1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON AXBOROT AGENTLIGI (OʻZTAG)NI — OʻZBEKISTON MILLIY AXBOROT AGENTLIGI (OʻZA)gA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
1. Oʻzbekiston Axborot agentligi (OʻzTAG) — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)ga aylantirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
2. OʻzAagentligi Oʻzbekiston Axborot agentligining toʻla huquqli vorisi deb hisoblansin hamda uning faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari:
— mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jumhuriyat ichki va tashqi siyosati, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining faoliyati haqidagi axborot olish huquqlarini taʼminlash;
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy bayonotlari va axborotlarini tarqatish;
— mustaqil davlatlarning, xorijiy mamlakatlarning davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasining ichki hamda tashqi siyosatiga doir, mintaqaga xos ijtimoiy-siyosiy va boshqa voqealar xususida axborot materiallari berish;
— Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini ogʻishmay amalga oshira borib, jumhuriyat iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy turmushidagi voqealarni haqqoniy va oshkora yoritish, respublika aholisini bir-birlariga nisbatan teng va hurmat bilan munosabatda boʻlish, xalqlar oʻrtasida totuvlik, doʻstlik va tinchlikni mustahkamlash ruhida tarbiyalash;
— mustaqil davlatlar va xorijiy mamlakatlarda oʻzining axborot markazlarini, muxbirlar manzilgohlarini tashkil etish, xorijiy agentliklar hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan bitimlar tuzish asosida barcha turdagi axborotlarni toʻplash va tarqatish masalalari yuzasidan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyishdan iborat qilib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida ushbu Farmonni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-fevral,
PF-327-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 183-modda)