1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Baxolash faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“BAHOLASh FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 22-yanvarda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 27-martda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi 811-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatidir”;
2) 4-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baholash faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) baholovchi tashkilotning qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
3) quyidagi mazmundagi 41, 42 va 43-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“41-modda. Baholovchi tashkilot
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‘lishi;
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining mavjudligi;
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi.
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo‘lishi mumkin.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.
42-modda. Baholovchi
Baholovchi belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi baholash ishlarini o‘tkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan bo‘lsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin.
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
43-modda. Baholovchining yordamchisi
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash to‘g‘risidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo‘shiladi”;
“12-modda. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslar
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslardir.
13-modda. Baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi shartnomaga oid majburiy talablar
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
baholash obyektining nomi;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish muddati;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazgani uchun pul mukofoti miqdori.
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi shart.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.
14-modda. Baholovchi tashkilotning huquqlari
Baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan baholash usullarini mustaqil qo‘llash;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish erkinligi ta’minlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy ta’sir etadigan bo‘lsa, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi;
baholash obyektlarini baholashdan o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan o‘tkazishni rad etish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15-modda. Baholovchi tashkilotning majburiyatlari
Baholovchi tashkilot:
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi;
baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani, baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ko‘rsatishi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan, xolisona baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida o‘zining ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar berishi;
buyurtmachining so‘rovnomasiga ko‘ra baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari haqida axborot taqdim etishi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida aniqlangan zarar yetkazilganligi, shuningdek qonun hujjatlarining boshqacha tarzda buzilganligi faktlari to‘g‘risida baholash obyekti mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;
baholash to‘g‘risidagi hisobotning nusxasi uch yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida buyurtmachidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
baholovchilarning har yili malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o‘qishini ta’minlashi;
baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalarining so‘rovnomasiga ko‘ra axborot taqdim etishi shart.
Baholovchi tashkilotning zimmasida qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin”;
5) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to‘ldirilsin:
“151-modda. Baholovchi tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha professional xizmatlar
Baholovchi tashkilot quyidagi qo‘shimcha professional xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qo‘shimcha professional xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin”;
6) 16 va 17-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16-modda. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
baholovchi tashkilot va (yoki) baholovchi buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori bo‘lsa;
baholovchi tashkilotning va (yoki) baholovchining baholash obyektida mulkiy manfaati bo‘lsa;
baholovchi baholash obyektida mulkiy manfaati bo‘lgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik yoki qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik munosabatlarida bo‘lsa.
17-modda. Baholash to‘g‘risidagi hisobot mazmuniga oid talablar
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish natijalari baholash to‘g‘risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
baholash to‘g‘risidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asos;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholovchi tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazgan baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
baholash obyektining uning qiymatini aniqlash sanasidagiga aynan identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda foydalanilgan ma’lumotlarning mazkur ma’lumotlar olingan manbalar ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
baholash obyektini baholashdan o‘tkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qo‘llanish chegaralari;
baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
baholovchi tashkilot foydalanadigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar ro‘yxati.
Agar baholash obyektini baholash bir nechta baholovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash jarayonida ular tomonidan bajarilgan ish baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatiladi.
Agar baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat aniqlangan bo‘lsa, baholash to‘g‘risidagi hisobotda bahoni aniqlash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan voz kechish sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash obyekti qiymatini asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Baholash obyektlarining ayrim turlarini baholashdan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning maxsus shakllari nazarda tutilishi mumkin.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning har bir beti baholash obyektini baholashdan o‘tkazgan baholovchi (baholovchilar) tomonidan imzolanadi, hisobot baholovchi tashkilot rahbarining imzosi, mazkur tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi va buyurtmachiga topshiriladi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot har xil sharhlashga yo‘l qo‘ymasligi yoki chalg‘itmasligi kerak”;
7) quyidagi mazmundagi 181-modda bilan to‘ldirilsin:
“181-modda. Baholash to‘g‘risidagi hisobotning nizoliligi
Zarur bo‘lgan holda, baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini tekshirish uchun mazkur hisobot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa baholovchi tashkilot tomonidan shartnoma asosida ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ekspertiza o‘tkazayotgan baholovchi tashkilotning ekspert xulosasida baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi haqidagi xolisona fikr bo‘lishi kerak. Bunda mazkur tashkilot takroriy baholashni o‘tkazishga va baholash obyektining qiymati to‘g‘risida ekspert xulosasini chiqarishga haqli emas.
Baholovchi tashkilotni ilgari o‘zi bajargan baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Buyurtmachi baholash to‘g‘risidagi hisobot ishonchliligi to‘g‘risida olingan ekspert xulosasiga rozi bo‘lmagan taqdirda, nizo sudda ko‘rib chiqilishi kerak.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish materiallarini nizoli hollarda ekspertizadan o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspert komissiyasi tuziladi.
Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining mazkur materiallarning ishonchliligini aniqlashga doir xulosasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat sud ajrimiga ko‘ra tayyorlanadi. Baholash to‘g‘risidagi hisobot sud tomonidan ishonchli emas deb topilganda baholash obyektini baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasi sudning ajrimiga ko‘ra baholash obyektini takroriy baholashdan o‘tkazadi va baholash obyektining qiymati to‘g‘risidagi xulosasini sudga taqdim etadi”;
“19-modda. Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
Baholovchi baholash obyektini baholashni sifatsiz o‘tkazganligi yoki lozim darajada o‘tkazmaganligi, maxfiy ma’lumotlarni oshkor etganligi natijasida yetkazilgan zarar yoki baholovchi tashkilotning zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
20-modda. Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
Baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
21-modda. Baholovchi tashkilotlarning va baholovchilarning birlashmalari
Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birlashishi mumkin”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2009-yil 10-apreldagi 73 (4736)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-aprel,
O‘RQ-208-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 178-modda)