1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SEMENTGA QOʻShIMChA FOYDA SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1908-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13 va 2008-10-son bilan tasdiqlangan “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
2009-9-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
sementni realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda sementni realizatsiya qilishdagi tushum;
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning baholar darajasi;
qoʻshimcha foyda — sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;
qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻ — soliq solinadigan baza bilan qoʻshimcha foyda soligʻi oʻrtasidagi farq.
3. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi va qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻ, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sement ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
5. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi qoʻshimcha foyda soligʻi, qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
IV. Soliq solinadigan baza
6. Soliq solinadigan baza hisobot davrida qoʻshimcha foyda summasidan kelib chiqib, qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soligʻi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni chegirilib tashlangan holda aniqlanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
10. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
VIII. Qoʻshimcha foyda soligʻi hisobini yuritish tartibi
14. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debeti;
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti”;
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
15. Qoʻshimcha foyda soligʻini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
16. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrida koʻrsatiladi.
IX. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
18. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
_____________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq toʻlovchi _____________________________________________________
(korxona, tashkilotning nomi)
STIR
Telefon ___________________________
Toʻlovchi manzili ___________________________________________________
Hisob-kitob raqami _____________________________________________-son
(bank muassasasi nomi, kodi)
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻi
HISOB-KITOBI
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻlchov birligi
Summasi
Realizatsiya qilingan sement hajmi
010
tonna
Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi
020
ming soʻm
1 tonna sementning hisob-kitob bahosi
030
soʻm
Realizatsiya qilingan sementning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr)
040
ming soʻm
Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr- 040-satr)
050
ming soʻm
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%)
060
ming soʻm
Soliq solinadigan baza (050-satr-060-satr)
070
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi
080
%
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr)
090
ming soʻm
Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi
100
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr- 090-satr)*
110
ming soʻm
Rahbar
________________
_________________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter
________________
_________________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
200__ yil “___”___________________
M.Oʻ.
* Izoh: Korxona ixtiyorida qolgan summa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobida: balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlgan toʻlovchilarning 020-satri; balansida ijtimoiy infratuzilma obyektlari boʻlmagan toʻlovchilarning 010-satri kamayadi.