1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“ChET EL INVESTITSIYaLARI VA ChET ELLIK INVESTORLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 610-I-sonli “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-maydagi 1052-XII-son “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan ushbu qaror ham amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 1994-yil 25-maydagi 101 (849)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
qonunlarni “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;
Hukumatning qarorlarini “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta qarab chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.