1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.05 Transfer-agent;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-yanvar,
2009-05-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisida
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 61-modda) qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini shakllantirish tartibini oʻrnatadi.
Mazkur Nizom talablari aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibiga tatbiq qilinadi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
anketa maʼlumotlari — roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan maʼlumotlar;
qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlmagan holda boshqa shaxsning (qimmatli qogʻozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning) topshirigʻiga binoan qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi depozitariy;
qimmatli qogʻozlar egalari reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlarning nomi, miqdori, nominal qiymati va toifasi, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxati;
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisida topshiriqnoma — topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga berilgan koʻrsatmani oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining soʻrovnomasi (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) — reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga qimmatli qogʻozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qogʻozlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisida nominal saqlovchiga berilgan koʻrsatmani oʻz ichiga oluvchi hujjat;
qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati — qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlarini, egasiga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning turi, tipi va sonini, shuningdek qimmatli qogʻozlarga yuklatishlar faktlariga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan, belgilangan sanaga shakllantirilgan hujjat;
qimmatli qogʻozlar egasi — qimmatli qogʻozlar oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
depozitariyning operatsiya kuni — depozitariy Reglamentida belgilangan depozitariyning ish kunidagi depozitar operatsiyalarni bajarish vaqti;
fond bozorida elektron hujjat aylanishi tizimi (keyingi oʻrinlarda — EHA tizimi) — bozor ishtirokchilari oʻrtasida elektron hujjatlarni shakllantirish, joʻnatish va qabul qilish, qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi, elektron hujjatlarni (axborotni) almashish uchun qoʻllaniladigan har bir qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining dasturiy-texnik vositalari majmui;
transfer-agent — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish boʻyicha emitentga xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
2. Reyestr yuritish tizimi markaziy roʻyxatga oluvchi funksiyasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy) va nominal saqlovchi hisoblangan depozitariylarning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yigʻindisidir.
3. Reyestr yuritish tizimida qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oluvchiga oʻtishi qimmatli qogʻozlar egalarining Markaziy depozitariy va depozitariylardagi depo hisobvaraqlari boʻyicha depozitar operatsiyalarni oʻtkazish yoʻli bilan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi. Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oluvchiga oʻtadi.
emitent va u tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlari, ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning soni, nominal qiymati, turi, shuningdek qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va ishlov berish yoʻli bilan Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
5. Reyestr emitentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobini amalga oshiruvchi depozitariylarning operatsiya kuni yakunida qimmatli qogʻozlar egalarining depo hisobvaraqlari holati boʻyicha reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga shakllantiriladi.
emitentning tashkiliy-huquqiy shakli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va organi, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi, MFO kodi, talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻining raqami (milliy valyutadagi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi;
mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari;
ustav kapitali, chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni, qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati;
toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon, faks;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va organi, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi, milliy va chet el valyutalaridagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari raqami, MFO kodi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi;
mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari;
v) emitentning qimmatli qogʻozlari chiqarilishlari toʻgʻrisidagi axborot:
chiqarilish(lar)ning davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi, roʻyxatdan oʻtkazish organi, chiqarilish(lar)ning tartib raqami, qimmatli qogʻozlarning turi va tipi, Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi boʻyicha qimmatli qogʻoz kodi, chiqarilishdagi umumiy son;
g) emitentning qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi axborot:
Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi boʻyicha qimmatli qogʻoz kodi, qimmatli qogʻozlarning turi va tipi, qimmatli qogʻozlar har bir turi va tipining umumiy soni, joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar soni, emissiya hisobvaragʻidagi joylashtirilmagan va qimmatli qogʻozlar emitentining ixtiyoriga kelib tushgan qimmatli qogʻozlar qoldigʻi;
d) qimmatli qogʻozlar egasi toʻgʻrisidagi axborot:
Deponentlarning yagona bazasidagi egasining kodi, qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlari, qimmatli qogʻozlarning (tipi boʻyicha taqsimlangan holdagi) soni, qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari;
ustav fondidagi ulushi va ovozlar soni (aksiyalar uchun).
7. Qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, sharifi (oxirgisi mavjud boʻlgan taqdirda), shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ, roʻyxatdan oʻtgan yashash manzili va turar manzili, shuningdek STIR kodi va bank rekvizitlari (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning toʻliq nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi, roʻyxatga olishni amalga oshirgan organ nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va KTUT kodi (rezident uchun), uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari.
8. Reyestrda qimmatli qogʻozlarning egalari toʻgʻrisidagi axborot:
yuridik shaxslar;
jismoniy shaxslar;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar guruhlariga ajratilgan boʻlishi kerak;
9. Qimmatli qogʻozlar egasi yoki nominal saqlovchining reyestrni yuritish tizimidagi roʻyxatga olish raqami uning Deponentlar yagona bazasidagi kodi hisoblanadi.
10. “Oltin aksiya”ni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyatining reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
11. Emitent toʻgʻrisidagi, emitent qimmatli qogʻozlarining chiqarilishlari, Markaziy depozitariy va qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlar (qimmatli qogʻozlar egalarining manzillari va bank rekvizitlaridan tashqari) reyestrga Markaziy depozitariyning hisob registrlaridan kiritiladi.
12. Egalariga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning soni, turi, tipi va qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar egalarining manzillari va bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotlar reyestrga ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi depozitariylarning (Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilarning) hisob registrlaridan kiritiladi.
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma;
Markaziy depozitariyning soʻrovi;
qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxatlari;
reyestr;
qabul qilingan topshiriqnomalar va soʻrovlar, shuningdek berilgan reyestrlarning hisobi qayd etiluvchi jurnallar.
14. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilarning oʻzaro hamkorligi depozitar shartnoma va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilarning qimmatli qogʻozlarning egasi bilan oʻzaro hamkorligi depozitar shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻrovnomasi boʻyicha reyestrni shakllantirish soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatlarda, topshiriqnoma tuzilmasdan amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻrovnomasi boʻyicha reyestrni shakllantirish va taqdim etishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma topshiriqnomani yuborgan tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
19. Emitentning ijroiya organi nomidan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani vakolatli shaxslar imzolari namunalari bilan emitentning emissiya hisobvaragʻining notarial tasdiqlangan kartochkasi mavjud boʻlgan taqdirda Markaziy depozitariy tekshirish va bajarish uchun qabul qiladi.
20. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun aksiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan uch ish kunidan kechiktirilmasdan taqdim etiladi (yuboriladi) va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi;
umumiy yigʻilishning yillik yoki navbatdan tashqari ekanligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi.
21. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa korporativ harakatlarni amalga oshirish maqsadida aksiyalar egalari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak boʻlgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
22. Korporativ obligatsiyalar reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak boʻlgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
obligatsiyalarning tipi va chiqarilishning tartib raqami;
reyestrni shakllantirish sanasi.
23. Mazkur Nizomning 20—22-bandlarida nazarda tutilmagan holatlarda reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak boʻlgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
reyestrni shakllantirish sanasi.
24. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani qabul qilganidan soʻng, Markaziy depozitariy quyidagilarga tekshirishni amalga oshiradi:
topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini notarial tasdiqlangan kartochkada koʻrsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiqligi;
25. Quyidagi holatlarda Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirishni rad etadi:
topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini notarial tasdiqlangan kartochkada koʻrsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiq kelmagan taqdirda;
26. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarishni rad etishi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi. Topshiriqnomani bajarishni rad etish asoslangan, yozma shaklda tuzilgan, Markaziy depozitariyning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
27. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarishni asoslanmagan holda rad etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish rasmiy eʼlon qilingan sanadan oʻttiz kalendar kun oldin;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqini berishga aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish rasmiy eʼlon qilingan sanadan uch kalendar kun oldin;
29. Mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilmagan boshqa holatlarda reyestr emitent ijroiya organining topshiriqnomasiga asosan, kuzatuv kengashining qarori mavjud boʻlgan kuzatuv kengashining bayonnomasidan koʻchirma ilova qilingan holda, shakllantiriladi.
30. Mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladigan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma yoki vakolatli davlat organining soʻrovnomasi reyestrni shakllantirishga asos boʻladi.
31. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida Markaziy depozitariy axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani shakllantiradi va tegishli nominal saqlovchilarga:
agar reyestrni shakllantirish sanasi kelgusi sanaga toʻgʻri kelsa — topshiriqnomada koʻrsatilgan reyestrni shakllantirish sanasidan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan;
agar reyestrni shakllantirish sanasi oʻtgan sanaga toʻgʻri kelsa — emitentning topshiriqnomasi kelib tushgan sanadan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan yuboradi.
32. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqini berishga reyestrni shakllantirish uchun Markaziy depozitariy axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani shakllantiradi va tegishli nominal saqlovchilarga reyestrni shakllantirish sanasidan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan yuboradi.
agar reyestrni shakllantirish sanasi kelgusi sanaga toʻgʻri kelsa — topshiriqnomada koʻrsatilgan reyestrni shakllantirish sanasidan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan;
agar reyestrni shakllantirish sanasi oʻtgan sanaga toʻgʻri kelsa — emitentning topshiriqnomasi kelib tushgan sanadan keyingi ish kuni soat 12 dan kechiktirmasdan yuboradi.
34. Nominal saqlovchilar tomonidan axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
36. Nominal saqlovchi qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan format va tarkib boʻyicha elektron hujjat koʻrinishida taqdim etadi.
37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina barcha nominal saqlovchilardan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxatlari qabul qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.
38. Investitsiya vositachisi mijozlarining unga bitimlar tuzish uchun berilgan qimmatli qogʻozlari, shuningdek u tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar investitsiya vositachisining har bir mijozining identifikatsiya maʼlumotlari, uning qimmatli qogʻozlar soni, turi va tipi koʻrsatilgan holda Markaziy depozitariyda alohida hisobvaraqlarda saqlanadi.
hujjatsiz va Markaziy depozitariyda harakatsizlantirilgan hujjatli qimmatli qogʻozlar boʻyicha topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga Markaziy depozitariy va nominal saqlovchilar hisob registrlaridan qimmatli qogʻozlar egalari depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qogʻozlar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali;
reyestrni shakllantirish sanasiga Markaziy depozitariyda harakatsizlantirilmagan egasi yozilgan hujjatli qimmatli qogʻozlar boʻyicha 2008-yil 22-iyul holatiga shakllantirilgan va emitent tomonidan Markaziy depozitariyga taqdim etilgan reyestr maʼlumotlariga asosan;
reyestrni shakllantirish sanasiga Markaziy depozitariyda harakatsizlantirilmagan egasi yozilmagan hujjatli qimmatli qogʻozlar, shuningdek ilgari hujjatsiz shaklga konvertatsiyalangan qimmatli qogʻozlar emitentning maxsus depo hisobvaragʻida umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Reyestrda emitentning maxsus depo hisobvaragʻida umumlashtirilgan holda aks ettirilgan aksiyalar joylashtirilgan aksiyalar deb hisoblanadi.
40. Nominal saqlovchi tomonidan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Markaziy depozitariy shu haqda bir ish kunidan kechiktirmasdan emitent va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini ogohlantirishi shart.
41. Reyestrni shakllantirishda Markaziy depozitariyning nominal saqlovchilar bilan oʻzaro munosabatlari maʼlumotlarni qabul qilish, topshirish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
42. Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan va undan olingan reyestrga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
43. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga oʻzgartirishlar faqat mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish holatlardagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
44. Qimmatli qogʻozlar egalarining buzilgan huquqlarini tiklash va xatolarni tuzatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga xizmat koʻrsatuvchi depozitariyda egasining depo hisobvaragʻi boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan zaruriy operatsiyalarni oʻtkazish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Markaziy depozitariyning aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqini beruvchi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi ertalab soat 10 gacha kelib tushgan taqdirda — axborotni shu kunning soat 13 ga qadar taqdim etadi;
Markaziy depozitariyning aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqini beruvchi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi ertalab soat 10 dan keyin kelib tushgan taqdirda — axborotni keyingi kunning soat 13 ga qadar taqdim etadi;
boshqa holatlarda — axborotni Markaziy depozitariyning soʻrovnomasi kelib tushganidan soʻng bir ish kuni davomida taqdim etadi.
46. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron hujjat koʻrinishida shakllantiriladi.
47. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va korporativ obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni toʻlash uchun reyestr mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron va qogʻoz hujjat koʻrinishida tegishlicha shakllantiriladi.
48. Elektron hujjat koʻrinishidagi reyestr elektron hujjatlar aylanmasi EHA tizimi yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi.
Qogʻoz hujjat koʻrinishidagi reyestr vakolatli shaxsning yozma soʻrovnomasiga asosan beriladi.
49. Qogʻoz hujjat yoki axborotni elektron tashish moslamadagi elektron hujjat koʻrinishdagi reyestr emitentga yoki uning transfer-agentiga ishonchnoma asosida beriladi, yoki pochta orqali yuboriladi.
50. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida reyestr Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng besh ish kunidan kechiktirmasdan;
qogʻoz hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng yetti ish kunidan kechiktirmasdan.
51. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan jamiyat aksiyalari egalarining reyestri Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan;
qogʻoz hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan.
52. Boshqa holatlarda reyestr Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng besh ish kunidan kechiktirmasdan;
qogʻoz hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng yetti ish kunidan kechiktirmasdan.
53. Reyestrni berish Markaziy depozitariy va emitent oʻrtasida tuzilgan emissiyaviy shartnomada koʻrsatilgan usul bilan amalga oshiriladi.
54. Jamiyatning kuzatuv kengashiga reyestr qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli koʻrsatmasi asosida shakllantirilishi va berilishi mumkin.
55. Reyestrni berish sanasi, reyestrni berish usuli reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni qabul qilish va reyestrni berish jurnalida qayd etiladi. Jurnal xronologik tartibda yuritiladi. Markaziy depozitariy jurnalni qogʻoz ham, elektron koʻrinishlarda ham yuritishi mumkin.
56. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirgan javobgar shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat koʻrinishidagi reyestr elektron pochta yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi.
VI. Emitent, Markaziy depozitariy va nominal saqlovchining majburiyatlari
57. Aksiyadorlik jamiyati boʻlgan emitent qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir oydan kechiktirmasdan Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuzishi va u bilan hamkorlikni taʼminlashi shart:
mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — mazkur Nizom kuchga kirgan sanadan boshlab;
mazkur Nizom kuchga kirganidan soʻng tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab.
58. Emitent oʻz vaqtida Markaziy depozitariyga:
oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili)ning oʻzgarganligi toʻgʻrisida yozma ravishda axborot berishi shart.
60. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida xabardor qilish uchun reyestr shakllantirilganidan soʻng, shuningdek unda qatnashish uchun yigirma kun davomida emitent reyestr bilan tanishganligini tasdiqlovchi oʻzining asosiy muhri bosilgan reyestrning qogʻoz shaklidagi bir nusxasini qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
nominal saqlovchilardan qimmatli qogʻozlar egalari hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni va ularni oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga;
nominal saqlovchilardan qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga haqli.
har hafta, haftaning har birinchi ish kunida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga berilgan reyestrlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishga;
mazkur Nizomda belgilangan tartibda reyestrni shakllantirishni taʼminlashga;
u tomonidan shakllantirilgan reyestrlarni elektron hujjat koʻrinishida doimiy saqlashga;
reyestrlardagi mavjud axborotning maxfiyligini taʼminlashga majbur, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
64. Reyestrni shakllantirish davomida Markaziy depozitariy mazkur Nizom meʼyorlari va nominal saqlovchilar bilan oʻzaro hamkorlik tartibiga rioya etilishiga javobgardir.
65. Markaziy depozitariy reyestrlardagi axborotni monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga, sudlarga, agar bu ularning vakolati doirasida boʻlsa, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻlgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga ularning yozma farmoyishi asosida oshkor qiladi.
emitent tomonidan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan reyestrni shakllantirish va berishning kechiktirilganligiga;
nominal saqlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning toʻgʻriligiga javobgar boʻlmaydi.
Markaziy depozitariyning soʻrovnomasiga binoan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etishga;
Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida unda hisobda turgan qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga oʻzgartirishlar kiritishga;
keyinchalik muomalada boʻlishi va zaruriy hujjatlarni taqdim etilgunga qadar qimmatli qogʻozlar egasining hisobvaragʻidagi harakatni toʻxtatish bilan, Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritishga majbur.
69. Nominal saqlovchi tomonidan reyestrni shakllantirish uchun zarur boʻlgan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etmasligi qonun hujjatlarini qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda unga berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
70. Agar qimmatli qogʻozlar egasi oʻzining anketa maʼlumotlarini oʻzgarganligi toʻgʻrisida va bu haqda oʻz vaqtida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, uning reyestrdagi anketa maʼlumotlari aniqligiga nominal saqlovchi javobgar boʻlmaydi.
71. Markaziy depozitariyga qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etish boʻyicha nominal saqlovchi xarajatlarining qoplanishi ular oʻrtasidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
74. Ushbu Nizom talablariga amal qilinishi boʻyicha nazoratni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
75. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-yanvar
Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
OʻzR MD
Chiquvchi _____________ -son 200__ y. “____” ____________
Emitentning chiqarilishlari boʻyicha axborot:
Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami
Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organi
Chiqarilish raqami
QQ turi
QQ kodi
Chiqarilishdagi soni
JAMI:
Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot: