1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI TIZIMIDAGI TELEVIDENIYE MUHANDISLIK-TEXNIKA XODIMLARINI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimi kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
1. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-may,
128-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-maydagi 128-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy teleradiokompaniya deb yuritiladi) tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini ularning professional tayyorgarligi va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga loyiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
2. Milliy teleradiokompaniya tizimi televideniye muhandislik-texnika xodimlarining attestatsiyasini doimiy faoliyat yurituvchi Attestatsiya komissiyasi oʻtkazadi.
Doimiy faoliyat yurituvchi Attestatsiya komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadi.
3. Quyidagilar Attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Milliy teleradiokompaniyaning televideniye muhandislik-texnika xodimlarini ularning professional tayyorgarligi va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga loyiqligi baholanishini hisobga olgan holda muntazam ravishda attestatsiyadan oʻtkazish;
Milliy teleradiokompaniya tizimi kadrlari tarkibini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Milliy teleradiokompaniya xodimlarining, shu jumladan xorijiy mediatexnologiyalar oʻquv markazlarida tajriba orttirishni oʻtashi hisobiga doimiy ravishda malakasi oshirilishi va professional darajasi oʻsishi yuzasidan monitoring oʻtkazish hamda nazorat qilish tizimini joriy etish.
4. Attestatsiya komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
II. Attestatsiya komissiyasining faoliyati
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
5. Attestatsiya komissiyasini rais boshqaradi. Rais vaqtincha boʻlmagan taqdirda Attestatsiya komissiyasini rais tomonidan belgilanadigan uning oʻrinbosarlaridan biri boshqaradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
6. Attestatsiya komissiyasi raisi attestatsiya oʻtkaziladigan joy va muddatlarni, attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning tarkibiy roʻyxatini hamda Milliy teleradiokompaniya tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir boshqa tashkiliy masalalarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
7. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari Attestatsiya komissiyasi majlislarini tayyorlash va oʻtkazishda qatnashadilar, zarurat boʻlganda attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlar faoliyatiga taalluqli qoʻshimcha materiallar va hujjatlarni talab qilib olish huquqiga egadirlar, attestatsiya varaqasini va attestatsiya bayonnomasini imzolaydilar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
8. Attestatsiya komissiyasi faoliyatini taʼminlash uchun Attestatsiya komissiyasi kotibiyati tuziladi. Attestatsiya komissiyasi kotibiyati tarkibi Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasi kotibiyatini Attestatsiya komissiyasi aʼzolaridan biri boshqaradi.
9. Attestatsiya komissiyasi kotibiyati:
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun Attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Attestatsiya komissiyasining tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlarning shaxsiy yigʻma jildlarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Attestatsiya komissiyaning attestatsiyaga taalluqli tegishli qarorlarini Attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlarga yetkazadi.
10. Attestatsiya komissiyaning tegishli majlislari Attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan jadvallarda belgilanadigan muddatlarda oʻtkaziladi. Attestatsiya komissiyasining faoliyat yuritishi bilan bogʻliq boʻlgan va mazkur Nizom bilan belgilanmagan boshqa masalalar, jumladan, Attestatsiya komissiyasining ish tartibi Attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlarga asosan tartibga solinadi.
III. Attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlar va uni oʻtkazish muddatlari
11. Attestatsiya komissiyasida attestatsiyadan oʻtkaziladigan Milliy teleradiokompaniya tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarining lavozimlari roʻyxati ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
12. Milliy teleradiokompaniya tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlari har uch yilda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Quyidagilar:
tegishli lavozimda attestatsiya oʻtkaziladigan sanagacha bir yildan kam ishlagan xodimlar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.01.00 Ayollar mehnati]
homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi. Bolani parvarishlash uchun berilgan taʼtilda boʻlgan ayollar, ular ishga chiqqanidan soʻng bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
IV. Attestatsiyadan oʻtkazish talablari
13. Attestatsiya komissiyasi raisining attestatsiya oʻtkaziladigan muddatni va attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori attestatsiya oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlarga yetkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
14. Attestatsiya komissiyasiga har bir attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodim uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mehnat faoliyati va maʼlumoti toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma;
soʻnggi uch yilda malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (mavjud boʻlsa);
oʻtgan bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
xodim bilan mehnat shartnomasi imzolagan rahbardan tavsifnoma.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrab olish huquqiga ega.
15. Quyidagilar boʻyicha xolisona baho berish attestatsiyadan oʻtkazish talablari hisoblanadi:
professional tayyorgarligi, maʼlumoti va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga loyiqligi;
lavozimiga nisbatan qoʻyilgan talablarning taʼminlanishi hamda tegishli qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga rioya etishi va bu borada zaruriy bilimlarga egaligi;
zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda yuqori texnologik teleradiouskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi va ularni ish faoliyatida qoʻllashi;
teleradio sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi.
V. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
16. Attestatsiya komissiyasi majlisi attestatsiyadan oʻtkazilayotgan xodim ishtirokida oʻtkaziladi.
Attestatsiyaga uzrli sabab bilan (mehnat taʼtili, xizmat safari, kasallik varaqasi va boshqa sabablar boʻyicha) kelmagan xodimlar Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi vaqtida attestatsiyadan oʻtishlari kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan kelmagan xodimlar yozma ravishda ogohlantiriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan taqdirda Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
17. Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni (materiallarni) koʻrib chiqib, attestatsiyani oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
18. Attestatsiyani xolisona oʻtkazish maqsadida Attestatsiya komissiyasi:
attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimga uning funksional vazifalari bilan bogʻliq boʻlgan va mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan attestatsiyadan oʻtkazishga qoʻyilgan talablardan kelib chiqadigan savollarni beradi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodim tomonidan taqdim etilgan uning xizmat faoliyati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni koʻrib chiqadi.
19. Attestatsiya komissiyasi majlisi, agar unda komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
20. Attestatsiya oʻtkazish davomida attestatsiyaning stenogrammasi yoki audio-video yozuvi yuritilishi mumkin.
VI. Attestatsiya natijalari
21. Xodimning kasbiy sifatlarini baholash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Attestatsiya komissiyasining tavsiyalari attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimning ishtirokisiz, Attestatsiya komissiyasining majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Attestatsiya natijalari boʻyicha Attestatsiya komissiyasi quyidagi baholardan birini qabul qiladi:
egallab turgan lavozimiga loyiq;
6 oydan keyin takroriy attestatsiya oʻtkazgan holda, Attestatsiya komissiyasining tavsiyalari bajarilishi sharti bilan egallab turgan lavozimiga shartli ravishda loyiq;
egallab turgan lavozimiga noloyiq.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
23. Xodim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, attestatsiyadan oʻtkaziluvchi xodimga berilgan savollar va ularga berilgan javoblar, Attestatsiya komissiyasi aʼzolari va xodim tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar, attestatsiya natijalari boʻyicha xodimga berilgan baho, shuningdek, komissiyaning tavsiyalari attestatsiyadan oʻtadigan har bir xodimga rasmiylashtiriladigan attestatsiya varaqasida, ushbu Nizomga 2-ilova shaklida aks ettiriladi.
Attestatsiya varaqasi Attestatsiya komissiyasi raisi, kotibi va uning majlisida ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
24. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi va Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi ushbu Nizomga 3-ilova shaklida rasmiylashtiriladi.
25. Attestatsiya natijalariga koʻra va Attestatsiya komissiyasining bayonnomalariga asosan oʻn ish kunidan kechikmay Milliy teleradiokompaniya va uning tizimiga kiruvchi korxonalar hamda hududiy boʻlinmalarning tegishli buyrugʻi chiqariladi.
26. Attestatsiya natijalari boʻyicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb eʼtirof etilgan xodimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan tartibda ish beruvchining tegishli buyrugʻi chiqariladi.
27. Attestatsiya natijalari boʻyicha nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Mazkur Nizom qoidalarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi attestatsiyadan oʻtkaziladigan televideniye muhandislik-texnika xodimlarining lavozimlari
ROʻYXATI
1. Apparat studiya kompleksi boshliqlari;
2. Markaziy apparatxona guruhi boshliqlari;
3. Telekoʻrsatuvlarni tayyorlash, tasvirga olish va efirga uzatish guruhi boshliqlari;
4. Tasvir montaj guruhi boshliqlari;
5. Tasvirga olish guruhi boshliqlari;
6. Informatsion koʻrsatuvlarni tayyorlash va efirga uzatish xizmati boshliqlari;
7. Televideniye va radio koʻchma texnikasi xizmati boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari;
8. Maxsus yoritish guruhi boshliqlari;
9. Radioeshittirish xizmati boshliqlari;
10. Muhandis texnik xodimlar boshliqlari;
11. Ovoz yozish xizmati boshliqlari;
12. Taʼmirlash va profilaktika xizmati boshliqlari;
13. Telekoʻrsatuvlarni va radioeshittirishlarni texnik nazorat qilish boʻlimi boshliqlari;
14. Apparat studiya kompleksi uskunalarini profilaktika qilish va taʼmirlash xizmati boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari — yetakchi muhandis elektronchilar;
25. Tasvirga tushirish texnikasi xizmati — boʻlim boshliqlari;
26. Ovoz texnikasi va montaj xizmati — boʻlim boshliqlari;
27. Kinotasmalarga ishlov berish boʻlimi boshliqlari;
28. Kompyuter grafikasi boʻlimi boshliqlari;
29. Yer yoʻldoshi aloqasi va kompyuter grafikasi boʻlimi boshliqlari va mutaxassislari;
30. Texnologik ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, 1-, 2-toifali mutaxassislar, mazkur jarayonda ishtirok etuvchi boshqa tegishli mutaxassislar;
31. Efirga uzatish bosh rejissorlari, ularning oʻrinbosarlari;
32. Bosh rejissorlar, oliy toifali rejissorlar, 1-, 2-, 3-toifali rejissorlar, rejissorlar;
33. 1-, 2-, 3-toifali rejissor assistentlari;
34. Oliy toifali rejissor-klipmeykerlar;
35. Oliy toifali, 1-, 2-, 3-toifali kinorejissorlar;
36. 1-, 2-, 3-toifali kinorejissor assistentlari;
37. Oliy toifali, 1-toifali kinooperatorlar;
38. 1-toifali kinooperator assistentlari;
39. Bosh teleoperatorlar, oliy toifali teleoperatorlar, 1-, 2-, 3-toifali teleoperatorlar, teleoperatorlar;
54. Kompyuter va axborot mediatexnologiyalar boʻlimi bosh mutaxassislari, 1-, 2-toifali mutaxassislari, mutaxassislari;
55. Teledizaynerlar, mutaxassis-kompyuter dizaynerlari, kompyuter dizaynerlari;
56. Muhandis-nazoratchilar;
57. Yetakchi muhandis-dasturchilar (programmist), muhandis-dasturchilar (programmist);
58. Yetakchi muhandis-elektronchilar, 1, 2, 3-toifali muhandis-elektronchilar, muhandis-elektronchilar;
59. Yetakchi muhandislar, 1-, 2-toifali,;
60. Katta elektromexaniklar, elektromexaniklar;
61. Katta elektronchilar, elektronchilar;
62. Elektronchi-montajchilar, III — VI-darajali elektronchi-montajchilar;
63. III — VI-darajali taʼmirlovchi-elektronchilar;
64. Taʼmirlovchi muhandis-elektronchilar;
65. Katta mexaniklar;
66. Katta chiroq ustalari, chiroqchi-elektriklar, yorituvchilar, III — VI-darajali yorituvchilar, yorituvchi-chiroqchilar;
67. Katta nazoratchi — ustalar, katta ustalar;
68. Texnika-texnologiyalardan foydalanish orqali televizion koʻrsatuvlarni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi guruhlar boshliqlari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis, mutaxassislar.
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Attestatsiya varaqasi
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi___________________________________
2. Tugʻilgan yili (sanasi)_____________________________________________
5. Ilmiy darajasi, unvoni___________________________________________
6. Egallab turgan lavozimi: __________________________________________ ___________________________________________________________________
7. Umumiy staji _____, shu jumladan, hozirgi lavozimida ________________
8. Boshqa maʼlumotlar:_______________________________________________ ___________________________________________________________________
9. Attestatsiyadan oʻtuvchi xodimga berilgan savollar va uning javoblari: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
10. Attestatsiyadan oʻtuvchining eʼtirozlari va takliflari: _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
11. Attestatsiyadan oʻtuvchi xodim faoliyatining bahosi: ___________________ ___________________________________________________________________
12. Ovoz berish natijalari: yoqlaganlar________________________________ qarshilar_______________, betaraflar__________________________________
14. Attestatsiya oʻtkazilgan sana:________________________________________
15. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha qaror:_____________________ ___________________________________________________________________
Attestatsiya komissiyasi raisi
_____________________
Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari
_____________________
Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari
_____________________
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari
1.____________________
2.____________________
3.____________________
4.____________________
5.____________________
6.____________________
7.____________________
8.____________________
9.____________________
10.___________________
11.___________________
Attestatsiya komissiyasi kotibi
_____________________
Attestatsiya varaqasi bilan tanishdim: _________________________________
(sana va attestatsiyadan oʻtuvchi xodimning imzosi)
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Milliy teleradiokompaniya tizimidagi televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining ________ - son bayonnomasi
20__ yil “__” _______
Attestatsiya komissiyasi raisi
_______________________________________
(F.I.Sh.)
Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari _________________________
(F.I.Sh.)
Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari _________________________
(F.I.Sh.)
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari: _____________________________________
(F.I.Sh.)
Attestatsiya komissiyasi kotibi _______________________________________
(F.I.Sh.)
Attestatsiya komissiyasi 20___ yil “___”___________ dagi majlis yakunlari boʻyicha
QAROR QILADI:
T/r
Attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimning F.I.Sh
Tashkilot yoki muassasa
Lavozimi
Attestatsiya komissiyasining xulosasi
Attestatsiya komissiyasi raisi
__________________________
Attestatsiya komissiyasi kotibi
__________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 235-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)