1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OTA-ONALAR TOMONIDAN BOLALARNING bolalar musiqa va sanʼat MAKTABLARIDA OʻQISHI UCHUN HAQ TOʻLASH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1898]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-dekabr,
46-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-dekabr,
121-son
Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46, 121-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq bolalar (oʻquvchilar)ning (bundan keyingi oʻrinlarda bolalar deb yuritiladi) bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun toʻlanadigan toʻlovning miqdori, uni toʻlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
1. Mazkur Nizom Davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladigan bolalar musiqa va sanʼat maktablariga taalluqlidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
2. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
3. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning taʼlim olishlari uchun toʻlovlar ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) va maktab maʼmuriyati tomonidan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
4. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlov oʻquv yilining (sentabr — may) oylari uchun toʻlanadi. Toʻlovlar har oyda kelgusi oyning 5-sanasidan kechikmasdan toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
5. Bolaning kasalligi davrida (2 haftadan kam boʻlmaganda) bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlov olinmaydi. Bunda, bolaning kasalligi toʻgʻrisida ota-onaning arizasi va davolash muassasasidan yoki hudud shifokoridan olingan maʼlumotnoma taqdim etilishi zarur.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
6. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun amalga oshiriladigan toʻlov bank muassasalariga toʻlanadi va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi bolalar musiqa va sanʼat maktabiga taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
7. Agar toʻlov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, bolalar musiqa va sanʼat maktabiga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
8. Toʻlov bolalar musiqa va sanʼat maktablariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarining hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va tegishli bolalar musiqa va sanʼat maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
9. Agar toʻlov ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan muddatdan ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktabi roʻyxatidan chiqariladi.
10. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqiydigan bolaning taʼlim olishi uchun toʻlanmagan toʻlov bir oy ichida toʻlangan taqdirda, bola mazkur sinfning dasturiy talabini bajargandan soʻng oʻquvchilar safiga qayta tiklanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
11. Mazkur Nizomga muvofiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim olish uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovdan tushgan mablagʻlar maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqituvchilar va konsertmeysterlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
12. Har bir bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish va oʻqituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
13. Komissiya maktab direktori buyrugʻi asosida 5 — 7 kishidan iborat boʻlgan tarkibda tayinlanadi.
Komissiya raisi — bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori.
Komissiya aʼzolari — maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (masʼul kotib), bolalar musiqa va sanʼat maktabining kasaba uyushmasi qoʻmitasining raisi, ikki yetakchi oʻqituvchi va ota-onalar qoʻmitasining ikki vakili.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
14. Komissiyaning asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
a) moliya yilining boshlanishida, zarur hollarda oʻquv yili davomida ota-onalarni bolalarning oʻqishi uchun belgilangan toʻlovdan ozod etish masalasini koʻrib chiqish;
b) oʻquv yilining boshlanishida, shuningdek, zarur hollarda oʻquv yili davomida oylik ustama belgilash boʻyicha oʻqituvchi va konsertmeysterlarning nomzodlarini koʻrib chiqish hamda har oylik ustama belgilash.
16. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga ustama belgilash uchun nomzodlarni koʻrib chiqishda bolalar musiqa va sanʼat maktablarining boʻlim boshliqlari Komissiyaga oʻqituvchi va konsertmeysterlarning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, kasbiy mahorati, oʻqitish sifati va yuksak koʻrsatkichlari, shuningdek oʻquv yili davomida bajarilgan uslubiy ishlari toʻgʻrisida tavsifnomalar taqdim etishlari kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 159-modda) asosan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻquvchilar umumiy sonining (oʻquv yili boshlanishida) 25 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalarning iqtidorli bolalari taʼlim olishlari uchun toʻlovdan ozod etiladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
b) oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma (oilaning kam taʼminlanganligi 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa tayinlashda qoʻllaniladigan mezonlar boʻyicha aniqlanadi);
(19-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
v) oʻquvchining bolalar musiqa va sanʼat maktabi boʻyicha oʻzlashtirish tabeli va fan oʻqituvchisi tomonidan taqdim etilgan tavsifnoma;
(19-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
g) oʻquvchining respublika, viloyat, tuman (shahar) koʻrik-tanlovlari, festivallar, koʻrgazmalardagi ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
20. Toʻlovdan ozod etilgan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati Komissiya tomonidan moliya yilining boshlanishida aniqlanadi va Komissiya qarori bayonnomasi asosida maktab direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
21. Oilaning bir aʼzosiga bir oyda toʻgʻri keladigan jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning bolalarini roʻyxatga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda toʻldirib boriladi.
22. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun belgilangan toʻlovlardan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar ham ozod etiladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
23. Davlat qaramogʻida boʻlgan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning oʻqishi uchun toʻlovdan ozod etishga tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari tomonidan berilgan maʼlumotnomalar asos boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
24. Oʻqish uchun ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar birinchi navbatda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini saqlash xarajatlariga (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno) yoʻnaltiriladi. Tushumlarning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) 40 foizgacha — maktab pedagog xodimlari umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizini qamrab olgan holda oʻqituvchi va konsertmeysterlar bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar shaklida ragʻbatlantirishga, shuningdek oʻquvchilari xalqaro koʻrik-tanlov va festivallarda 1, 2, 3, 4-oʻrinlarni egallagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga tegishincha eng kam oylik ish haqining 10, 9, 8, 7 barobari miqdorida, respublika tanlovlarida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun esa tegishincha eng kam ish haqining 6, 5, 4 barobari miqdorida mukofotlashga;
b) 20 foizgacha — oʻquvchi, oʻqituvchi va konsertmeysterlarni tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari hamda ijodiy maktablardagi mashgʻulotlarga borishi, shuningdek oʻquvchilarning teatr, muzey, konsertlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlarini toʻlashga, maktabda madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga;
v) qolgan mablagʻlar — mavjud kreditorlik qarzlarini qoplashga va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (bino va inshootlarni, mebel, musiqa asboblari va jihozlarni kapital va joriy taʼmirlashga, shuningdek mebel, uskunalar, musiqa asboblari, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlar va boshqa zarur jihozlar sotib olishga).
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2015-yil 8-apreldagi 8-mh, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-2, 28.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 17-son, 212-modda)
25. Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning taqsimlanishi Komissiya qarori asosida maktab direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
26. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning oʻquv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, oʻquv jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan:
80 va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi;
60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 5 foizigacha ustama belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
27. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning kasbiy mahorati uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan:
80 va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 25 foizigacha ustama belgilanadi;
60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
28. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning oʻqishi uchun amalga oshirilgan toʻlov tushumining buxgalteriya hisob-kitobi quyidagicha:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maktablarda — hududiy moliya organining xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi tomonidan;
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktablarda — ularning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
29. Ota-onalar toʻlovining hisoblanishi, tushumi va uning ishlatilishi buxgalteriya hisob-kitobida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya qaydnomalari orqali rasmiylashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
30. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ota-onalar tomonidan toʻlovni amalga oshirish va pedagog xodimlarga belgilanadigan ustamalarning monitoringini olib boradi.
31. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan taʼlim muassasasining rahbari va bosh hisobchisi ota-onalar toʻlovi tushumini maqsadli sarflash boʻyicha javobgar hisoblanadi.
32. Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi, shuningdek, maqsadli saflanishi hamda pedagog va konsertmeysterlarning ustamalari miqdorini hisoblashning toʻgʻri taqsimlanishi boʻyicha nazorat olib boriladi.
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oʻquv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarning asosiy koʻrsatkichlari
T/r
Baholashning yuqori bali
1.
Ota-onalar bilan ishlashning pedagogik maqsadga muvofiq koʻrsatkichlari va oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy saviyasini koʻtarish va iqtidorini rivojlantirganlik boʻyicha
20 ball
2.
Maktab jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun
10 ball
3.
“Musiqa madaniyati va sanʼati” fani boʻyicha umumtaʼlim maktablariga uslubiy yordam berganlik va hamkorlik qilganligi uchun
20 ball
4.
Umumtaʼlim maktablari, mehribonlik uylari, mahallalar va boshqa taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning konsertlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun
20 ball
5.
Oʻquvchilarning konsertlar, muzeylar, teatr va koʻrgazmalarga olib borishini tashkil etganligi uchun
10 ball
6.
Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim olish uchun oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borganligi uchun
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oʻqituvchi va konsertmeysterlar mahoratining asosiy koʻrsatkichlari
T/r
Baholashning yuqori bali
1.
Yuksak mahorat va taʼlim jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi hamda oʻqitishning yuqori koʻrsatkichlari va sifati uchun
15 ball
2.
Ishda taʼlimning eng yangi metodlarini qoʻllash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy shakllarini joriy etish, oʻqitadigan faniga qiziqish uygʻota bilish uchun
20 ball
3.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabining rivojiga qoʻshgan hissasi, taʼlim muassasasining jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun
20 ball
4.
Oʻz ustida doimiy ravishda ishlash, yuqori malaka va professional mahorat uchun
10 ball
5.
Bilim olishning barqaror darajasini, testlar asosida aniqlanuvchi (akademik konsertlar, imtihonlar) taʼlimning yuqori sifatini taʼminlovchi pedagogik ishning yuqori samarasi uchun
10 ball
6.
Iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida ishlashni tashkil etish, xalqaro va respublika koʻrgazma-tanlovlarida yuqori natijalarga erishish uchun
20 ball
7.
Iqtidorli oʻquvchilarni ushbu yoʻnalishi boʻyicha akademik litsey va kollejlarga kirishga tayyorlash uchun
5 ball
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 65-modda; 2014-y., 16-son, 184-modda; 2015-y., 17-son, 212-modda; 2016-y., 13-son, 127-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)