1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-son Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Davlat bojining quyidagi stavkalari belgilansin:
advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;
advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni, shuningdek yuridik maslahatxonalar toʻgʻrisidagi nizomlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun — mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshida koʻrsatilgan stavkalarning 20 foizi miqdorida;
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida.
3. Belgilansinki, advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxslar ularning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalari koʻrib chiqilganligi uchun tegishli adliya organlariga eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlaydilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-son Qonunining 7-moddasiga muvofiq, 2009-yilning 1-yanvarigacha faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalari, shuningdek ularda ishlayotgan advokatlar 2009-yilning 1-iyuligacha advokatlik tuzilmalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini, litsenziyalarini hamda advokat maqomlarini koʻrsatib oʻtilgan Qonunga muvofiqlashtirishi majburiyligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi va Palataning hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuzishni;
2009-yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda amaldagi advokatlik tuzilmalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni, ularda ishlayotgan advokatlar tomonidan malaka imtihonlari qayta topshirilishini, ularga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi yangi namunadagi litsenziyalar va advokat guvohnomalari berilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Palataning hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari tarkibiga kiritilgan advokatlarga malaka imtihonlari topshirmasdan advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
5. Faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalari va ularda ishlayotgan advokatlar mazkur qarorga muvofiq tegishli ravishda advokatlik tuzilmalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar berishda davlat bojlari va yigʻimlari toʻlashdan ozod qilinsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 12-modda);
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2003-yil 5-noyabrdagi 485-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 109-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-mart,
60-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qaroriga 1-ILOVA
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb ataladi) qarorlari asosida beriladi.
3. Litsenziya olish uchun advokat maqomini olishga talabgor shaxs (keyingi oʻrinlarda talabgor deb ataladi) yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida olti oy stajirovka oʻtagan boʻlishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan advokatlik guvohnomasi advokatning maqomini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
4. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
6. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Advokatlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
qonun hujjatlari talablariga, Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etish;
advokatga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda taqiqlanmagan vositalar va usullardan foydalanish;
qonunda nazarda tutilgan hollarda tayinlov asosida jinoiy ishlarni koʻrib chiqishda qatnashish;
har uch yilda kamida bir marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda familiyasi, ismi, otasining ismi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining maʼlumotlari koʻrsatiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi;
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
11. Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar masʼul shaxs tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
12. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Arizani koʻrib chiqish uchun undirilgan yigʻim summasi adliya organi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Alohida hollarda, kelib tushgan hujjatlar qoʻshimcha, shu jumladan, mustaqil ekspertizadan oʻtkazilganda adliya organi rahbari yoki uning oʻrinbosari ushbu muddatni uzaytirishi, biroq 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
14. Talabgorning arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish natijalariga koʻra adliya organi litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va talabgorni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
15. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma talabgorga yozma shaklda bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya talabgor davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan keyin ikki kun muddatda beriladi.
Agar talabgor litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmasa adliya organi litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
16. Litsenziya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda adliya organi rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmasiga binoan bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Litsenziya blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Litsenziyani bergan adliya organlari tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha litsenziyalar reyestrlari yuritiladi.
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tarafida betlar soni, daftarni yuritish sanasi (yil, kun, oy) koʻrsatiladi va adliya organi rahbarining muhri va imzosi qoʻyiladi.
17. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etishi mumkin:
talabgor malaka imtihonini topshirgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin malaka imtihonini qayta topshirmasdan murojaat qilsa;
hujjatlarning toʻliq roʻyxatini topshirmasa yoki ularni nomuvofiq ravishda rasmiylashtirsa;
yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish staji boʻlmasa, shuningdek advokatlik tuzilmasida kamida olti oylik stajirovkadan oʻtmagan boʻlsa;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda haqiqat boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlsa;
litsenziyasining amal qilish muddati tugagan shaxs qonunga muvofiq talabgor boʻlishi mumkin boʻlmagan uch yillik muddat oʻtmagan boʻlsa.
Litsenziya berishni boshqa sabablarga koʻra, jumladan maqsadga muvofiq emas deb hisoblash sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
18. Litsenziyani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga yozma ravishda va rad etish sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Agar talabgor litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, hujjatlar adliya organi tomonidan talabgorning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi.
19. Talabgor adliya organining litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatlarini berish
20. Talabgorning (advokatning) familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda u bir oy muddatda litsenziya bergan adliya organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni va litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan xolda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgungacha advokatlik faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
21. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga talabgor (advokat)ning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini olish uchun talabgor (advokat) litsenziya bergan adliya organiga familiyasi, ismi va otasining ismini hamda litsenziya dublikatini berish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda litsenziya dublikatini berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
22. Litsenziya dublikatini berishda va litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi adliya organining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatini berish talabgor (advokat) arizasi olingan kundan boshlab uch kun muddatda amalga oshiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
23. Advokatga guvohnoma bergan adliya organlari advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Adliya organi advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, adliya organi advokatga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻaydi.
24. Advokatga nisbatan intizomiy ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, malaka komissiyasining qaroriga asosan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin.
25. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida, advokat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, ushbu advokatga guvohnoma bergan adliya organiga aniqlangan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar beradilar.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish
26. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar;
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan).
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol bundan mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
27. Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;
agar talabgor litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;
“Advokatura toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasi oltinchi qismida va 131-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
kasbiga doir vazifalarini uch oy ichida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
advokat Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotganda;
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishi sud qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
28. Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror, tegishli ravishda advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
30. Adliya organlari litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi buyruq chiqqan kundan boshlab uch kun muddatda bu toʻgʻrisida advokat maqomi toʻxtatib turilgan yoki toʻxtatilgan shaxsni yozma ravishda xabardor qiladi.
31. Litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi axborot, advokatga guvohnoma bergan adliya organi tomonidan litsenziyalar reyestriga maʼlumotlar kiritish uchun litsenziya bergan adliya organiga yuboriladi.
Advokatga guvohnoma bergan adliya organi advokat maqomi toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻgʻrisida sud-tergov organlariga maʼlumot uchun xabar beradi.
VIII. Yakuniy qoida
32. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
LITSENZIYA
____________________________________________________ ga berildi.
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ushbu litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga advokat maqomini olish huquqini beradi.
Ushbu litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmagan.
Litsenziyani bergan adliya organi _____________________________________
Litsenziya berilgan sana 20__ yil “____” _______________
Litsenziyalar reyestri boʻyicha tartib raqami ____________________________
M.Oʻ. ________________
____________________________________________
(imzo)
(Litsenziyani bergan adliya organi rahbari F.I.O.)
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_________________________ hududida advokatlik faoliyati bilan
shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning
DAVLAT REESTRI
Tartib raqami
Litsenziya olgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi
Litsenziya olgan fuqaroning yashash joyi (litsenziya olish paytida)
Litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Litsenziyaning amal qilish muddatini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
1
2
3
4
5
6
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazish deb ataladi) hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olish (keyingi oʻrinlarda hisobga olish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarining muassislari advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) ega boʻlgan, advokat sifatida qasamyod qabul qilgan shaxslar va advokatlar boʻlishi mumkin, yuridik maslahatxonalar muassislari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) boʻlishi mumkin.
II. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etiladigan hujjatlar
5. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
muassis tomonidan (boshqa muassislar tomonidan buning uchun vakolat berilgan muassislardan biri tomonidan) imzolangan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
advokatlik firmasi yoki advokatlar hayʼatini tashkil etish toʻgʻrisidagi, ularning muassislari toʻgʻrisidagi, ularning ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi, rahbarlik organlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi (advokatlik firmalari yoki advokatlar hayʼatlari uchun) maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan taʼsis yigʻilishining protokoli;
taʼsis hujjatlarining davlat tilidagi, notarial tasdiqlangan ikkita asl nusxasi;
malaka komissiyalarining advokatning qasamyodini muassislar qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar;
6. Ustav advokatlik byurosi va advokatlik firmasining, ustav va taʼsis shartnomasi esa — advokatlar hayʼatining taʼsis hujjatlari hisoblanadi.
Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatining ustavi ularning muassislari tomonidan tasdiqlanadi, advokatlar hayʼatining taʼsis shartnomasi esa uning muassislari bilan tuziladi.
“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq advokatlar hayʼatlaridagi aʼzolar soni oʻn nafardan kam boʻlishi mumkin emas.
7. Hisobga olish uchun adliya organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tegishli hududiy boshqarmaning rahbari tomonidan imzolangan, yuridik maslahatxona tashkil etish zarurati asoslari aks ettirgan hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza;
hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatxona tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizomning notarial tasdiqlangan ikkita asl nusxasi;
Advokatlik tuzilmalarini roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
10. Arizani barcha zarur hujjatlar bilan birga koʻrib chiqish yakunlariga koʻra adliya organi roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisida yoki roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va ariza beruvchini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi qaror adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
11. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati boʻyicha advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda quyidagilar beriladi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
adliya organining muhri bilan tasdiqlangan, “roʻyxatdan oʻtkazilgan” belgisi qoʻyilgan taʼsis hujjatlari;
ikki nusxada muhr va shtamp namunalari eskizi, agar mavjud boʻlsa — emblemasi va boshqa ramzlari ham, “tasdiqlangan” belgisi bilan.
12. Ariza beruvchining bildirishnoma olgandan keyin murojaati boʻyicha hisobga qoʻyilganda hududiy boshqarmaga quyidagilar beriladi:
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizom, “hisobga qoʻyildi” belgisi bilan;
muhr va shtamp namunalarining eskizlari, “tasdiqlangan” belgisi bilan.
13. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi guvohnomalarning blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Guvohnomalarning blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Guvohnomalar blankalarini saqlash va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
14. Adliya organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni berish bilan bir vaqtda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha advokatlik tuzilmalarining tegishli reyestrlariga kiritiladi.
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlar soni, daftar yuritilib boshlangan sanasi (yil, kun, oy) koʻrsatiladi, muhr, adliya organi rahbarining imzosi qoʻyiladi.
roʻyxatdagi hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa yoki ular lozim tartibda rasmiylashtirilmasa;
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza muassislar litsenziya olgan kundan boshlab uch oy muddat oʻtgandan keyin topshirilsa, agar ular advokat maqomiga ega boʻlmasalar;
taʼsis hujjatlari qonunchilikka toʻgʻri kelmasa;
agar roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida (nizomlarda) haqiqiy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan boʻlsa.
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini tashkil etishning maqsadga muvofiq emasligi sababli roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Ushbu Nizomning 15-bandi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan holatda roʻyxatdan oʻtishni rad etish bilan bir vaqtda adliya organi tomonidan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish haqida qaror qabul qilinadi.
17. Roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga yozma ravishda va rad etish sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi), agar sabablar bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa.
Agar ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar adliya organi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza topshirilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda, hisobga olish boʻyicha hujjatlar esa — besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi.
18. Ariza beruvchi adliya organining roʻyxatdan oʻtkazishni (hisobga olishni) rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
19. Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati bankda hisob raqami ochganidan keyin bir hafta muddatda oʻzi joylashgan hududdagi davlat statistika organlarida va davlat soliq xizmati organlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi kerak.
IV. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish
20. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga (nizomlariga) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari qayta tashkil etilganda roʻyxatdan oʻtkazgan (hisobga olgan) adliya organiga yetti kun muddatda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati vakolatli organlarining taʼsis hujjatlariga (advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari uchun) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;
hududiy boshqarma rahbarining yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (yuridik maslahatxonalar uchun);
ustavga va (yoki) taʼsis shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatining muhri qoʻyilgan ikki nusxadagi matni (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati uchun);
yuridik maslahatxona toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalarning uni tashkil etgan hududiy boshqarma muhri qoʻyilgan ikki nusxadagi matni (yuridik maslahatxonalar uchun);
nom oʻzgartirilganda — roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash nomlar yoʻq ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek ikki nusxada yangi shtamp va muhr namunalarining eskizlari;
belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida bankning toʻlov hujjati;
advokatlik tuzilmasini ajratib chiqarish yoki qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil qilinganda — qayta tashkil qilinayotgan advokatlik tuzilmasining barcha kreditorlar va qarzdorlar oldidagi barcha majburiyatlar boʻyicha, jumladan taraflar oʻrtasidagi daʼvolashayotgan majburiyatlar yuzasidan huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan boʻlish balansi yoki topshirish dalolatnomasi, shuningdek qoʻshilayotgan advokatlik tuzilmasining roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasining asl nusxasi, muhri va shtampi.
21. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga (nizomlariga) kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur advokatlik tuzilmalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) tartibda va muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
22. Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga (“Qoʻshimcha maʼlumotlar” ustuniga) kiritiladi.
23. Pochta manzili oʻzgarganda advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hayʼatlari va yuridik maslahatxonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalar oʻn kun muddatda roʻyxatdan oʻtkazgan (hisobga olgan) adliya organini bu haqda xabardor qilishi shart. Bunda davlat boji undirilmaydi. Adliya organlari bildirishnomani olgan vaqtdan boshlab ikki kun muddatda bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida davlat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga xabar beradilar.
V. Advokatlik tuzilmalarining faoliyatini nazorat qilish
24. Adliya organlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar sifatida advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustavdagi faoliyatga, qayta tashkil qilish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Yuridik maslahatxonalar faoliyatida qonunbuzarliklar aniqlanganda taqdimnomalar adliya organlari tomonidan ushbu yuridik maslahatxonalarni tashkil etgan hududiy boshqarmalarga kiritiladi.
25. Roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga olish) tartibi buzilganda, shuningdek taʼsis hujjatlarining talablariga rioya etilmaganda adliya organi advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati va tegishli hududiy boshqarmadan xoʻjalik sudi orqali eng kam oylik ish haqining 200 barobarigacha miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
Jarima Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishda adliya organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Agar advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati jarima undirilgandan keyin qonunchilikni va taʼsis hujjatlari talablarini buzishda davom etsalar adliya organi xoʻjalik sudiga ularni tugatish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqlidir.
26. Advokatlik tuzilmalari oʻz faoliyati natijalarini hisobga olib boradilar va tegishli hududiy boshqarmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan shakl boʻyicha va muddatda statistik maʼlumotlar taqdim etadilar.
VI. Advokatlik tuzilmalarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish
27. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini qayta tashkil qilish ularning muassislari (sheriklari, aʼzolari) qaroriga binoan amalga oshiriladi.
28. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini tugatish ularning muassislari (sheriklari, aʼzolari) yoki xoʻjalik sudi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Advokatlik byurosining muassisi boʻlgan advokatning litsenziyasi amal qilishining tugatilishi adliya organining daʼvo arizasiga koʻra ushbu advokatlik byurosining tugatilishiga olib keladi.
29. Yuridik maslahatxonalar faoliyatini toʻxtatish ularni tashkil etgan hududiy boshqarmalarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
30. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini qayta tashkil qilish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini qayta tashkil qilish va tugatish hamda yuridik maslahatxonalar faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuvlar tegishli adliya organlari tomonidan advokatlik tuzilmalari reyestriga kiritiladi.
VII. Yakuniy qoida
32. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish)