1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOVARLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ChEGARASI ORQALI NOQONUNIY OLIB O‘TILIShINI BARTARAF ETIShGA DOIR FAOLIYATNI RAG‘BATLANTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2004 YIL 25 OKTYABRDAGI 498-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining uy-joy-maishiy shart-sharoitlarini va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishini bartaraf etishga doir faoliyatni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 498-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 99-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “rag‘batlantirishda” so‘zidan keyin “Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi harbiy xizmatchilarining ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalni to‘lashida” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-yanvar,
11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 3-son, 14-modda)