1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN ILMIY-AMALIY TIBBIYOT MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining faoliyatini tashkil etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizom hamda uning tuzilmasi 6 va 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroridagi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
aholiga pulli asosda diagnostika va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozga ega boʻlgan shaxslarga orderlar berish, ularni davolashga yotqizish va davolash haqini toʻlash tartibi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarni davolashga yotqizish;
markazlar daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga tatbiq etilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining davlat tasarrufidagi mol-mulki faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda garov, ayirboshlash yoki oldi-sotdi predmeti boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan: 2010-yildan boshlab — Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazining hamda Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazining, 2014-yildan boshlab — Respublika dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy markazining hamda Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishi jadvali tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini budjetdan moliyalashtirish hajmlarini tasdiqlasin;
ikki hafta muddatda markazlar kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni va ularning shaxsiy tarkiblarini, yangi shart-sharoitlarda markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
har bir respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻyicha uning sohasidan kelib chiqqan holda pulli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tabaqalashtirilgan tarif siyosatini, shuningdek budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin.
Amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-may,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida akusherlik va ginekologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etiladi.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi toʻliq koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Markaz akusherlik va ginekologiya sohasida ixtisoslashish turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik, oʻquv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi oʻz munosabatlarini Markaz oldidagi maqsad va vazifalarga muvofiq, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”).
5. Markazning toʻliq nomi:
davlat tilida — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr akusherstva i ginekologii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, H.Abdullayev koʻchasi, 132 A - uy.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
II.Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazni tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan, tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek akusherlik va ginekologiya maktabini shakllantirish;
aholining akusherik va ginekologiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika boʻyicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
9. Markazning asosiy vazifalari:
a) aholiga:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha patologiyali homilador ayollarga, 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga mavjud oʻrinlar fondi va poliklinika davolash quvvatining 20 foizigacha miqdorda - bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga-pulli asosda akusherlik va ginekolgiya sohasida yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, Markazni akusherlik va ginekologiya sohasida ilgʻor jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida akusherlik va ginekologiya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari boʻyicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
d) oʻzining akusherlik va ginekologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash boʻyicha ilgʻor metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) akusherlik va ginekologiya sohasida oʻzining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
j) onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) akusherlik va ginekologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
respublika aholisining akusherlik va ginekologiya sohasida diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilgʻor yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
akusherlik va ginekologiya boʻyicha eng keng tarqalgan kasalliklar turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilgʻor, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida akusherlik komplekslari va tugʻruqxona boʻlimlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarning oʻz maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
zarurat boʻlganda Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
akusherlik va ginekologiya sohasidagi dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini oʻtkazadi;
xorijdagi tibbiyot olamiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
akusherlik va ginekologiya boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
oʻzining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlanish biznes-rejalarini, xarajatlar smetasini tuzish, ularning hajmlarini va shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
Markaz sohasi boʻyicha pulli asosda aholiga yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
akusherlik va ginekologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.14.00 Intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha hamkorlik]
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika mintaqalarida filiallar tashkil etish;
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
13. Markaz quyidagilarga majbur:
akusherlik va ginekologik tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarga zamonaviy, xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni taʼminlash va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
aholiga tasdiqlangan tariflarga muvofiq akusherlik va ginekologiya boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk]
oʻz mablagʻlari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan maqsadli foydalanish, uning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
IV. Markazning mol-mulki
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.07.00 Uy-joy ijarasi (shuningdek, 08.02.02.00 ga qarang)]
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablagʻlardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markazning tuzilmasi va uni boshqarish
17. Markaz tarkibiga bir smenada 240 nafar bemorga xizmat koʻrsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 236 bemor oʻrniga moʻljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat boʻlganda Markaz direktori tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi;
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
19. Direktor oʻrinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning oʻrinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat boʻladi.
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
21. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Markazda Markazning yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat boʻlgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar Ilmiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Filiallar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar toʻgʻrisidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
25. Markaz va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan;
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yoʻnalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllanadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun:
patologiyali homilador ayollarga, 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga mavjud oʻrin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 20 foizigacha, shuningdek shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarga 10 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnikasi bilan jihozlash uchun;
Markazni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar shaklida ajratiladi.
Budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlar toʻloviga, shuningdek budjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlashga esa - Gʻaznachilik orqali ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning oʻzini oʻzi moliyalashtirish va oʻz xarajatlarini qoplashga oʻtishiga qarab Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarining ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab, belgilangan tartibda belgilanadi.
29. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha esa Yagona tarif setkasi boʻyicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng koʻp miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma fondlarni toʻldirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
33. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 1a-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti negizida pediatriya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi toʻliq koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Markaz pediatriya sohasida ixtisoslashish turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik oʻquv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi oʻz munosabatlarini qonunchilik doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Markazning toʻliq nomi:
davlat tilida — Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr pediatrii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Chimboy koʻchasi, Talant tor koʻchasi, 3-uy.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
II.Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazni tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek pediatriya maktabini shakllantirish;
aholining pediatriyada diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
9. Markazning asosiy vazifalari:
a) quyidagilarga:
15 yoshgacha boʻlgan bolalarga - bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga-pulli asosda pediatriya sohasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, Markazni pediatriya sohasida ilgʻor jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida pediatriya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari boʻyicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) oʻzining pediatriyada profilaktika, diagnostika va davolash boʻyicha ilgʻor metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
e) pediatriyada oʻzining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
j) onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
z) pediatriya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
respublika aholisining pediatriyada diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilgʻor yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
bolalar kasalliklarining eng keng tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilgʻor samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida viloyatlarning bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarning oʻz maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
pediatriyada dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini oʻtkazadi;
xorijdagi tibbiyot olamiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
pediatriya boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
oʻzining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlanish biznes-rejalarini, oʻz budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
pediatriya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarida filiallar tashkil etish;
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlari va vazifalariga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda, koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
13. Markaz quyidagilarga majbur:
ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiy yordamiga muhtoj boʻlgan bemorlarga zamonaviy xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni taʼminlash va rivojlantirish;
15 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul asosda yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan shartlarini kafolatlash, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz mablagʻlari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan maqsadli foydalanish, uning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablagʻlardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markazning tuzilmasi va uni boshqarish
17. Markaz tarkibiga bir smenada 200 nafar bemorga xizmat koʻrsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 275 bemor oʻrniga moʻljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat boʻlganda Markaz direktori tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
19. Direktor oʻrinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning oʻrinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat boʻladi.
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
21. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
yillik rejalar va moliyaviy hisobotlarni koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Markazda Markazning yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat boʻlgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar Ilmiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Filiallar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar toʻgʻrisidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
25. Markaz va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Markazning oʻz daromadlari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yoʻnalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllanadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun:
15 yoshgacha boʻlgan bolalarga mavjud oʻrin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatiga qarab bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va yillik investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Markazni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar shaklida ajratiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlar toʻloviga, shuningdek budjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlashga esa - Gʻaznachilik orqali ajratiladi.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarining ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish esa bajariladigan ishning murakkabligi darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
29. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha esa Yagona tarif setkasi boʻyicha, lavozim maoshlarini, shuningdek eng koʻp miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf qiladi. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma fondlarni toʻldirish;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 2a-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Gastroenterologiya ilmiy markazi negizida terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi toʻliq koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida ixtisoslashish turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik oʻquv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi oʻz munosabatlarini qonun hujjatlari doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
5. Markazning toʻliq nomi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
davlat tilida — Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr terapii i meditsinskoy reabilitatsii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xurshid koʻchasi, 4-uy.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
II.Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazni tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali, moddiy va ilmiy bazani, shuningdek terapiya va tibbiy reabilitatsiya maktabini shakllantirish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
aholining ichki kasalliklar (terapiya) va tibbiy reabilitatsiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika boʻyicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
9. Markazning asosiy vazifalari:
a) quyidagilarga:
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan, ushbu Nizomga ilovaga muvofiq imtiyozli toifali shaxslarga mavjud oʻrinlar fondi va poliklinika davolash quvvatining katta yoshdagilar boʻlimlari boʻyicha — 20 foizigacha, 15 yoshgacha boʻlgan bolalar boʻlimlari boʻyicha - 100 foizigacha miqdorda bepul asosda;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga—pulli asosda terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, Markazni terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida ilgʻor jahon yutuqlari darajasida, ichki organlar kasallanganda ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam koʻrsatish va reabilitatsiya qilish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida ichki organlar kasalliklarini diagnostika qilish va davolash hamda ularni reabilitatsiya qilishning zamonaviy metodlari boʻyicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) oʻzining ichki kasalliklarni profilaktika va diagnostika qilish hamda davolash boʻyicha ilgʻor metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida oʻzining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
j) terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
z) terapiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
respublika aholisining ichki organlar kasalliklari sohasida diagnostika, davolash va profilaktika qilish hamda ularni tibbiy reabilitatsiya qilishning jahondagi ilgʻor yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
ichki kasalliklarning eng koʻp tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilish hamda tibbiy reabilitatsiya qilishning ilgʻor, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarning oʻz maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
zarurat boʻlganda Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
dorivor preparatlarni, tibbiy maqsadlardagi vositalarni, shuningdek terapiyada diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilish metodlarini klinik sinovdan oʻtkazadi;
xorijdagi tibbiyot olamiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
ichki kasalliklar boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻzining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlanish biznes-rejalarini, oʻz budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
terapiya va tibbiy reabilitatsiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarida filiallar tashkil etish;
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadi va vazifalariga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
13. Markaz quyidagilarga majbur:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
terapiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarga zamonaviy, xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni taʼminlash va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
aholiga tasdiqlangan tariflarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz mablagʻlari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan maqsadli foydalanish, uning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.09.00 Banklar tomonidan budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga xizmat koʻrsatilishi]
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablagʻlardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markazning tuzilmasi va uni boshqarish
17. Markaz tarkibiga bir smenada 150 nafar bemorga xizmat koʻrsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 400 bemor oʻrniga moʻljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat boʻlganda Markaz direktori tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi;
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
19. Direktor oʻrinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning oʻrinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat boʻladi.
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
21. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Markazda Markazning yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat boʻlgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar Ilmiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Filiallar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar toʻgʻrisidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
25. Markaz va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan;
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yoʻnalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllanadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun:
mavjud oʻrinlar fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga katta yoshdagilar boʻlimlari boʻyicha — 20 foizigacha, bolalar boʻlimlari boʻyicha — 100 foizgacha, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga muhtoj boʻlgan bemorlarga — 2 foizigacha bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Markazni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar tarzida ajratiladi.
Budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlar toʻloviga, shuningdek budjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlashga esa - Gʻaznachilik orqali ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning oʻzini oʻzi moliyalashtirish va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishiga qarab Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
29. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha esa Yagona tarif setkasi boʻyicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng koʻp miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma fondlarni toʻldirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
5. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
6. 1941-1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari.
8. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi boʻlgan shaxslar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
9. Baynalmilal jangchilar.
10. 15-17 yoshdagi oʻsmirlarni va chaqiruv komissiyalari yoʻllanmalari boʻyicha chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) shaxslarni tekshirish va davolash.
11. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari.
(11-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 3a-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 4-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida dermatologiya va venerologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi toʻliq koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Markaz dermatologiya va venerologiya sohasida ixtisoslashish turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik oʻquv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlariga va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi oʻz munosabatlarini qonun hujjatlari doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
5. Markazning toʻliq nomi:
davlat tilida— Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr dermatologii i venerologii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Forobiy koʻchasi, 3-uy.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
II. Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazni tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek dermatovenerologiya maktabini shakllantirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
aholining dermatologiya va venerologiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika boʻyicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
9. Markazning asosiy vazifalari:
a) dermatologiya va venerologiya sohasida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
jinsiy yoʻllar orqali oʻtadigan kasalliklarga duchor boʻlgan shaxslarga hamda ushbu Nizomga ilovaga muvofiq davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan imtiyozli toifadagi shaxslarga mavjud oʻrinlar fondi va poliklinika davolash quvvatining 30 foizigacha miqdorda - bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga-pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, Markazni dermatologiya va venerologiya sohasida ilgʻor jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun aralash moliyalashtirish shartlarida moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.04.00.00 Mehnat staji / 06.04.02.00 Umumiy mehnat staji]
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida dermatologiya va venerologiya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari boʻyicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) oʻzining dermatologiya va venerologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash boʻyicha ilgʻor metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) dermatologiya va venerologiya sohasida oʻzining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
j) tibbiyot sohasida respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) dermatologiya va venerologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
respublika aholisining dermatologiya va venerologiya sohasida diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilgʻor yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
dermatovenerologiya kasalliklarining eng keng tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilgʻor, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
respublika mintaqalarida viloyatlar, shaharlar va tumanlar dermatovenerologiya dispanserlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarning oʻz maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
dermatologiya va venerologiya sohasidagi dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini oʻtkazadi;
xorijdagi tibbiyot olamiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
dermatologiya va venerologiya boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻzining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlanish biznes-rejalarini, oʻz budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini, shuningdek sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
Markaz sohasi boʻyicha pulli asosda aholiga yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
dermatologiya va venerologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.01 Umumiy masalalar]
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika mintaqalarida filiallar tashkil etish;
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadi va vazifalariga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda belgilashga haqlidir.
13. Markaz quyidagilarga majbur:
ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya boʻyicha tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarga zamonaviy, xalqaro talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni taʼminlash va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
aholiga tasdiqlangan tariflarga muvofiq dermatologiya va venerologiya boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq manzilli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz mablagʻlari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan maqsadli foydalanish, uning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.09.00 Banklar tomonidan budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalarga xizmat koʻrsatilishi]
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablagʻlardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markazning tuzilmasi va uni boshqarish
17. Markaz tarkibiga bir smenada 70 nafar bemorga xizmat koʻrsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 160 bemor oʻrniga moʻljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Zarurat boʻlganda Markaz direktori tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
19. Direktor oʻrinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning oʻrinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat boʻladi.
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
21. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Markazda Markazning yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat boʻlgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar Ilmiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Filiallar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar toʻgʻrisidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
25. Markaz va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish aralash shaklda, shu jumladan:
Markazning oʻz daromadlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Davlat budjeti mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Markazning oʻz daromadlari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan;
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yoʻnalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllanadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun:
ushbu Nizomga ilovada koʻrsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga va jinsiy yoʻllar orqali oʻtadigan infeksiyalar bilan kasallangan shaxslarga mavjud oʻrin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 30 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish Davlat dasturi va yillik investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Markazni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar shaklida ajratiladi.
Budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlar toʻloviga, shuningdek budjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlashga esa - Gʻaznachilik orqali ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning oʻzini oʻzi moliyalashtirish va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishiga qarab Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
29. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha esa Yagona tarif setkasi boʻyicha, lavozim maoshlarini, shuningdek eng koʻp miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma fondlarni toʻldirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
5. 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
6. 1941-1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari.
8. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda qatnashish natijasida nogironligi boʻlgan shaxslar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
9. Baynalmilal jangchilar.
10. 15-17 yoshdagi oʻsmirlarni va chaqiruv komissiyalari yoʻllanmalari boʻyicha chaqiriq yoshidagi (18-27 yashar) shaxslarni tekshirish va davolash.
11.Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan nafaqa olishadigan kam taʼminlangan oilalardagi shaxslar.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 4a-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya i venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 5-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida ftiziatriya va pulmonologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi toʻliq koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markaz ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ixtisoslashish turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik oʻquv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi oʻz munosabatlarini qonunchilik doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Markazning toʻliq nomi:
davlat tilida — Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr ftiziatrii i pulmonologii imeni Sh.Alimova.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Alimov koʻchasi, 1-uy.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
II.Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazni tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ftiziopulmonologiya maktabini shakllantirish;
aholining ftiziatriya va pulmonologiya sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika boʻyicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
9. Markazning asosiy vazifalari:
a) ftiziatriya va pulmonologiya sohasida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
sil kasali bilan kasallangan shaxslarga, shuningdek pulmonologiya kasalliklari boʻlgan bemorlarga - bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga-pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, Markazni ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ilgʻor jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun aralash moliyalashtirish shartlarida moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida ftiziatriya va pulmonologiya sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari boʻyicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) oʻzining ftiziatriya va pulmonologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash boʻyicha ilgʻor metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) ftiziatriya va pulmonologiya sohasida oʻzining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
j) tibbiyot sohasida respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol qatnashish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
z) ftiziatriya va pulmonologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
respublika aholisining turli sil kasalliklarini oldini olish hamda nafas organlari kasalliklarini (NOK) diagnostika qilish, davolash va profilaktikaning jahondagi ilgʻor yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
ftiziatriya va pulmonologiya boʻyicha eng keng tarqalgan kasalliklar turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilgʻor, samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
respublika mintaqalarida koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari ixtisoslashgan boʻlimlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarning oʻz maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
ftiziatriya va pulmonologiya sohasidagi dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini oʻtkazadi;
xorijdagi tibbiyot olamiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
ftiziatriya va pulmonologiya boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻzining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlanish biznes-rejalarini, oʻz budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini va sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
ftiziatriya va pulmonologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.01 Umumiy masalalar]
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda filiallar tashkil etish;
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlariga va predmetiga zid boʻlmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda, belgilashga haqlidir.
13. Markaz quyidagilarga majbur:
ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarga zamonaviy, jahon talablaridagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni taʼminlash va rivojlantirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
sil kasali va nafas organlari kasalliklari boʻlgan bemorlarga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq yoʻnalishli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz mablagʻlari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan maqsadli foydalanish, uning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablagʻlardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markazning tuzilmasi va uni boshqarish
17. Markaz tarkibiga bir smenada 50 nafar bemorga xizmat koʻrsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 500 bemor oʻrniga moʻljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat boʻlganda Markaz direktori tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
19. Direktor oʻrinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning oʻrinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat boʻladi.
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
21. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda koʻrsatilayotgan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Markazda Markazning yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat boʻlgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar Ilmiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Filiallar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar toʻgʻrisidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
25. Markaz va uning filiallari faoliyatini moliyalashtirish aralash shaklda, shu jumladan:
qonunchilikka zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan;
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yoʻnalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllanadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun:
sil kasali boʻlgan bemorlar, shuningdek pulmonologiya kasalliklari boʻlgan bemorlarga mavjud oʻrin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatiga bogʻliq holda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlashini rivojlantirish Davlat dasturi va yillik investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Markazni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun;
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar shaklida ajratiladi.
Budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlar toʻloviga, shuningdek budjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlashga esa - Gʻaznachilik orqali ajratiladi.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish esa bajariladigan ishning murakkabligi darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
29. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan Tarif setkasi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha esa Yagona tarif setkasi boʻyicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng koʻp miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma fondlarni toʻldirish;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 5a-ILOVA
Sh.Alimov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 6-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida endokrinologiya sohasida davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot va metodik faoliyatni amalga oshiradigan hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan mustaqil tibbiyot muassasasi sifatida tashkil etilgan.
2. Markaz davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning nomi toʻliq koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
Markaz endokrinologiya sohasida ixtisoslashish boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik oʻquv bazasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markaz faoliyatning barcha sohalaridagi oʻz munosabatlarini qonunchilik doirasida, shuningdek Markazning maqsadi va faoliyati predmetiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Markazning toʻliq nomi:
davlat tilida — Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:
rus tilida — Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr endokrinologii.
6. Markaz quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, H.Abdullayev koʻchasi, 56-uy.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
II. Markazning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazni tashkil etish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
yuqori sifatli va xalqaro standartlar talablari darajasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan yuqori texnologiyali moddiy va ilmiy bazani, shuningdek endokrinologiya maktabini shakllantirish;
aholining endokrinologiyada diagnostika, davolash va profilaktika boʻyicha ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
9. Markazning asosiy vazifalari:
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha endokrin kasalliklardan azob chekadigan bemorlarga mavjud oʻrin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 30 foizigacha miqdorda - bepul asosda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (ushbu kichik bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari), shuningdek xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga-pulli asosda endokrinologiya sohasida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam koʻrsatish;
b) tibbiyot texnikasi va apparatlarining mavjud parkini doimiy ravishda yangilab borish va modernizatsiya qilishni taʼminlash, Markazni endokrinologiya sohasida ilgʻor jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun aralash moliyalashtirish shartlarida moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb etish boʻyicha menejment va marketing ishlarini tashkil etish;
g) Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida eng koʻp tarqalgan endokrin kasalliklar diagnostikasi va ularni davolashning zamonaviy metodlari boʻyicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
d) endokrinologiyada profilaktika, diagnostika va davolash boʻyicha oʻzining ilgʻor metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
e) endokrinologiyada oʻzining patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
j) tibbiyot sohasidagi respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol qatnashish;
z) endokrinologiya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
respublika aholisining endokrinologiyada diagnostika, davolash va profilaktikaning jahondagi ilgʻor yutuqlari darajasida eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali metodlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlaydi;
endokrinologik kasalliklarining eng koʻp tarqalgan turlarini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilishning ilgʻor samarali metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
respublika mintaqalarida endokrinologiya dispanserlariga tashkiliy-metodik va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarning oʻz maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
zarurat boʻlganda Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlganlarni davolashga yotqizish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazning ixtisoslashganlik yoʻnalishi boʻyicha tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
endokrinologiyada dori-darmonlar, tibbiyot vositalari, shuningdek diagnostika va davolash metodlarining klinik sinovlarini oʻtkazadi;
xorijdagi tibbiyot olamiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
endokrinologiya boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr qiladi;
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinatura, tayanch doktorantura va doktorantura orqali tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(10-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
11. Markaz belgilangan maqsadlarga erishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻzining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
rivojlanish biznes-rejalarini, oʻz budjetini tuzish, ularning hajmlarini, shakllantirish manbalarini va sarflash yoʻnalishlarini belgilash;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
endokrinologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan ilmiy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda respublika hududlarida filiallar tashkil etish;
qonunchilikka, Markaz faoliyatining maqsadlariga va predmetiga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar, amalga oshiriladigan ishlarning barcha turlari uchun tariflar va baholarni mustaqil ravishda, belgilashga haqlidir.
13. Markaz quyidagilarga majbur:
endokrinologiya sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemorlarga zamonaviy jahon talablaridagi sifat va standartlar darajasida diagnostika va davolashni taʼminlash va rivojlantirish;
tasdiqlangan tarif boʻyicha aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
yetakchi xorijiy klinikalarda Markaz xodimlarini muntazam ravishda tor ixtisos boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Markaz xodimlari uchun mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan shartlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq yoʻnalishli ijtimoiy himoya qilishni kafolatlash;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz mablagʻlari hisobiga Markazning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash va rivojlantirish;
mol-mulkdan maqsadli foydalanish, uning saqlanishini taʼminlash;
amaldagi qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritish.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Markazning mol-mulki
14. Markazning mol-mulki asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.
15. Markaz egallab turgan yer uchastkasiga doimiy foydalanish huquqlari bilan egalik qiladi, faoliyat maqsadlariga muvofiq oʻz mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, shu bilan birga, budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
16. Markaz vaqtinchalik foydalanilmayotgan xonalarini shartnoma asosida ijaraga berish, undan tushgan mablagʻlardan Markazni rivojlantirishda foydalanish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hisobdan chiqarish huquqiga ega.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Markazning tuzilmasi va uni boshqarish
17. Markaz tarkibiga bir smenada 250 nafar bemorga xizmat koʻrsatadigan konsultatsiya poliklinikasi va 246 bemor oʻrniga moʻljallangan statsionar kiradi.
Markaz tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Zarurat boʻlganda Markaz direktori tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markaz tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
18. Markaz faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Markaz direktori:
oʻz faoliyatini Markaz nomidan amalga oshiradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi;
Markaz va uning filiallari xodimlari ishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonunchilikka muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
19. Direktor oʻrinbosarlari, Markaz filiallari rahbarlari Markaz direktorining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
20. Markaz tarkibida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun Markaz Kengashi tashkil etiladi.
Markaz Kengashi direktor, uning oʻrinbosarlari, Markazning yetakchi mutaxassislari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakilidan iborat tarkibda 7 kishidan iborat boʻladi.
Markaz Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
21. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnika siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
aholiga pulli asosda koʻrsatilayotgan tibbiy yordam turlariga tariflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish;
Markaz ichidagi, shuningdek uning filiallaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Markaz Kengashi majlisida kollegial qabul qilingan qarorlar Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Markazda Markazning yetakchi ilmiy xodimlaridan iborat boʻlgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ilmiy kengash majlislari har oyda oʻtkaziladi, uning qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar Ilmiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadga muvofiqligi va hajmini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlari rejalashtirilishi va bajarilishini tashkil etishga rahbarlik qilish.
23. Markazning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan filiallar belgilangan tartibda kirishi mumkin.
Filiallar ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Filiallar toʻgʻrisidagi nizomlar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz faoliyatini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
25. Markaz faoliyatini moliyalashtirish aralash shaklda, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan tartibda jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Markazning oʻz daromadlari:
aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan;
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining yoʻnalishli mutaxassislarini tayyorlashdan;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllanadi.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun:
endokrinologik bemorlarga mavjud oʻrin fondi va poliklinika qabul qilish quvvatining 30 foizigacha, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga muhtoj boʻlgan bemorlarga 15 foizigacha hajmda bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat boʻlgan) tibbiy yordam turlariga belgilangan imtiyozli tariflar boʻyicha aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatishga Markaz xarajatlarini qoplash uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish davlat dasturi va har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnika bilan jihozlash uchun;
Markazni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun;
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga grantlar shaklida ajratiladi.
Budjet mablagʻlari Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi orqali alohida satrda, aholining imtiyozli toifalariga bepul asosda tibbiy yordam koʻrsatish, Markazni uskunalar va texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlar toʻloviga, shuningdek budjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlashga esa - Gʻaznachilik orqali ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markazning moliyaviy faoliyati mustahkamlanishiga va uning oʻzini oʻzi moliyalashtirish va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishiga qarab Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi mumkin.
28. Markaz xodimlari soni va xodimlarning ish haqi miqdori Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish esa bajariladigan ishning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab belgilangan tartibda belgilanadi.
29. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi;
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda bazaviy maoshlardan kelib chiqib Takomillashtirilgan tarif setkasi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga, boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha esa - Yagona tarif setkasi boʻyicha lavozim maoshlarini, shuningdek eng koʻp miqdori cheklanmaydigan ustamalarni belgilaydi.
30. Markaz xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati natijasida olingan foydasi tegishli soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazning tasarrufida qoladi va belgilangan tartibda:
Markazning moddiy-texnika bazasini yangilash, modernizatsiya qilish va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasi, jihozlar, asbob-uskunalar sotib olish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
aylanma fondlarni toʻldirish;
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish;
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
31. Markaz qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash, soliq va moliya organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-maydagi 145-son qaroriga 6a-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 21-son, 254-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)