1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGINING “TURKISTON” DAVLAT UNITAR KORXONASINI TUGATISh VA QIShLOQ XOʻJALIGI YERLARIDAN YaNADA SAMARALI FOYDALANIShNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Toshkent viloyatining yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Turkiston” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Turkiston” DUK deb ataladi) tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Turkiston” DUKni tugatish komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tugatish komissiyasi (Musayev D.O.):
“Turkiston” DUKni tugatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin;
kreditorlarni aniqlasin va tugatish paytida hosil boʻlgan kreditorlik qarzlar qaytarilishini taʼminlasin;
debitorlik qarzlar undirilishini taʼminlasin;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga sotiladigan va mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladigan mol-mulk roʻyxatini aniqlasin;
mol-mulk ustun darajada tugatilayotgan unitar korxona hududida tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga sotilishini nazarda tutsin;
ixtisoslashtirilgan chorvachilik fermalarini mulkiy kompleks sifatida sotishni nazarda tutsin;
tugatish davrida “Turkiston” DUK mol-mulki saqlanishini taʼminlasin;
oraliq tugatish balansi va tugatish balansini tasdiqlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-dekabrdagi 302-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
tugatilayotgan “Turkiston” DUKning yer maydonlarini;
tugatish komissiyasining qarori asosida — ijtimoiy infratuzilma va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (bolalar bogʻchasi, maktab, avtomobil yoʻli, elektr uzatish liniyalari va transformator qurilmalari va boshqalarni) belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimligiga bersin.
7. Toshkent viloyati hokimligi tugatilayotgan “Turkiston” DUK hududida fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun talabgorlar orasida ochiq va oshkora tanlovlar oʻtkazsin, gʻoliblarni aniqlashda ijtimoiy adolat, xolislik va ochiq-oshkoralik tamoyillariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
Qarorning ushbu bandi bajarilishi toʻgʻrisida 2009-yil 1-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
8. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tugatish komissiyasi bilan birgalikda tugatilayotgan “Turkiston” DUK mol-mulkidan samarali foydalanishni hamda uning binolari va inshootlari bazasida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatadigan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda “Turkiston” DUKning boʻshab qolayotgan xodimlarini ishga joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-aprel,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-apreldagi 99-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Turkiston” davlat unitar korxonasini tugatish komissiyasi
TARKIBI
Musayev D.O.
—
Davlat mulki qoʻmitasi raisi, komissiya raisi
Salomov F.I.
—
Mudofaa vazirining oʻrinbosari — moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari
Abdullayev S.S.
—
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
Komissiya aʼzolari:
Nabixanov S.X.
—
Davlat mulki qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi
Nazarov A.A.
—
Toshkent viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi
Musashayxov L.T.
—
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi
Umarxanov B.X.
—
Toshkent viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi
Boʻribekov Sh.
—
Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi
Maxamadjanov Sh.Y.
—
Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
Gazizov R.N.
—
Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
Muratov D.Sh.
—
Mudofaa vazirligi xizmati boshligʻi
Karimberdiyeva V.U.
—
“Savdogarbank”ning Qibray filiali boshqaruvchisi
Kamalov M.R.
—
“Turkiston” DUK direktori vazifasini bajaruvchi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 184-modda)