1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATI TUZILMASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari)” Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining agrotexnologiyalar masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining yangi markaziy apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.