1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh, TEXNIK VA TEXNALOGIK QAYTA JIHOZLAShNI AMALGA OShIRUVChI XOʻJALIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN IMTIYOZLARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-aprelda 1688-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-sonli “Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2918, 25.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21, 2007-29, 01-02/8-11-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2007-yil 11-iyul, roʻyxat raqami 1688 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 254-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-aprel,
39-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-aprel,
66-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-aprel,
2009-3-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-aprel,
01-02/8-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39-son, 66-son, 2009-3-son, 01-02/8-1-son qaroriga ILOVA
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartishlar
“6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan holda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi”.
“Soliq solinadigan bazani ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, texnologik jihozlar boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq bazasidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin”.
“Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga kamaytiriladi. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi”.
21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi.
22. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi.
Import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
23. Import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.
Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (importyor, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
24. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”.