1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar);
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
QARORI
OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI XODIMLARI ASOSIY LAVOZIMLARINING MALAKA TAVSIFLARI BOʻYIChA YOʻRIQNOMA ILOVASIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-dekabrda 1845-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2012-yil 26-noyabrdagi 69/1-q/q, 63-q/q, 33-q/q-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1845-3, 04.12.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Taʼlim muassasalarida toʻplangan tajribalarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 39, 36/QQ va 01-275-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 1845, 2008-yil 29-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 350-modda) ilovasigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
62-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
46Q/Q-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
01-383Q/Q-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 5-noyabrdagi 62, 46Q/Q, 01-383Q/Q-son qaroriga ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-paragraf “Malaka talablari” qismining “a” va “b” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining taʼlim yoʻnalishlaridan kamida bittasi boʻyicha yoki bilim sohasi boʻyicha, shuningdek taʼlim muassasasi joylashgan hududning kadrlar potensialini hisobga olgan holda, istisno tariqasida umumtaʼlim fanlari boʻyicha oliy maʼlumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno);
b) taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas, shu jumladan taʼlim tizimida kamida 1 yil boshqaruv lavozimlarida ish staji”.
2. 2-paragraf “Malakaviy talablari” qismining “a” va “b” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining taʼlim yoʻnalishlaridan kamida bittasi boʻyicha yoki umumtaʼlim fanlari boʻyicha oliy maʼlumot (madaniyat, sport hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno);
b) taʼlim tizimidagi (pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy, oʻquv-uslubiy, boshqaruv faoliyati) ish staji 5 yildan kam emas”.
“Oʻquv ishlari” qismining “a” bandi “va uning oʻtkazilishini taʼminlaydi” degan soʻzlardan keyin “(tibbiyot sohasi bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;