toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
«ChYeT EL INVYeSTISIYaLARI TOʻGʻRISIDA»GI OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonuni «Xalq soʻzi» gazetasining 1998 yil 20 maydagi 100 (1881)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini «Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarning mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qarab chiqishlari hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 5, 128-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 11-12, 285-modda) XXII boʻlimi;
Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 6 mayda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 118-modda) VI boʻlimi;
Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 241-modda) IX boʻlimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998 yil 30 aprel,
610-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 92-modda)