1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING TASHKILIY TUZILMASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Turin politexnika universitetining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 27-apreldagi PQ-1106-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 24 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Universitet rektoriga muassislar bilan kelishgan holda, zaruriyat boʻlsa, boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida Universitet tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Qosimov va U.U.Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-iyul,
211-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-iyuldagi 211-son qaroriga ILOVA
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining
TASHKILIY TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 346-modda)