1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SOLIQ TOʻLOVChILARGA NOL DARAJALI STAVKANI QOʻLLASh NATIJASIDA HOSIL BOʻLGAN QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINING ORTIQChA SUMMASINI QAYTARISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1807-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-sonli “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775, 07.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PF-4058-sonli Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44-son va 2008-23-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida”gi nizomga (2008-yil 16-may, roʻyxat raqami 1807 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
2009-1-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qaroriga ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq, soliq toʻlovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish.”.
9. 6-son ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
_______________________ hujjatlar toʻplamining texnik yoʻnalish qogʻozi,
(korxona nomi)
nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan QQSni qaytarish uchun taqdim qilish
T/r
Idora (tashkilot)ning nomi
Hujjat raqami va kelib tushish sanasi
Hujjatlar toʻplamini qabul qilib oluvchi shaxsning lavozimi va F.I.Sh.
Hujjatlar toʻplamini ijrochiga berish sanasi
Hujjatlar toʻplamini olgan ijrochining F.I.Sh va imzosi
Hujjatlarni keyinchalik qayta ishlashga berish sanasi
Hujjatlarni koʻrib chiqishning kechikish sababi
1.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi (4 ish kuni)
2.
Davlat soliq boshqarmasi (4 ish kuni)
3.
Davlat soliq qoʻmitasi (4 ish kuni)
4.
Moliya vazirligi (8 ish kuni), shu jumladan:
4.1.
Tarmoq boshqarmasi (4 ish kuni)
4.2.
Davlat budjeti Bosh boshqarmasi (4 ish kuni)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 16-modda)