|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
| T/R | Ishlarning nomi | Ishlarning hajmi |
| 2006-yil dekabr — 2008-yil dekabr (Agiin, Akchalak, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin, Kuanish, Gʻarbiy Urgin investitsiya bloklari) | ||
| 1. | Geologiya-qidiruv ishlarining bosh yoʻnalishlarida obyektlarni jadal aniqlash va tayyorlash uchun seysmoprofil qidiruv tarmoqlarini maqbullashtirish. | 1625 pogon km hajmdagi fond saqlash 2D seysmik qidiruvni qayta ishlash va qayta interpretatsiya qilish (Aktumsuk, Agiin, Nasambek, Shaxpaxtin va Akchalak bloklari). |
| 2. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalari tuzilishini oʻrganish. | 768 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil boʻyicha 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Kuanish bloklari). |
| 3. | Assakeaudan egilmasining geologik tuzilishini aniqlash (Shaxpaxtin bloki). | 232 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil boʻyicha 2D seysmik qidirish (Shaxpaxtin bloki). |
| 4. | Barsakelmes bukilmasida geologik tuzilishni oʻrganish va tarkiblarni aniqlash (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari). | 3000 kv.km hajmda gravimagnit qidiruv ishlari (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari). 500 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zontlash). |
| 5. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasini va Shaxpaxtin pogʻonasida istiqbolli obyektlarni qidirish va tayyorlash. | 4687 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Shaxpaxtin bloklari). |
| 6. | Akchalak blokida geologik oʻrganish va tarkiblarni aniqlash. | 413 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv. |
| 7. | Sharqiy Aytuz Tleukuduk, Jiyes, Tedjenkazgan (Agiin bloki), Kartpay (Nasambek bloki), Kubla Assakeaudan, Djel (Shaxpaxtin bloki), Shimoliy Djangizsu (Aktumsuk bloki), Kassarma (Kuanish bloki), Shimoliy Alambek (Akchalak bloki) maydonlarida gaz va kondensat konlarini qidirish. | Umumiy kavlash hajmi 30695 m boʻlgan qidiruv burgʻulash ishlari (10 ta quduq, shu jumladan 6 tasi qurish ishlari bilan II bosqichga oʻtadi). |
| 8. | Gʻarbiy Urgin blokida geologik tuzilishni oʻrganish va tarkiblarni aniqlash. | 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv. |
| T/R | Ishlarning nomi | Ishlarning hajmi |
| 2008-yil dekabr — 2010-yil dekabr (Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin investitsiya bloklari) | ||
| 1. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasida va Shaxpaxtin pogʻonasida istiqbollarni aniqlash. | 1600 pogon km hajmda 2D qidiruv- mukammal seysmik-qidiruv, 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv, umumiy kavlash hajmi 36655 m boʻlgan (8 ta quduq) qidiruv burgʻulash ishlari. 800 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zondlash). |
| 2. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan egilmasida va Shaxpaxtin pogʻonasidagi ochilgan konlarda gaz va kondensat zaxiralarini qoʻshimcha ravishda koʻpaytirish. | Umumiy hajmi 15000 m (5 ta quduq) boʻlgan qidiruv burgʻulash. |
| 2010-yil dekabr — 2011-yil dekabr (Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin investitsiya bloklari) | ||
| 1. | Uglevodorodlar zaxiralarini hisoblab chiqish va geologiya-qidiruv ishlari yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlash. | — |