1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1908-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13 va 2008-10-son bilan tasdiqlangan “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
2009-9-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
1. Ushbu Nizom oq sementga, shuningdek muqobil yoqilgʻi — koʻmirda ishlab chiqarilgan sement va klinkerga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 119-modda)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdagi tushum;
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning (klinkerning) baholar darajasi;
qoʻshimcha foyda — sementni (klinkerni) qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan barcha realizatsiya qilingan sement (klinker) hajmining hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻ — soliq solinadigan baza bilan qoʻshimcha foyda soligʻi oʻrtasidagi farq;
Sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni chegirilib tashlangan hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 119-modda)
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
III. Soliq solish obyekti
5. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi qoʻshimcha foyda soligʻi, qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
6. Hisobot davrida realizatsiya qilingan sementning (klinkerning) barcha hajmi boʻyicha aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
V. Soliq stavkasi
7. Qoʻshimcha foyda soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qarori (roʻyxat raqami 1908-2, 20.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)
9. Hisobot davri oy hisoblanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
10. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga har bir mahsulotning turi boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalari shaklida taqdim etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qarori (roʻyxat raqami 1908-2, 20.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)
13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
VIII. Qoʻshimcha foyda soligʻi hisobini yuritish tartibi
14. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debeti;
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti”;
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
15. Qoʻshimcha foyda soligʻini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
16. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrida koʻrsatiladi.
IX. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
18. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) muvofiq 1-ilova deb hisoblansin — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
Yuridik shaxs shtampi
_____________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga
Soliq toʻlovchi _____________________________________________________
(korxona, tashkilotning nomi)
STIR
Telefon ___________________________
Toʻlovchi manzili ___________________________________________________
Hisob-kitob raqami _____________________________________________-son
Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi
020
ming soʻm
1 tonna sementning hisob-kitob bahosi
030
soʻm
Realizatsiya qilingan sementning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr)
040
ming soʻm
Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr- 040-satr)
050
ming soʻm
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%)
060
ming soʻm
Soliq solinadigan baza (050-satr-060-satr)
070
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi
080
%
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr)
090
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr- 090-satr)*
100
ming soʻm
Rahbar
________________
_______________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter
________________
_______________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
200__ yil “___”___________________
M.Oʻ.
* Izoh: korxona ixtiyorida qolgan summa Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobining 240-satrini kamaytiradi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
Toʻlovchi manzili ____________________________________________________
Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son
(bank muassasasi nomi, kodi)
Klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻi
HISOB-KITOBI
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Oʻlchov birligi
Summasi
Jami realizatsiya qilingan klinker hajmi
010
tonna
Klinkerni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi
020
ming soʻm
1 tonna klinkerning hisob-kitob bahosi
030
soʻm
Realizatsiya qilingan klinkerning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr)
040
ming soʻm
Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr– 040-satr)
050
ming soʻm
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%)
060
ming soʻm
Soliq solinadigan baza (050-satr – 060-satr)
070
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi
080
%
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr)
090
ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr – 090-satr)*
100
ming soʻm
Rahbar ___________
____________________________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
Bosh buxgalter ______________
____________________________
(imzosi)
(F.I.Sh.)
20___ yil “___” _____________
M.Oʻ.
* Izoh: korxona ixtiyorida qolgan summa Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobining 240-satrini kamaytiradi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)