1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
AUDITOR MALAKA SERTIFIKATINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-dekabrda 977-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3105, 21.12.2018-y.) asosan 2019-yil 23-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi PQ-615-sonli “Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning koʻrsatayotgan xizmatlari sifati uchun javobgarligini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 155-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 25-sentabrda 68-son bilan tasdiqlangan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (roʻyxat raqami 977, 2000-yil 13-oktabr — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi 2000-yil, 19-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.