1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTINI YANADA ISLOH QILISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy normani amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini taʼminlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish, advokatlarning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, advokatlik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
1. Advokatura institutini yanada isloh qilish fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har tomonlama taʼminlashga qaratilgan sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Quyidagilar advokatura institutini yanada isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri boʻlgan advokaturaning samarali oʻzini oʻzi boshqaradigan markazlashtirilgan tizimini tashkil qilish;
advokatlikka nomzod shaxslarning malakasiga nisbatan qoʻyilayotgan talablarni kuchaytirish, ularning yuridik soha boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi va advokatlik tuzilmalarida amaliyot oʻtashini belgilash, shuningdek advokatlarning muntazam ravishda kasbga oid malakasini oshirishning majburiyligini joriy qilish;
advokaturani halol va kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan samarali litsenziyalash tizimini tashkil etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
advokatlik tuzilmalarining vakolatlarini aniqlashtirish va huquqiy maqomini belgilab berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-sonli “Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlari tengligini taʼminlash;
huquqshunoslik sohasida maxsus bilimga ega boʻlmagan shaxslarning sud ishida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaslikka qaratilgan taraflar vakilligi institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish;
advokatlar tomonidan kasb etikasi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmi va advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritish tizimini takomillashtirish.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.03.00 Advokatlarning huquq va majburiyatlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
advokatlik tuzilmalari faoliyatini markazlashgan holda muvofiqlashtirib borish;
advokaturani yanada rivojlantirishga, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishda uning obroʻ-eʼtibori va ahamiyatini oshirishga koʻmaklashish;
aholining huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish;
islohotlarning qonunchilik bazasini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonunchilik normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning vakili sifatida qatnashish, shu jumladan sudda hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan boʻlgan munosabatlarda;
advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan taʼqiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish choralarini koʻrish;
advokatlarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil qilish;
respublika tuman va shaharlarida yuridik maslahatxonalar tashkil etish yoʻli bilan aholining yuridik yordamga boʻlgan talabini qondirish;
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam koʻrsatish;
advokatlar tomonidan qonunchilikka va kasb etikasi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari);
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi:
yuridik shaxs maqomiga ega notijorat tashkiloti hisoblanib, oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi;
advokatlarning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmaslik tamoyili asosida faoliyat koʻrsatadi;
advokatlar tomonidan toʻlanadigan kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda ushbu Farmonni bajarish va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini tuzishning tashkiliy masalalarini hal qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilsin;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga advokatlar tomonidan fuqarolarning ayrim toifalariga koʻrsatilgan huquqiy yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmalariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-may,
PF-3993-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 144-modda)