1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOVARLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ChEGARASI ORQALI NOQONUNIY OLIB OʻTILIShINI BARTARAF ETIShGA DOIR FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 25 OKTYABRDAGI 498-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarining uy-joy-maishiy shart-sharoitlarini va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 498-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 99-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “ragʻbatlantirishda” soʻzidan keyin “Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi harbiy xizmatchilarining ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni toʻlashida” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-yanvar,
11-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 14-modda)