1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 O‘simlikshunoslik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.03 G‘allachilik;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH VA ICHKI BOZORNI TO‘LDIRISH YUZASIDAN QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-ko‘st to‘ldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki iste’mol bozorini ular bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar ma’qullansin:
2009-yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
respublika viloyatlari bo‘yicha 2009-yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari 2-ilovaga* muvofiq;
respublika viloyatlarida 2009 — 2011-yillarda go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha mini-texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korxonalar, shuningdek xom sut tayyorlash bo‘yicha servis punktlarini barpo etish dasturi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
2009-yilda noan’anaviy moyli ekinlar ekiladigan maydonlar va ularni ishlab chiqarish, ana shu ekinlardan o‘simlik yog‘i tayyorlashning hisoblab chiqilgan hajmlari 5-ilovaga* muvofiq;
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2009-yilning 15-fevraliga qadar muddatda 2009-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirishning prognoz hajmlari asosida ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har bir qishloq tumanida mavjud issiqxonalarga qo‘shimcha ravishda yoqilg‘ining muqobil manbalaridan foydalanadigan yengil konstruksiyali 5 tadan issiqxona barpo etilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 9-noyabrdagi PQ-1638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
2009-yilning 1-iyulidan boshlab go‘sht-sut mahsulotini sanoat ko‘lamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;
go‘sht va sutni qayta ishlaydigan korxonalarga o‘z mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi beriladi, bunda naqd mablag‘lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi).
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3028, 29-iyun 2018-yil).
6. “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda tayyor go‘sht-sut mahsulotlari sifati ustidan kompleks nazorat o‘rnatish tizimini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
8. Asosiy faoliyat turi bo‘yicha go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashayotgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga 2016-yil 1-yanvargacha yagona soliq to‘lovi stavkasini 50 foizga kamaytirish shaklida soliq imtiyozi berilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarish korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan, yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga, shuningdek xom ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 26-yanvar,
PQ-1047-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 34-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)