1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya tashkil etish toʻgʻrisida
Yuk va yoʻlovchilar tashishni optimallashtirish, samaradorligini oshirish va uni maqbullashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari kompleksini jadal rivojlantirish va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, transportda yuk tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 1-ilovaga muvofiq tarkibda Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus deb ataladi) tashkil etilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar]
Respublika yagona uygʻun transport tizimini istiqbolda rivojlantirish kompleks konsepsiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan temir yoʻl, havo, avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
transport tarmoqlari va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal qurish, ularning qatnash imkoniyatlarini oshirish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, harakatdagi tarkibni yangilash uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashish, shuningdek investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama asosda xalqaro transport yoʻlaklarini samarali rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-mart,
57-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-martdagi 57-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi, Maxsus komissiya raisi
Fayzullayev Sh.N.
—
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, Maxsus komissiya raisining oʻrinbosari
Kamolov A.S.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari
Tursunov Yo.E.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Qoʻldoshev A.X.
—
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari
Xayrullayev Sh.Sh.
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Maksumov N.E.
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
Abduvaliyev A.A.
—
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi
Tyan V.N.
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori
Abdullayev M.A.
—
“Oʻzavtoyoʻl” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Djulibekov N.Q.
—
Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi direktori
Uljayev T.E.
—
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi
Ikramov R.X.
—
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi
lavozimiga koʻra
—
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasining raisi
Sidiqnazarov Q.M.
—
Avtomobillarda xalqaro yuk tashuvchilar uyushmasi raisi
Matchanov X.S.
—
Oʻzbekiston xalqaro ekspeditorlar uyushmasi raisi
Salixov F.M.
—
Vazirlar Mahkamasi ATD bosh mutaxassisi, komissiya kotibi
Izoh. Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-martdagi 57-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl, havo, avtomobil va daryo transportining faoliyatini muvofiqlashtirish, yuk va yoʻlovchilar tashishni optimallashtirish, samaradorligini oshirish va uni maqbullashtirish, transport va transport kommunikatsiyalari kompleksini jadal rivojlantirish va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, transportda yuk tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
2. Maxsus komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Maxsus komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
4. Maxsus komissiyaga yuklangan funksiyalarni va uning joriy faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli transport tarmoqlari va boshqa manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibi Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
5. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini har yili tasdiqlanadigan ish rejasiga muvofiq tizimli asosda yigʻilishlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash ishchi guruh, shuningdek manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Respublika yagona uygʻun transport tizimini istiqbolda rivojlantirish kompleks konsepsiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan temir yoʻl, havo, avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar]
transport tarmoqlari va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal qurish, ularning qatnash imkoniyatlarini oshirish va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.04.00 Avtomobil, temir yoʻl va daryo transporti, aloqa va telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik]
transport kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, harakatdagi tarkibni yangilash uchun investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashish, shuningdek investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama asosda xalqaro transport yoʻlaklarini samarali rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
7. Belgilangan vazifalarni bajarish uchun Maxsus komissiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.01 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
temir yoʻl, havo, avtomobil va daryo transportining faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtiradi;
transport va logistika tizimini, tranzit transport yoʻlaklarini muvozanatli rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha transport tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarni, shuningdek transport tarmoqlarida kelishilgan tarif siyosatini oʻtkazish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
III. Maxsus komissiyaning huquq va majburiyatlari
8. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Maxsus komissiya quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan Maxsus komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish;
Maxsus komissiya ishiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislarini jalb etish;
transport tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish va maqbullashtirish, respublika hududida hamda uning tashqarisida yuk va yoʻlovchilar tashish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish.
9. Maxsus komissiya oʻz qarorlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazorat va monitoring olib borishi shart.
IV. Maxsus komissiya faoliyatini tashkil etish
10. Maxsus komissiyaga rais boshchilik qiladi, rais uning ishiga rahbarlik qiladi, Maxsus komissiyaning ish rejasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
11. Maxsus komissiya yigʻilishlari ish rejasiga muvofiq yoxud zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Maxsus komissiya yigʻilishlarini rais olib boradi, u joyida boʻlmagan taqdirda Maxsus komissiya raisining oʻrinbosari olib boradi.
12. Maxsus komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi xabar, shuningdek yigʻilish materiallari Maxsus komissiya aʼzolariga yigʻilishdan kamida ikki kun oldin yuboriladi.
13. Maxsus komissiyaning uzrli sabablarga koʻra yigʻilishda qatnashmagan aʼzolari oʻrniga ularning vakolatli vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
14. Maxsus komissiya kotibi ishchi guruh bilan birgalikda yigʻilish materiallarini protokol loyihasi bilan birga Maxsus komissiya aʼzolariga, zaruriyat boʻlganda yigʻilishga taklif etilgan boshqa shaxslarga ham yetkazilishini taʼminlaydi.
15. Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bunda uning aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashishi shart. Maxsus komissiya aʼzolarining ovozi teng boʻlib qolganda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
16. Maxsus komissiyaning qarorlari Maxsus komissiya yigʻilishining protokollari bilan rasmiylashtiriladi. Yigʻilish protokoli Maxsus komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan vizalanadi, kotib tomonidan imzolanadi va rais tomonidan tasdiqlanadi hamda bir hafta muddat Maxsus komissiya aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi. Protokolni vizalashda Maxsus komissiya aʼzolari protokolga oʻzlarining alohida fikrlarini ilova qilishlari mumkin.
17. Alohida hollarda Maxsus komissiyaning ayrim masalalar boʻyicha qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
18. Maxsus komissiya muntazam ravishda oʻz yigʻilishlarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini koʻrib chiqadi.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
19. Maxsus komissiya protokolining asl nusxasi va unga oid materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentida saqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
navbatdagi davr uchun Maxsus komissiya ish rejasining loyihasini tayyorlaydi;
Maxsus komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi va unga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan hamda Maxsus komissiya aʼzolaridan zarur materiallar va ekspert xulosalari olish huquqi beriladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Maxsus komissiya yigʻilishlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Maxsus komissiya koʻrib chiqishi uchun axborot va tahliliy materiallarni taqdim etadi;
Maxsus komissiya qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
materiallarni tayyorlash va Maxsus komissiya yigʻilishlarini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh ishlarini tashkil etadi;
Maxsus komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoring olib boradi va uning natijalarini koʻrib chiqish uchun Maxsus komissiya yigʻilishlariga kiritadi;
Maxsus komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni Maxsus komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 110-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)