toggle_night_mode
Hujjat 04.12.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi — hayotni sugʻurta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
jabrlanuvchi — oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan xodim;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning u mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha oʻz vazifalarini ish beruvchining hududida ham, undan tashqarida ham bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga oʻtkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga yoxud vafot etishiga sabab boʻlgan hodisa;
ish beruvchi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 25-moddasi, 12-bobining 2-paragrafi.
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi — umumiy sugʻurta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
kasb kasalligi — xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili taʼsiri natijasi boʻlgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turgʻun yoʻqotishiga sabab boʻlgan oʻtkir yoki surunkali kasalligi;
kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasi — kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berguniga qadar boʻlgan, foizlarda ifodalangan, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayishi;
Keyingi tahrirga qarang.
mehnatda mayib boʻlish — xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi;
naf oluvchi — xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
sugʻurta hodisasi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt;
xodim — ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlayotgan jismoniy shaxs.
4-modda. Ish beruvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchi oʻz fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish shartlari va tartibi
5-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti va subyektlari
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyektidir.
Ish beruvchi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi (bundan buyon matnda sugʻurtalovchi deb yuritiladi), annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlaridir.
6-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi bilan sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Mazkur shartnomani tuzish uchun ish beruvchining yozma shakldagi arizasi asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchining faoliyati bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiriladigan boʻlsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ish beruvchi mazkur faoliyatni amalga oshiradigan muddat uchun tuziladi.
7-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarini tartibga solish
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining eng yuqori darajalarini, sugʻurta tariflarining tuzilishini va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini belgilashda mazkur tariflarning sugʻurtalovchi tomonidan qoʻllanilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”ning 23-bandi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha belgilangan sugʻurta tariflarining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlishi mumkin emas. Sugʻurta tariflari darajalarining oʻzgarishi ish beruvchi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlanishi sanasida amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofoti miqdori shartnomaning amal qilish muddati ichida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
8-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining bazaviy stavkasi va koeffitsiyentlari
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari bazaviy stavka va koeffitsiyentlardan iboratdir.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tarifining bazaviy stavkasi barcha ish beruvchilar va sugʻurtalovchilar uchun yagonadir.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining xavflilik darajasiga bogʻliq holda belgilanadi.
Sugʻurtalovchi ushbu Qonunga muvofiq belgilanganidan farq qiladigan bazaviy stavkani va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining koeffitsiyentlarini qoʻllashga haqli emas.
9-modda. Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasini belgilash
Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xavflilik darajalari tasnifiga va faoliyat turlarini muayyan xavflilik darajasiga kiritish tartibiga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”ning 9-ilovasi.
10-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli
Keyingi tahrirga qarang.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli quyidagicha belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan sanadagi holatga koʻra faoliyatini bir yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun — mazkur shartnoma tuzilgan oydan oldingi oʻn ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida;
oʻz faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan oydan keyin keladigan oʻn ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi birinchi oydagi ish haqi miqdorini oʻn ikkiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi;
faoliyatini bir yildan kam boʻlgan muddatga amalga oshiruvchi ish beruvchi uchun — ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati amalga oshiriladigan muddatdagi ish haqi miqdorida.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati davomida yillik ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda, bu shartnomaning sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti qismiga ushbu shartnomaga yozma ravishda qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali oʻzgartishlar kiritiladi. Bunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini qayta hisob-kitob qilish mazkur shartnoma tuzilgan sanada amalda boʻlgan sugʻurta tarifi boʻyicha, qolgan sugʻurta davri va sugʻurta puliga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar sugʻurtalovchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlagan boʻlsa, sugʻurta puli toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda ish beruvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sugʻurta mukofotini yetti ish kuni ichida qoʻshimcha toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta pulini sugʻurta tarifiga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari” 9-ilovasining III bobi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti bir yoʻla toʻlanadi.
3-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta tovonini toʻlash
12-modda. Zararning miqdorini aniqlash tartibi
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta puli miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tovoni:
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlov yoki kasb kasalligi aniqlanguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadigan har oylik toʻlov;
marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning oʻziga va qaramogʻida boʻlgan, lekin yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga haqli boʻlmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga toʻgʻri keladigan ulush chegirib tashlangan holdagi har oylik toʻlov;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlovi;
Keyingi tahrirga qarang.
xodim vafot etgan taqdirda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida belgilangan miqdorda dafn etish xarajatlari;
ish beruvchining qoʻshimcha xarajatlarini qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya qilish tarzida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshirilgan taqdirda, xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi munosabati bilan zararning oʻrnini qoplashning belgilangan summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda koʻpaytiriladi. Bunda zarar oʻrnini qoplashning koʻpaytirilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshimcha tarzda toʻlanadi.
(12-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta hodisasi yuz berganligi munosabati bilan yetkazilgan maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Sugʻurta tovonini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuz berganda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma shakldagi ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga murojaat etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
ish beruvchining yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasi;
xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining koʻchirma nusxasi;
sugʻurta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan oʻrtacha oylik yoki yillik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
mehnat shartnomasining (kontraktning) koʻchirma nusxasi;
kasb kasalligida — xodimning kasb kasalligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir boʻlganligini va xodim uchun uning oqibatini tasdiqlovchi hujjatlar (ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasining xulosasi, nizolar yuzaga kelgan hollarda esa — sudning qarori).
Keyingi tahrirga qarang.
Xodim vafot etgan taqdirda xodimning vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi va naf oluvchining zararning oʻrni qoplanishiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.
14-modda. Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni, agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yilgacha muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, sugʻurtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlanadi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining ish beruvchining xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning sogʻligʻi yomonlashganligi yoxud vafot etganligi tufayli kelib chiqqan va har oylik tusga ega boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarining kompensatsiya qilinishiga doir qismi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchiga toʻlanadi. Bunda sugʻurta tovoni ish beruvchi taqdim etgan, u shunday xarajatlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida toʻlanadi.
Agar yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bir yildan ortiq muddat uchun toʻlovni nazarda tutsa, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchiga toʻlanadi. Bunda ish beruvchi annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi bilan annuitetlar shartnomasini tuzishi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha olingan sugʻurta tovonidan faqat annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash uchun foydalanishi shart. Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha ish beruvchi olgan sugʻurta tovoni summasi annuitetlar shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdoridan kam boʻlsa, farq ish beruvchi hisobidan qoʻshimcha toʻlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Annuitetlar shartnomasi
Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir.
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga, sugʻurta puli doirasida tegishincha:
Keyingi tahrirga qarang.
jabrlanuvchiga u oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun;
xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan naf oluvchiga joriy toʻlovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sugʻurta tovoni toʻlash majburiyatini oladi.
Annuitetlar shartnomasi ish beruvchi bilan annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi oʻrtasida tuziladi. Annuitetlar shartnomasini tuzish uchun ish beruvchining yozma shakldagi arizasi asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Annuitetlar shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalari”.
Annuitetlar shartnomasida koʻrsatilishi lozim boʻlgan shartlarning toʻliq emasligi uchun javobgarlik annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi zimmasida boʻladi.
Annuitetlar shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchiga mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻladigan muddatga tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga qonun hujjatlariga muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan yetkazilgan zarar miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda jabrlanuvchiga uning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va sogʻligʻi shikastlanguniga qadar ham, undan keyin ham boʻlgan boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar hisobga olinmaydi va yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan miqdori kamaytirilishiga olib kelmaydi (yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi). Jabrlanuvchi sogʻligʻi shikastlanganidan keyin oladigan ish haqi (daromad) ham yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi.
Annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti ish beruvchi tomonidan annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtaning butun davri uchun bir yoʻla toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlarining huquq va majburiyatlari
17-modda. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qonunga muvofiq ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasini tuzish uchun annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini tanlash;
sugʻurtalovchidan va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining va (yoki) annuitetlar shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
yillik ish haqi miqdori kamayganda sugʻurta mukofotining yillik ish haqi miqdorining kamayishiga va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish.
Ish beruvchi:
oʻzi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran yoki ish beruvchilar — jismoniy shaxslar uchun mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan kechiktirmay oʻzining fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunga muvofiq sugʻurtalashi;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha va ayrim hollarda annuitetlar shartnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta mukofotini toʻlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
yillik ish haqi miqdori oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi;
ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik darajasi oʻzgargan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur boʻlgan hollarda, qoʻshimcha hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofotini toʻlashi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berganligi oʻziga ayon boʻlgan paytdan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishi;
xodimlarni ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi;
agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar oqibatida asossiz ravishda toʻlangan boʻlsa, ortiqcha toʻlangan sugʻurta tovoni haqida sugʻurtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
Ish beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish;
sugʻurta mukofotini aniqlash uchun sugʻurta xavfini baholash;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish.
Sugʻurtalovchi:
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi;
ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sugʻurta tovonini toʻlashi;
oʻzi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart.
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Jabrlanuvchining huquqlari
Jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga yoxud annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonini toʻlash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat etish;
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining yoki annuitetlar shartnomasining shartlari toʻgʻrisida ish beruvchidan yoki sugʻurtalovchidan yoxud annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda zaruriyat boʻlganda, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish;
ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.
20-modda. Naf oluvchining huquqlari
Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurta tovonini olish haqidagi talab bilan ish beruvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish;
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalovchi va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan sugʻurta tovonini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
ish beruvchidan, sugʻurtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida hamda annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchidan annuitetlar shartnomasi shartlari haqida bepul axborot olish;
xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarayotganda vafot etganligi haqida ish beruvchiga xabar qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish, zarur boʻlgan hollarda kasaba uyushmasi vakillarini yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda ishtirok etish;
ish beruvchidan sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish.
5-bob. Sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
21-modda. Sugʻurtalovchiga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga qoʻyiladigan talablar
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi belgilangan tartibda faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlishi kerak.
Sugʻurtalovchi va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining alohida boʻlinmalariga ega boʻlishi kerak, ular ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi yoki annuitetlar shartnomasini tuzish, ish beruvchilarning va (yoki) jabrlanuvchilarning yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovoni toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish hamda belgilangan tartibda sugʻurta tovonini toʻlash vakolatiga ega boʻlishi lozim.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda raqobatni cheklash yoki bartaraf etish, ayrim sugʻurtalovchilarga va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchilarga boshqalariga nisbatan asossiz imtiyozlar berish yoki olish, ish beruvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
22-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta zaxirasini shakllantirish
Agar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda mazkur sugʻurta turi boʻyicha sugʻurtalovchining daromadlari va xarajatlari orasidagi farq bir yilda ushbu daromadlarning besh foizidan ortiq boʻlsa, ortiqcha summa keyingi yillarda sugʻurta tovonini toʻlash xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun sugʻurtalovchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurta zaxirasini shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Sugʻurtalovchini va annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirish
Sugʻurtalovchini va (yoki) annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
sugʻurtalovchi yoki annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
sugʻurtalovchiga yoki annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchiga nisbatan bankrotlik taomili qoʻllanilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda tugatilganda yoki u bekor qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24-modda. Nizolarni hal etish
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
27-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi tartibi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, 17-moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno.
Ushbu Qonun 17-moddasining ikkinchi qismi qoidalari mazkur Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 17-apreldagi 78 (4741)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-aprel,
OʻRQ-210-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 197-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)