1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
AVIATSIYA ISHLARIGA MANSUB XIZMATLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda 1924-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda)ning 94-moddasiga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
1. Aviatsiya ishlariga mansub xizmatlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-fevral,
13-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 12-fevraldagi 13-sonli buyrugʻiga ILOVA
Ushbu guruhga kiradigan aviatsiya ishlari turlarining roʻyxati
1
2
3
1.
Moddalarni va biologik obyektlarni sepish
— qishloq xoʻjalik maydonlariga va qishloq xoʻjalik ekinlariga ishlov berish
— inson va hayvonlarning parazitlari va kasallik tarqatuvchilari bilan kurashish
— yerlarni rekultivatsiya qilish va chang yer yuzalarini qotirish
— tuproqni va yopiq suv havzalarini zararsizlantirish
— neft koʻloblari bilan kurashish
— oʻrmon va yaylovlar yongʻini bilan kurashish
— turar joy va sanoat obyektlarida yongʻinni oʻchirish
— qor va muz erishini tartibga solish
— yogʻinlar chaqirish ishlari
2.
Havodan suratga olish, kuzatish va patrullik qilish
— qidiruv-suratga olish ishlari
— aerosuratga olish parvozlari
— aerovizual parvozlar
— aerofotosuratga olish ishlari
3.
Qurilish-montaj ishlari
— balandlikda qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlarini taʼminlash ishlari
4.
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatish va sanitariya tadbirlarini amalga oshirishga doir parvozlar
5.
Borish qiyin boʻlgan joylarga odamlar va yuklarni yetkazish
— turli ekspeditsiyalar, ilmiy va xoʻjalik tashkilotlariga aloqa qilish, buyurtmachining yoʻlovchilari, yuk va jihozlarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatish
— borish qiyin boʻlgan joylarga odamlar va yuklarni yetkazish
6.
Parashutchilar desantini tashish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 137-modda)