda meʼyoriy vaqtning 3%), dam olish vaqti, shu jumladan mehnat taʼtili (6%) va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik vaqti (3%) inobatga olinishi zarur);
transport va boshqa texnik vositalariga xizmat koʻrsatish meʼyorlari.
2-§. Hududlarni tozalash ishlarida band boʻlgan asosiy ishlab chiqarish xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
14. Hududlarni qoʻlda tozalaydigan 1, 2 va 3-razryadli tozalovchilarning meʼyorlangan soni ishlarning vaqt meʼyorlari, mehnat operatsiyalari va ish vaqtining yillik balansidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hududlar piyodalar harakatining intensivligidan kelib chiqib quyidagicha toifalanadi:
birinchi toifa — 1 soatda 50 kishigacha;
ikkinchi toifa — 1 soatda 50 dan 100 kishigacha;
uchinchi toifa — 1 soatda 100 kishidan ortiq.
Piyodalar harakatining intensivligi, kengligi 0,75 metr boʻlgan piyodalar yoʻlakchasida ertalab va kechqurun eng koʻp harakatlanish vaqtini (piyodalarning har ikkala tomonga harakatlanishining yigʻindisini inobatga olgan holda) hisobga olgan holda aniqlanadi.
15. Quyidagilar:
Hududlarni supurish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 1-jadvaliga;
Granit va marmar zinapoyalar hamda maydonchalarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 2-jadvaliga;
Gazonni tasodifiy axlatlardan tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 3-jadvaliga;
Hududlarga qoʻlda shlang yordamida suv sepish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasi 4-jadvaliga;
qattiq maishiy chiqindilarni kuzovli axlat mashinalari (samosvallar, bortli yuk avtomobillari)ga yuklash va ularni poligonda tushirish;
suyuq axlatlarni sisternalarga tortib olish va ularni belgilangan joylarga toʻkish.
17. Sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida band boʻlgan xodimlarning shtat boʻyicha soni ixtisoslashtirilgan transport vositalari (axlat tashish mashinalari, samosvallar, bortli yuk avtomobillari, pritsep va maxsus moslamali traktorlar, avtogreyderlar va harakatlanuvchi sostavning boshqa turlari) sonidan kelib chiqib belgilanadi.
18. Transport vositalari haydovchilarining shtat boʻyicha soni, transport vositasidan 1,5 smena davomida foydalanish sharti bilan, undan yiliga 365 kun foydalanish hamda mehnat taʼtilining cheklangan vaqti va xodimning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi (9%) dan kelib chiqib belgilanadi.
Haydovchilarning shtat boʻyicha sonini aniqlash uchun mavjud transport vositalarining soni 1,5 ga (transport vositasining oʻrnatilgan smena ishi) koʻpaytiriladi, hosil boʻlgan son transport vositasidan yil davomida foydalaniladigan kalendar kunlar (365 kun) va xodimning yil davomida normal sharoitlarda ishlaydigan kunlari (256 kun) oʻrtasidagi nisbatini koʻrsatadigan koeffitsiyentga boʻlinadi, bundan hosil boʻlgan son yillik ish vaqti fondiga nisbatan mehnat taʼtilida boʻlgan vaqt va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik vaqti yigʻindilarini (jami 9%) koʻrsatadigan koeffitsiyentga koʻpaytiriladi.
Haydovchilarning shtat boʻyicha soni sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida foydalaniladigan barcha transport vositalariga hisoblanganda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Nv = Nts * 1,5 * (365 : 256) * (1,09)
Bunda:
Nv — transport vositalarining shtat boʻyicha soni;
Nts — sanitariya jihatidan yigʻish ishlarida foydalaniladigan transport vositalari soni.
Masalan, bitta transport vositasining normal holda ishini taʼminlash uchun haydovchilarning meʼyorlangan soni 2,29 ni tashkil etadi (1 * 1,5 * 1,4 * 1,09.)
19. Qattiq maishiy chiqindilarni yuklash ishlarida band boʻlgan xodimlarning shtat boʻyicha soni transport vositalariga yuklashning quyidagi oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi:
konteyner tipidagi axlat mashinasini yuklash (tushirish)da xizmat koʻrsatuvchi ishchilarning soni tegishli transport vositasining haydovchilari soniga teng boʻlishi;
transport vositasiga qoʻlda panshaxa yoki belkurak bilan yuklash (tushirish) ishlarini bajarishda xizmat koʻrsatuvchi ishchilar sonining ikki martaga oshishi (tegishli transport vositasining bitta haydovchisiga ikkita xizmat koʻrsatuvchi ishchi toʻgʻri kelishi zarur).
21. Sanitariya jihatidan tozalash ishlarida band boʻlgan transport vositalari haydovchilari (avtomobil haydovchilari, traktorchilar, avtogreyder mashinistlari)ning soni mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandida koʻrsatilgan usulda, transport vositalari birligi sonidan kelib chiqib, ushbu transport vositalaridan foydalanish koʻzda tutilgan yil davomidagi cheklangan kunlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan, qishki yigʻish vaqtida traktorli yuklash mashinasidan 30 kun davomida foydalanilsa, traktorchilarning hisoblangan soni (traktordan boshqa maqsadlarda foydalanilishini hisobga olmagan holda) 0,2 ni tashkil etadi (1 * 1,5 * (30 : 256) * 1,09).
22. Loyqa tortuvchi mashinalar yordamida yomgʻir suvini oqizadigan kanalizatsiya quduqlaridagi tindirgichlarni tozalash ishlarida (quduq qopqoqlarini ochish-yopish, quduqlarni koʻrikdan oʻtkazish, tortuvchi shlanglarni quduqqa tushirish, chiqarish va boshqa ishlar) band boʻlgan xodimlar soni mazkur Yoʻriqnomaning 21-bandida koʻrsatilgan hisob-kitoblarga muvofiq, ixtisoslashgan transport vositalari (qoldiq tortuvchi mashinalar) sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
5-§. Irrigatsiya ishlarida band boʻlgan irrigatorlarning meʼyorlangan sonini aniqlash
23. Irrigatsiya ishlarida band boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 1-jadvalida koʻrsatilgan tuproq guruhini hisobga olgan holda, soatiga qazib chiqarilgan tuproq hajmi (m3) meʼyorlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Irrigatsiya ishlarida band boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan sonini aniqlashda, shuningdek shaxsiy ehtiyojlar (ishlarni bajarishda sarflanadigan cheklangan vaqtning 3%), dam olish, jumladan mehnat taʼtiliga ajratilgan vaqt (6%) hamda mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik davriga (3%) moʻljallangan vaqtlar hisobga olinadi.
Xodimlarning meʼyorlangan sonini, avvalgi yillardagi oʻrtacha ish hajmlaridan kelib chiqqan holda belgilash uchun joriy yilga belgilangan ish hajmlari rejasi aniqlanishi zarur. Bunda, barcha turdagi irrigatsiya ishlari hisobga olinadi.
24. Quyidagilar:
Qoplamasi boʻlmagan 1 metr chuqurlikdagi ariqlarni choʻkindilardan tozalash va oʻsimliklarni yulib tashlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 2-jadvaliga;
Lotokli sugʻorish tizimini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 3-jadvaliga;
10 metr chuqurlikdagi dyuker quduqlarini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan (ishlar 4 ta xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 4-jadvaliga;
Dyuker quvurini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini bajarish (ishlar 4 xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 5-jadvaliga;
Uzunligi 10 metr boʻlgan quvursimon koʻprikchalarni 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan tozalash ishlarini bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 6-jadvaliga;
Tuproqni qoʻlda qazish, tuproqni yuklash va tushirish ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 7-jadvaliga;
Irrigatsiya tarmoqlarini mayda taʼmirlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasi 8-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
6-§. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlash
25. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi xodimlarining meʼyorlangan soni shaharlar va aholi yashash punktlarini koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarishda vaqt (ishlab chiqarish) meʼyorlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi xodimlarining meʼyorlangan sonini aniqlashda dam olish vaqti, shu jumladan mehnat taʼtili (6%) va hisoblangan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (3%) hisobga olinadi.
26. Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan 2, 3 va 4-razryadli koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
27. Koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarishda band boʻlgan transport vositalari haydovchilari sonini aniqlash mazkur Yoʻriqnomaning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
IV. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlarini joriy etish shartlari
28. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan lavozimlaridan tashqari boshqarmalarda zarur hollarda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlari kiritilishi mumkin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 22-sentabrdagi “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini taʼminlash uchun xarajatlarni maqbullash boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 58 va 116-sonli qarori (roʻyxat raqami 1288, 2003-yil 9-dekabr) bilan tasdiqlangan Qoʻllanmaga hamda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq boshqaruv xodimlarining meʼyorlangan soni 50 dan kam etib belgilangan hollarda, boshqaruv va yordamchi xodimlarning bir-biriga nisbati bitta birlik boshqaruv xodimi uchun 0,39 birlik yordamchi xodimga teng boʻladi.
Yordamchi xodimlarning soni quyidagi formulaga muvofiq belgilanadi:
Nvs = Nup * 0,39 bunda:
Nvs — yordamchi xodimlarning meʼyorlangan soni;
Nup — boshqaruv xodimlarning soni;
0,39 — boshqaruv va yordamchi xodimlarning belgilangan meʼyorlangan soni nisbatini koʻrsatuvchi koeffitsiyent.
30. Yordamchi xodimlar lavozimlarining nomlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 22-sentabrdagi “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini taʼminlash uchun xarajatlarni maqbullash boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 58 va 116-sonli qarori (roʻyxat raqami 1288, 2003-yil 9-dekabr) bilan tasdiqlangan Qoʻllanmaning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Hududlarni supurish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
1-jadval
Hudud toifasi va qoplama turi
Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (bahor, yoz, kuz) (marta hisobda)
Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Birinchi toifa
takomillashtirilgan qoplama
100,1
110
183,5
0,09
takomillashtirilmagan qoplama
134,4
221
495
0,24
qoplamasiz
156,8
442
1155
0,56
Ikkinchi toifa
takomillashtirilgan qoplama
112
110
205,3
0,1
takomillashtirilmagan qoplama
168
221
618,8
0,3
qoplamasiz
212,8
442
1567,6
0,77
Uchinchi toifa
takomillashtirilgan qoplama
168
110
308
0,15
takomillashtirilmagan qoplama
224
221
825,1
0,40
qoplamasiz
235,2
442
1732,6
0,85
Mazkur jadvalda hududlarni supurishda xodimlarning meʼyorlangan soni axlatni belgilangan joygacha transportirovka qilishni hisobga olgan holda bir yilda 1000 m2 maydonni supurishga sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib hisoblangan.
Hududni supurishda band boʻlgan xodimlarning, talab etiladigan shtat birligini aniqlashda, haqiqatda supuriladigan maydon m2 da, hudud toifalari va qoplama turlariga koʻra alohida aniqlanadi.
Supuriladigan hududning haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son supuriladigan 1000 m2 maydonni supurish uchun zarur boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soniga koʻpaytiriladi.
Masalan, shahar tipidagi posyolkada birinchi toifa takomillashtirilmagan qoplamali, supuriladigan maydon 3500 m2 ni tashkil etsa, qoplamasiz maydon 2300 m2 ni tashkil etadi. Bunda, bir yilda talab etiladigan xodimlarning soni 2,13 kishini tashkil etadi (3500 : 1000 * 0,24) + (2300 : 1000 * 0,56).
Granit va marmar zinapoyalar hamda maydonchalarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
2-jadval
Ishlar turi
Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)
Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Supurish
171,4
52
148,5
0,07
Qor kurash
926,2
30
463,1
0,23
Yuvish
1702,4
52
1475,4
0,72
Jami barcha ish turlariga koʻra
1,02
Granit va marmar zinapoyalarni tozalashda band boʻlgan xodimlarning shtat birligi boʻyicha sonini aniqlash uchun barcha uch turdagi ishlardagi meʼyorlangan son yigʻindisi hisoblanadi.
Granit va marmar zinapoyalarni tozalash operatsiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan xodimlar soni, zinapoyalarning haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son belgilangan meʼyorlangan songa koʻpaytiriladi.
Masalan, shahar tipidagi posyolkada marmar zinapoyalar va maydonchalarning maydoni 1850 m2. Har yili zarur boʻlgan xodimlarning soni 1,90 kishini tashkil etadi. (1850 : 1000 * 1,02).
Axlat qutilarini tozalash va yuvish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
5-jadval
Ishlar turi
Har 100 ta quti uchun oʻrnatilgan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)
Har 100 ta quti uchun yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 100 ta quti uchun yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Qutini axlatdan tozalash
262,1
260
1135,7
0,55
Qutini yuvish
317
52
274,7
0,13
Jami barcha turdagi ishlar boʻyicha
0,68
Qorni supurish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
6-jadval
Hududlar toifasi
Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)
Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Birinchi toifa
134,4
60
134,4
0,06
Ikkinchi toifa
156,8
90
235,2
0,12
Uchinchi toifa
190,4
180
571,2
0,28
Qor supurish ishlarida band boʻlgan xodimlarning shtat boʻyicha sonini aniqlash uchun, haqiqatda supuriladigan maydon hudud toifalariga koʻra alohida m2 larda aniqlanadi.
Bunda, har bir qor supuriladigan hudud toifasining haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son 1000 m2 supuriladigan maydon uchun zarur boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soniga koʻpaytiriladi.
Qish vaqtida hududlarga qum sepish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
7-jadval
Hududlar toifasi
Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)
Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Birinchi toifa (qum sepish)
156,8
13
33,9
0,015
Ikkinchi toifa (qum sepish)
179,2
13
38,8
0,02
Uchinchi toifa (qum sepish)
201,6
13
43,7
0,022
Qum tayyorlash (transportirovka qilish, elash)
125,8
13
27,3
0,015
Qum tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt va xodimlarning meʼyorlangan soni 1000 m2 ga teng maydonga qum sepish ishlariga sarflanadigan vaqtga qoʻshiladi.
Hududlarni qotib qolgan qor va muzdan tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
8-jadval
Hududlar toifasi
Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)
Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Birinchi toifa
6809,6
10
1134,9
0,56
Ikkinchi toifa
7604,8
10
1267,5
0,62
Uchinchi toifa
8859,2
10
1476,5
0,72
Yoʻllar va sunʼiy inshootlarni tozalash uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
9-jadval
Ishlar turi
Har 1000 m2 maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada)
Oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobda)
Har 1000 m2 maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatda)
Har 1000 m2 maydonga yiliga belgilangan xodimlarning meʼyorlangan soni
Mashinalar harakatining intensivligi quyidagicha boʻlgan yoʻllar, piyodalar yoʻlakchalari, yoʻl chekkalari, sunʼiy inshootlarni supurish:
soatiga 1500 tagacha
291,2
290
1407,5
0,69
soatiga 1500 dan ortiq
403,2
290
1948,8
0,95
Piyodalar harakatlanishi intensivligi quyidagicha boʻlgan, turar uylarga tutashmagan piyodalar yoʻlakchalarini supurish:
soatiga 500 kishigacha
145,6
290
703,7
0,35
soatiga 500 kishidan ortiq
179,2
290
866,1
0,42
Zinapoya maydonchalarini supurish
918,4
290
4438,9
2,17
Temir-beton plitalar orasidagi oʻsgan oʻtlarni tozalash
1243,2
7
145,1
0,07
Yoʻl chekkalari va bordyurlarni chang va ifloslanishdan tozalash
302,4
12
60,5
0,03
Marmar qoplamani namli artish
806,4
290
3897,6
1,91
Marmar qoplamani yuvuvchi vositalar bilan yuvish
2587,2
4
172,5
0,08
Marmar qoplamalarni shlang yordamida yuvish
86,2
8
11,5
0,01
Bekatlarni chang va ifloslanishdan tozalash
1960
290
9473,3
4,6
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Tuproq guruhi
1-jadval
№
Yumshatish usuli
Tuproq guruhi
1.
Belkuraklarda
I
2.
Kirkalardan tez-tez foydalangan holda belkuraklarda
II
3.
Kirkalarda, shuningdek qisman lomlar yoki pnevmatik sindiruvchi bolgʻalar yordamida
III
Qoplamasi boʻlmagan 1 metr chuqurlikdagi ariqlarni choʻkindilardan tozalash va oʻsimliklarni yulib tashlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
2-jadval
Tuproq guruhi
Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 tuproq qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
I
229,8
532,9
1,88
II
262,1
467,2
2,14
III
301,1
406,7
2,46
Qoplamasiz ariqlarning chuqurligi 0,5 metrdan kam boʻlgan hollarda bir yilda 1000 m3 yer qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan 0,8 miqdoridagi kamaytirish koeffitsiyenti, ariq chuqurligi bir metrdan ortiq boʻlgan hollarda esa 1,1 miqdoridagi koʻpaytirish koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Lotokli sugʻorish tizimini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
3-jadval
Tuproq guruhi
Xar 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 tuproq qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
I
114,2
1072,3
0,93
II
141,1
867,9
1,15
III
201,6
607,4
1,65
10 metr chuqurlikdagi dyuker quduqlarini choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan (ishlar 4 ta xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
4-jadval
Choʻkindilarning qalinligi (metrda)
Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 quyqalarni chiqarib tashlash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
0,5 gacha
1088,6
112,5
8,9
0,5-0,8
1149,1
106,6
9,4
0,8-1,1
1276,8
95,9
10,4
1,1 – 1,4
1397,8
87,6
11,4
1,4-1,7
1518,7
80,6
12,4
1,7-2,0
1639,7
74,7
13,4
Dyuker qudugʻining chuqurligi 10 metrdan kam boʻlgan hollarda har bir metr uchun xodimlar sonining meʼyori 5 % ga kamayadi. Quduq chuqurligi 10 metrdan ortiq hollarda har bir metr uchun xodimlarning meʼyorlangan soni 20% ga oshadi.
Masalan, dyuker qudugʻining chuqurligi 12 metrni tashkil etgan holda 1000 m2 choʻkindilarni chiqarib tashlash uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni yiliga 18,8 kishini tashkil etadi (13,4 * 40%)
Ushbu meʼyorlarda dyuker quduqlarini tozalash boʻyicha barcha ishlar, jumladan asbob-uskunalarni tayyorlash ishlari hisobga olingan.
Dyuker quvurini 2,3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan qoʻlda tozalash ishlarini bajarish (ishlar 4 xodimdan iborat zveno tomonidan bajariladi) uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
5-jadval
Dyuker quvuri diametri (metrda)
Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 quyqalarni chiqarib tashlash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
1,0
799,7
153,1
6,53
0,8
887,0
138,1
7,24
0,5
1014,7
120,7
8,3
10 metrdan oshgan har bir metr uchun xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan 1,2 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Uzunligi 10 metr boʻlgan quvursimon koʻprikchalarni 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan choʻkindilardan tozalash ishlarini bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
6-jadval
Quvur diametri (metrda)
Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 quyuqalarni chiqarib tashlash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
250
302,4
404,9
2,45
350
255,4
479,5
2,1
500
228,5
535,9
1,87
10 metrdan oshgan har bir metr uchun xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan 1,2 koeffitsiyenti qoʻllaniladi
Tuproqni qoʻlda qazish, tuproqni yuklash va tushirish ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
7-jadval
Tuproq guruhi, avtomobil turi
Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 tuproq qazish ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
I guruh, bortli a/m
33,6
3644,6
0,27
I guruh, samosval
34,9
3508,9
0,28
II guruh, bortli a/m
39,6
3092,4
0,32
II guruh, samosval
41,0
2986,8
0,33
III guruh, bortli a/m
51,7
2368,7
0,42
III guruh, samosval
54,4
2251,1
0,44
Asbob-uskunalarga yopishqoq tuproqni qazish, yuklash va tushirish ishlarini bajarish hollarida, shuningdek qotib ketgan tuproqni qazish ishlarini bajarishda xodimlarning meʼyorlangan soniga nisbatan: I guruh tuproqlari uchun 1,12 va boshqa guruh tuproqlari uchun 1,3 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Irrigatsiya tarmoqlarini mayda taʼmirlash ishlarini 2, 3 va 4-razryadli ishchi-irrigatorlar tomonidan bajarish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
8-jadval
Ishlar turi, tuproq guruhi
Har 1 m3 uchun vaqt meʼyori (daqiqada)
Besh kunlik ish haftasi oʻrnatilganda bitta xodim uchun bir yilga belgilangan meʼyor (m3 da)
Bir yilda 1000 m3 quyqalarni tozalash ishlarini bajarish uchun talab etiladigan xodimlarning meʼyorlangan soni
Muzlagan tuproqni qazish
I guruh
80,6
1519,3
0,66
II guruh
120,9
1012,9
0,99
III guruh
194,9
628,3
1,59
Muzlamagan tuproqni qazish
I guruh
60,5
2024,1
0,49
II guruh
87,4
1387,4
0,72
III guruh
141,1
867,9
1,15
Muzlagan tuproqni pnevmatik bolgʻadan foydalangan holda qazish
I guruh
151,2
809,9
1,23
II guruh
171,4
714,5
1,40
III guruh
225,1
544,0
1,84
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan 2, 3 va 4-razryadli koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
Koʻchatlar turi
Oʻlchov birligi
Har 100 m2 maydonga (100 dona) nisbatan vaqt meʼyorlari, soat *
Ishlab chiqarish meʼyori (kishi/soat) (1 bir/3 gr)
Har 1 ga (10 000 m2) maydonga xodimlar soni (100 m2 * 4 gr)
Bitta xodim bir yilda xizmat koʻrsatadigan meʼyor (10000 m2 / 5 gr)
Maysalar
100 m2
31,25
0,032
3,2
3125 m2
Bir yillik oʻsimliklar
100 m2
3,84
0,26
26
384,6 m2
Gilamsimonlar
100 m2
3,3
0,30
30
333,3 m2
Koʻp yillik oʻsimliklar
100 m2
6,25
0,16
16
625,0 m2
Archali daraxtlar
100 dona
2,9
0,345
35
286 dona
Bargli daraxtlar
100 dona
2,9
0,345
35
286 dona
Yashil toʻsiq
100 dona
20,8
0,048
5
2000 dona
Atirgullar
100 dona
18,2
0,055
6
1666 dona
Alohida butalar
100 dona
12,7
0,078
8
1250 dona
*Koʻkalamzorlashtirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun vaqt meʼyorlari, vaqtni belgilab kuzatishlar (xronometraj) asosida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Nvr — bajariladigan ishlar (oʻlchov birligi) uchun vaqt meʼyori, mashina-soat, ishchi-soat;
Top — bajariladigan ishlar (oʻlchov birligi) uchun kuzatishlar asosida topiladigan tezkor vaqt, mashina-soat, ishchi-soat;
Tob, Tpz, Totl — ish joyiga xizmat koʻrsatish, tayyorlov-yakuniy operatsiyalarni bajarish, dam olish va ijrochilarning shaxsiy ehtiyojlari uchun moʻljallangan vaqtning (%larda) tezkor vaqtga nisbati.
Ishlab chiqarish meʼyorlari quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Bunda:
Nvir — ishlab chiqarishning soatbay meʼyori, m2, tn, kg, dona va boshqa birliklarda;
Nvr — bajariladigan ishlar (oʻlchov birligi) uchun vaqt meʼyori, mashina-soat, ishchi-soat.
Masalan, bitta koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi) uchun maysa ekish va parvarish qilish maydoniga xizmat koʻrsatish uchun belgilangan meʼyorlar hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi:
10 000/100 * 0,032 = 1 ga (10 000 m2) maydonga 3,2 ishchi
Bunda:
0,032 — oʻlchovchiga vaqt meʼyori (ishchi-soat);
100 m2 — qabul qilingan ishlab chiqarishning soatbay oʻlchov birligi.
Bitta xodim tomonidan bir yilda xizmat koʻrsatish maydoni 3125m2ni (10 000 m2 / 3,2 ishchi) tashkil etadi.