1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMINI ISLOH QILIShNI YANADA ChUQURLAShTIRISh VA UNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT DASTURINI AMALGA OShIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 19 SENTYABRDAGI PF-3923-SON FARMONI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “RESPUBLIKA TIBBIYOT MUASSASALARI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 2 OKTYABRDAGI PQ-700-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-iyun,
164-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 53-modda):
a) Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalarining (1-ilova) 1-bandiga “Farmoniga” soʻzidan keyin “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son Farmoniga” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash tartibida (2-ilova):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Markazlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovada keltirilgan, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashxis va davolash asbob-anjomlari qoʻllanilgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan markazlarga va ushbu Markazlar toʻgʻrisidagi nizomlarda koʻrsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga tatbiq etiladi”;
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yilning har choragida mavjud oʻrinlar fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining quyidagi miqdorida imtiyozli bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatishga kvotalar belgilanadi:
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun — 20 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 20 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 30 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — katta yoshdagilar boʻlimlari boʻyicha — 20 foizigacha va bolalar boʻlimlari boʻyicha — 100 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 100 foizigacha.
Kvotalarni mintaqalar boʻyicha taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
“imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar poliklinikalarning mavjud oʻrinlar fondi, uning aylanishi va bemorlarni qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan tegishli hajmda boʻlishi”;
18, 20 va 23-bandlarning ikkinchi xatboshidagi “20 foiziga qadar hajmda” soʻzlari “ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “setkasi” soʻzidan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi)” soʻzlari qoʻshilsin;
v) Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisidagi nizomda (3-ilova):
5-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Endokrinologiya markazi boʻyicha — 15 foiz;
Akusherlik va ginekologiya markazi boʻyicha — 10 foiz;
Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi boʻyicha — 2 foiz”;
“Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishi talab qilinadigan bemorlarning holatlari roʻyxati”;
quyidagi mazmundagi V, VI va VII boʻlimlar qoʻshilsin:
“V. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:
1. Gipertonik kriz, miokard infarkti, miyada qon aylanishining kuchli buzilishi bilan bogʻliq qandli diabet.
2. Nafas yetishmovchiligi aks etgan (II-III darajasi) ogʻir kuchayish davridagi oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OʻSOK).
3. Oʻtkir pnevmoniya ogʻir kechish asoratlari bilan.
4. Yurak ishemik kasalligi: miokardning ogʻir infarkti, ogʻir koronar sindromi.
5. Gipertonik kriz.
6. Yurak faoliyati ritmining gemodinamik sezilarli va hayot uchun xavfli buzilishlari.
7. Ogʻir chap meʼda yetishmovchiligi (yurak astmasi, oʻpka shishi)”;
g) Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (4-ilova):
4-banddagi “Markazlarning 2008-yildan kechikmay” soʻzlari “Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlari 2007-yilda, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi 2008-yilda hamda Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi 2011-yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshidagi “20 foiziga qadar hajmda” soʻzlari “har bir Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi 217-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 51-modda):
a) Boshlangʻich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) qishloq muassasalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2-ilova) 10-bandidagi “belgilangan tartibda” soʻzlaridan keyin “tumanlar moliya organlariga va” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Boshlangʻich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) shahar eksperimental muassasalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomda (3-ilova):
9-banddagi “ularga” soʻzi “tumanlar (shaharlar) moliya organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“12. BTSYo ShE muassasalarini moliyalashtirish Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari tegishli tumanlari (shaharlari) hamda Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq har oyda bitta summada (xarajatlar guruhlariga boʻlmasdan) amalga oshiriladi. Sogʻliqni saqlash budjetini ajratishda mahalliy moliya organlari birinchi navbatda BTSYo muassasalari uchun moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlashi lozim”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlantirilishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 285-modda; 2017-y., 37-son, 997-modda)